I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari


) teng bo'linish, 1.Fragmentlar orqali



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə61/77
tarix17.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#156686
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

1) teng bo'linish, 1.Fragmentlar orqali
2)shizogoniya, 2.Kurtaklanib
3)kurtaklanish, 3.Spora
4)sporogoniya. 4.Poliembrioniya usuli
5.Vegetativ

JINSIY KO’PAYISH
Jinsiy ko‘payish natijasida genetik informatsiyaning almashinuvi, hosila individda yangi genetik
to‘plamning vujudga kelishi va shunga monand ravishda o‘zgacha (o‘zgargan) biologik xususiyatga ega bo‘lgan, ya'ni ota-ona organizmiga qaraganda chidamli, moslashuvchan yangi avlod yuzaga keladi. Mana shunga ko‘ra ham jinsiy ko‘payish biologik jihatdan afzal va mukammallashgan organizmlaming ko‘payish xili hisoblanadi. Jinsiy ko'payish odatda ikki jinsiy hujayra — gametalarning qo‘shilishi bilan ro'y beradi.
Jinsiy ko‘payishning anchagina murakkablashgam xillarini 2 guruhga ajratish mumkin:
a)konyugatsiya, b)kopulatsiya.
Konyugatsiya --- bakteriya, infuzoriylarga xos bo‘lgan ko'payish usulidir. Odatda kiprikli sodda hayvonlar oddiy bo‘linish bilan ko‘payadi. Bunday ko‘payishlardan keyingi jinsiy ko'payish — konyugatsiya sodir boladi. Ma’lumki, infuzoriylarda makro va mikronukleolalar mavjud. Konyugatsiya boshlanganda ikki hujayra o‘ta yaqinlashadi - hujayralararo tutashtiruvchi tortma hosil bo‘ladi.
Kopulatsiya ----- Oogamiya - kopulatsiya bilan boladigan gametogamiyaning eng yuqori shakli. Bir gameta yirik, harakat tuzilmasiga ega emas — bu urg'ochi gameta, ya’ni tuxum hujayradir. Ikkinchi gameta esa mayda, harakatlantiruvchi xivchinga ega — bu erkak jinsiy hujayrasi — spermatozoiddir. Oogamiyada jinsiy hujayralar maxsus a’zolarda (hayvonlarda urug‘don va tuxumdonlarda) hosil bo’ladi. Ko‘pgina o‘simliklar va deyarli barcha hayvonlar oogamiya yo‘li bilan ko‘payadi.
Partenogenezda yangi avlod urug‘lanmagan tuxum hujayrasidan rivojlanadi. Ma’lumki, partenogenez tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin.
Tabiiy partenogenez hayvonlar (o‘simlik biti, sodda qisqichbaqasimonlar, ayrim baliq va sudralib yuruvchilar) qo‘ygan tuxumidan urug‘lanmasdan turib yangi organizm hosil bo’ladi. Bu hosil bo’lgan organizmlarning barchasi urg‘ochi bo’ladi. Bunday ko‘payish bir-biri bilan uchrashishi qiyin bolgan mavjudotlarda namoyon bo’ladi.
Ayrim hasharotlar (ari, chumolilar)da namoyon bo’ladigan partenogenezda ularning urug’lanmagan tuxumidan erkak organizmlar, urug’langan tuxumlaridan urg‘ochi organizmlar rivojlanadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin