I bob milliy kurashning rivojlanish tarixi va falsafasi 4 1Milliy kurashning tarixi 4



Yüklə 331,16 Kb.
səhifə3/18
tarix10.04.2023
ölçüsü331,16 Kb.
#95628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
kurash-haqida

Kurash mustaqillik yillarida


Respublikamizda mustaqillik yillarida sportni rivojlantirish bilan bog’liq katta ishlar amalga oshirildi. Zamonaviy sport inshootlari bunyod etildi, yangi sport turlari rivojlanmoqda. Turli musobaqa va baxslar zamon talabalariga mos bo’lib, aholining katta qismini jalb etmoqda. Sportchilarimiz xalqaro maydonlarda yuqori o’rinlarni qo’lga kiritmoqda.


Davraga polvonzodlar kirib kelishdi. Tomoshabinimiz hayqrig’i olamni tutadi. Bir- birini gamalatgan polvonlarga ―Bo’sh kelma polvon!‖, ―Murodinga yetgil‖ degan xitoblar yangraydi. Bularning barisi xalq o’z kurashini polvonini sevganidan. Zero polvon oriyat uchun olishadi, g’ururi uchun baxs bog’laydi3.
Shuni ta‘kidlash joizki sobiq itifoq davrida ko’plab milliy urf odatlarimiz taxqirlanib ularga eskilik sarqiti sifati qaralgan. Ular orasida xalqimizning mardlik va botirligini, yengilmas va tantiligini, kuchli va odilligini, halol va bag’rikengligidan dalolat beruvchi milliy o’yinlarimizdan biri bo’lgan kurash ham bor edi. 1991 yilda erishganimiz eng oliy qadriyat – Mustqillik tufayli har narsa o’z nomi bilan ataladigan bo’ldi. Egilgan, bukilgan haqiqiy tig’in alif yanglig` qaddini tikladi.
1992 yildan nufuzli bellashuvlar boshlanib ketdi. Qorako’lda Tursun ota, Shaxrisabzda Amir Temur, Surxondaryo At-Termiziy, Buxoroda Bahoviddin Naqshband, Andijonda Bobur Mirzo, Xorazmda Pahlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlab Prezident sovrini uchun o’tkazilgan xalqaro turnirlar o’zbek kurashining yuksak darajada ko’tarilishida, jahon sport olamida yangi tur bo’lib kirishiga katta xissa qo’shdi. Chunki kurash ilk musobaqalardagi jozibadorligi va jangavorligi, go’zalligi va xalolligi bilan barcha ishtirokchilarning, xorijiy mutaxasislarning mehrini qozondi.
Tinimsiz mehnat, ko’plab izlanish sa`y harakatlar behud ketmadi. 1998 yilning 6- sentyabr sanasi o’zbek kurashining bir necha ming yillik tarixi sahifalariga olamshumul voqea sifatida zarxal harflar ila bitildi. Lotin Amerikasi, Yevropa va Osiyo qit‘asining 28 davlati vakillari ishtirokida Toshkentda bo’lib o’tgan ta‘sis
kongresida ―Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (XKA)‖ tuzilganligi, xalqimizning milliy qadriyati ―Kurash‖ nomi bilan jahon maydoniga chiqqanligi e‘tirof etiladi.
Shu kongressnining o’zida XKAning ijroiy qo’mitasi tashkil qilinadi, Komil Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan o’zbek kurashining qadriyati, ori va g’ururi bo’lgan kurashning jahonga yuz tutishini har tomonlama qo’llab-quvvatlash to’risida‖gi Farmonga imzo chekildi. O’z vaqtida qabul qilingan bu Farmon mardlik, jasurlik, vatanparvarlik g’oyalarini o’zida mujassamlashtirilgan o’zbek kurashining nafaqat O’zbekistonda, balki butun jahonda keng quloch yoyishiga xizmat qiladi va qilmoqda.
Bugungi kunda dunyoning 5 qit‘asida 130 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, Kanada, Baliviya, Braziliya, Janubiy Afrika Respublikasi, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Turkiya, Hindiston, janubiy Koreya, Yaponiyada o’zbek kurashining minglab ixlosmandari bor.
Ha, kurashimiz jahon kengliklariga chiqdi. Chiqqanda ham halol chiqdi. O’zbekcha guldirab chiqdi: ―Kurash, ―halol, ―Yonbosh, ―Chala, ―G’irom va boshqalar endi jahon sportining mulkiga aylandi.
O’zbek kurashi, jahon sporti maydoniga chiqqanligi 22 yil bo’lishiga qaramasdan, qisqa vaqt ichida Osiyo o’yinlari qatoriga kiritildi.
Oldinda asosiy vazifa – kurashimizning Olimpiya o’yinlari dasturidan o’rin egallashi vazifasi turibdi.



Yüklə 331,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin