Komiljon Tursinovich Yusupov. Dzyudo va sambo bo`yicha xalqaro toifadagi sport ustasi. 1998 yil 6 sentyabrda Kurash Xalqaro Assosatsiyasi Prezidentligiga saylangan va 2002 yilda qayta saylangan. 2003 yilda O`zbekiston-Hindiston do`stlik qo`mitasi raisi vazifalarida faoliyat ko`rsatgan. 2004 yildan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan. 1992 yilda ―Mustaqillik‖ ko`krak nishoni, ―O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sportchi‖ unvoni, 1997 yilda ―Sog`lom avlod uchun‖ 2-darajali ordeni, 1999 yilda ―El yurt hurmati‖ ordeni, 2003 yilda BMT tomonidan ―Yaxshi niyat elchisi‖ unvoni bilan taqdirlangan. Kurashning sport turi sifatida tan olinishi bevosita K.Yusupov nomi va faoliyati bilan bog`likdir.
AtoevAbdulloQodirovich(marhum). Pedagogika fanlari doktori, professor. O`zbekiston Respubikasida xizmat ko`rsatgan sport murabiysi unvoniga sazovor bo`lgan, kurash bo`yicha sport ustasi.
―O`zbekiston o`quvchilari jismoniy sifatlarini rivojlantirishda sport elementlari, xalq o`yinlari va maxsus mashqlarni qo`llashning samaralarini tekshirish‖ mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (1970).
―Ota-onalarga oilada bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etish xaqida‖ (1983),
―Farzandingiz barkamol bo`lsin‖ (1990), ―Oilada bolalarni jismoniy tarbiyalash‖ (V.V.Sermeev va A.V.Marlen bilan hamkorlikda, Kiev, 1986), ―Mahallalarda ommaviy-sport harakati‖ (1991, hamkorlikda) kabi qo`llanma va monografiyalar muallifidir. ―Oilada bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslari (O`zbekiston misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan (1984).
―O`smirlar va yoshlarni kurashga tayyorlashning vosita va metodlari‖ (1982) hamda
―Kurash‖ (1987) monografiyalari olimning eng muhim ishlaridan sanaladi. Olim A.Atoev kamtarona xizmatlari evaziga ―O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport murabbiysi‖ unvoniga munosib topildi.