60.Temurning tana massasi 70 kg bo'lib, bir kunlik iste'mol qilgan uglevodidan hosil bo'lgan jami energiya 2050 kkalga teng. Ozuqadagi kunlik oqsil va yog' miqdori teng bo'lib, uglevod miqdori ulardan 2,5 martta ko'p. Ovqat hazm qilishga va bir kecha kunduzda bajarilgan ishga sarflangan energiya miqdorini aniqlang.
A) 1710 B) 3390 C) 3930 D) 1680
Yechimi
1) 2050 / 4,1 = 500 g uglevod
2) 500 / 2,5 = 200 g oqsil va yog'
Oqsil va yoʻgʻ miqdori teng.
3) 200 / 2 = 100
4) 100 • 4,1 = 410 kkal oqsil
5) 100 • 9,3 = 930 kkal yog
6) 2050 + 930 + 410 = 3390 jami energiya 70 kg uchun asosiy modda almashinuvini taminlashga sarflanadiga energiya 1680 kkal
7) 3390 - 1680 = 1710 kkal
Javob: A) 1710
61.Komilning ovqat ratsionida oqsil, yogʼ va uglevodning umumiy miqdori 700 g bo‘lib, oqsildan ajralgan energiya 410 kkal ni tashkil etadi. Agar ovqat tarkibidagi yog‘dan hosil bo‘lgan energiya oqsilning parchalanishidan hosil bo'lgan energiyadan 520 kkal ga ko‘p bo‘lsa, bir kecha-kunduzda hosil bo‘lgan jami energiyaning qanchasi (kkal) ertalabki ovqatlanishdan hosil bo'lgan? (Ratsional ovqatlanishning yuqori foiziga amal qilingan)
A) 1017 B) 1356 C) 678 D) 508,5
Yechish
1) 410 / 4,1 = 100 g oqsil 2) 410 + 520 = 930 kkal yogʻdan ajralgan energiya
3) 930 / 9,3 = 100 g yogʻ 4) 700 - 200 = 500 g uglevod
5) 500 • 4,1 = 2050 kkal 6) 410 + 930 + 2050 = 3390
Ertalabki ovqat bir kecha kunduzgi ovqat kaloriyasining 25 - 30 % ini tashkil qiladi.
7) 3390 • 0,3 = 1017
Javob: A) 1017
Dostları ilə paylaş: