I bob milliy kurashning rivojlanish tarixi va falsafasi 4 1Milliy kurashning tarixi 4



Yüklə 331,16 Kb.
səhifə13/18
tarix10.04.2023
ölçüsü331,16 Kb.
#95628
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
kurash-haqida

Juma Toshpulatov. Pedagogika fanlari nomzodi, professor, sambo va kurash bo`yicha sport ustasi. Xalqaro toifasidagi hakam. Xalqaro Kurash Akademiyasining a‘zosi. Surxondaryo viloyati va Respublikamizning nomdor polvonlarining ko`pchiligi J.Toshpulatovni o`zlariga ustoz deb hisoblaydi.
Olimning jismoniy tarbiya va sport tarixiga oid ilmiy kuzatishlari 1991 yili nashr etilgan ―Surxondaryoda jismoniy tarbiya va sport‖ monografiyasida to`laqonli o`z ifodasini topdi. Shuni aytish kerakki, tadqiqotchi tarixga nazar tashlar ekan, uzoq va yaqin o`tmish hamda bugungi kun voqealarini yagona tizimga tortganday bo`ladi va ulardan kelajakda keladigan hosilaga faraziy qarash qiladi. Amaliy dalillar uning ilmiy-nazariy qarashlariga tayanch bo`lib, mustahkam oyoqqa turqazadi.
Juma Toshpo`latovning Ro`ziqul Mustafoqulov bilan hamkorlikda yaratgan
―Alpomishlar afsona emas (2007) kitobi Surxondaryolik polvonlar hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan. Kitobda xalqimizning kurash va pahlavonlik an‘analari, jismoniy kamolotning fazilati yuzasidan donishmandlar va xalq baxshilarining ezgu so`zlari, xalq og`zaki va yozma adabiyoti asarlari hamda ilmiy manbalarda uning talqin etilishi muxtasar eslatib o`tilgan.
Uroq Ibrohimov (marhum). Olim kurash tarixi va nazariyasiga doir maqolalar va turli qo`llanmalar bilan tanilgan. Uning muallifligida jismoniy tarbiya va sport, xususan, kurashga doir 9 ta metodik tavsiyanoma, 150 dan ortiq ilmiy maqolalar. 11 ta o`quv qo`llanmalari, 3 ta ilmiy-ommabop risolalar chop etilgan.
U.Ibrohimov faoliyatining yana bir e‘tiborga molik tomoni, uning Estoniya Respublikasidagi Tartu davlat universiteti va Belorussiya davlat jismoniy madaniyat instituti talabalariga soha bo`yicha ma‘ruzalar qilganligidadir.
Olim bir necha nafar sport ustasi, 500 nafardan ortiq birinchi darajali va sport ustaligiga nomzodlar, mingga yaqin ommaviy razryadli sportchilar va sport yo`riqchilari, 107 nafar sport hakamlari tayyorlagan. 1981 yili ―O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jismoniy madaniyat va sport hodimi‖ faxriy unvoni berilgan.

Yüklə 331,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin