Oqimli tegirmonlar materiallarni juda mayda qilib kukunlash uchun mo‘ljallangan. Oxirgi mahsulot bo‘lagining o‘lchami 3 mkm gacha borishi ham mumkin. Bu tegirmonlar ikki gruppaga bo‘linadilar:
ketma-ket maydalash va saralash hamda aralash;
maydalash va saralash.
Birinchi gruppadagi tegirmonlar konstruktiv xossalariga ko‘ra qo‘zg‘almas qaytargichli, oqimga qarshi kamerali va soploda bosimni kamaytiruvchi; ikkinchi gruppalarga tekis gorizontal yoki vertikal kamerali va maydalovchi trubalilari kiradi.
Kukunlash kamerasi vertikal trubali bo‘lgan tegirmon ko‘rsatilgan. Ishlash vaqtida mahsulot lentasimon konveyer bilan bunkerga uzatiladi, truba orqali diffuzorga. Energiya tashuvchi (inertgaz, havo, bug‘) truba tarmog‘i orqali, kollektorga keladi va sopl sistemasi orqali, kukunlash kamerasini quyi qismiga yuboriladi. Energiya tashuvchi oqimining tezligi 100-180 m/s. Soplolar ikki qator bo‘lib joylashgan. Ular shunday joylashtirilganki, ulardan chiqayotgan energiya tashuvchi oqimlari bir-birlari bilan kesishadi.
Tekis yuzali kukunlovchi kamerali tegirmonlarda materiallar truba orqali energiya tashuvchi, taqsimlaguvchi kollektorlarga beradi va 2,5 soplolar orqali katta tezlikda kukunlovchi kameralarga yuboriladi. Kattaligi 200 mkm gacha bo‘lgan boshlang‘ich material trubalar orqali edektor bilan kukunlovchi kameralarga yuboriladi. Material zarrachalari energiya tashuvchining qarama-qarshi oqimlariga tushib, bir-biri bilan uriladi va maydalanadi.