I-bob. Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar



Yüklə 49,19 Kb.
səhifə16/22
tarix28.11.2023
ölçüsü49,19 Kb.
#168479
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
I-bob. Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar-fayllar.org

Bir qatorli sharli tegirmon quyidagi qismlardan tashkil topgan: qobiq, yuqoridagi va pastdagi xalqalar, oziqlantirgich, separator. Xalqa yuqori mustahkamlikdagi aylangichli yo‘lakchalarga ega, diametri 190 mm dan 275 mm gacha bo‘lgan sharlar o‘rnatilgan. Pastdagi xalqa elektrodvigateldan reduktor orqali aylanadi. YUqoridagi xalqa og‘irlik kuchi va prujinaning ta’sirida sharlarga siqiladi. Separator tegirmonning ustiga o‘rnatilgan. Ish vaqtida maydalanadigan material, oziqlantirgich orqali tegirmonga tushadi. Maydalangan material markazdan qochuvchi kuchlar ta’sirida qobiqning ichki devorlariga otiladi, patrubok orqali esa havo beriladi. Havo oqimining tezligi 25-30 m/s. Maydalangan material havo oqimi orqali separatorga yo‘naladi va ikkita fraksiyaga bo‘linadi: kichik (mayda fraksiya) material havo bilan patrubok orqali chang bostirgichga yuboriladi, yirik (yirik fraksiya) material separatorning quyi qismiga tushadi va truba orqali tegirmonning kukunlagichiga qayta yunaltiriladi.

Valli tegirmon quyidagilardan tarkib topgan:

qobiqdan, tarelkadan va ikkita valdan. Vallar o’qlarga joylashtirilgan, ular podshipniklarga o‘rnatilgan va richaglarga mustahkamlangan. Prujina bosimi va ularning og‘irlik kuchi ta’sirida vallar tarelkaga siqiladi. Tegirmon ustiga esa separator o‘rnatilgan. Tarelka elektrodvigatel va reduktor orqali aylanadi. Tegirmonga berilayotgan material tarelkani aylanishi mobaynida, tarelka va vallar orasida maydalanadi. Xalqa kanali orqali berilgan havo maydalangan materialni tegirmondan separatorga chiqarib beradi. Qolgan mayda fraksiyalar chang bostirgich qurilmasiga yuboriladi, yirigi - separatordan tegirmonning kukunlagichiga qaytariladi.

Rolikli-mayatnikli tegirmon quyidagilardan tarkib topgan: qobiqdan, vertikal valdan, yuqorigi qismiga mahkamlangan traversadan. To‘rtta o‘q, roliklar bilan sharnirli traversaga o‘rnatilgan. Vertikal val elektrodvigateldan, remenli uzatgich va konusli tishli uzatgichlar orqali aylanadi. Tegirmon qobig‘ining atrofida xalqasimon qobiq joylashgan. Tegirmon ustiga o‘rnatilgan sektorli oziqlantirgich mahsulotni tegirmonga uzatadi. Oziqlantirgichning barabani remenli uzatgich, val, val va xrapli mexanizm orqali aylanadi.


Yüklə 49,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin