62.Boldir muskullari 1 minut ish bajarganda 20 kj energiya sarflasa 22 minut ish bajarashi uchun qancha qancha glukoza sarf boʼladi.
Yechish 1) 1 minut --------- 20 kj
22 minut ------ x = 440 kj 2) 1 g uglevod ------- 17,6 kj
25 = x ------------- 440 kj
Javob: 25 gramm 63.Temurning ertalabki nonushtasidan xosil boʻlgan jami energiya 3103 kj ga teng. Temurning nonushtasida oqsil va yogʻ miqdori teng, ularning yigʻindisi esa uglevod miqdoridan 20 gr kam boʻlsa, nonushtadagi jami oqsil, uglevod va yogʻ miqdorini (g) aniqlang
A) 110 B) 100 C) 140 D) 130
Yechimi Oqsilni massasi – x Yogʻ ham - x Uglevod - 2x+20
17,6x+38,9x+(2x+20)17,6=3103
x = 30
Oqsil va yogʻ 30 g dan Uglevod - 80 g Jami: 80 + 30 + 30 = 140 g Javob: C) 140 64.Glukoza parchalanganda 9320 kj issiqlik energiyasi ajraldi. Glukozani hosil qilish uchun 120 molekula H ni koʻchuruvchi organik birikma sarflandi. Glukozaning necha foizi toʻliq parchalanmagan.
A) 30 % B) 40 % C) 60 % D) 70 %
Yechimi 1) 12 ta H(OB) --- 1 mol glukoza
120 ---------- x = 10 mol glukoza
2) toʻliq parchalanish - x
chala parchalanish - y
3) x + y = 10
1280x + 120y = 9320
x = 7 y = 3
3) 3 / 10 = 0,3 yoki 30 % Javob: A) 30 65. O’rta hisobda skelet muskullari 30 kg bo’lgan odamning bir kecha-kunduzda iste’mol qilgan ovqatidan hosil bo’lgan energiya 5244 kkalni tashkil etsa, shu odamning ovqatdagi oqsildan hosil bo’lgan energiyaning hammasi asosiy moddalar almashinuvini ta’minlash uchun sarf bo’ldi. Agar ovqatdagi yog’ va uglevod teng miqdorda energiya hosil qilgan bo’lsa ovqat tarkibidagi lipaza tomonidan parchalangan organik moddaning massasini aniqlang
A) 420 B) 185,2 C) 200 D) 210
Yechimi Asosiy moddalar almashinuvini ta’minlash uchun sarflanadigan energiya miqdori bu odam tana massasining har bir kilogrami uchun bir soatda 1 kkal energiya sarflanishidan keltirib chiqariladi.
1)1680 / 70 kg = 24 kkal bu bir kunlik asosiy moddalar almashinuvi.
Skelet muskullari tana massasining 40% ni tashkil etadi.
2) 40 % --------- 30 kg
100 % --------- x = 75 kg
75 kg • 24 kkal = 1800 kkal.
Asosiy moddalar almashinuvini ta’minlash uchun sarflangan 1800 kkal oqsildan ajralgan bo'lsa qolgani yog' va uglevodga toʻgʻri keladi va ular esa teng miqdorda energiya hosil qilgan deyilgan.
3) 5244 - 1800 = 3444 kkal. 4) 3444 : 2 = 1722 kkal.
Demak, yog' va uglevodning har biri 1722 kkal dan energiya hosil qilgan.
Lipaza fermenti yog'larni parchalaydi.
9,3 kkal -------- 1 g
1722 kkal ------ x = 185,2 g ✓Javob: B) 185,2 66.2-bosqichda 480 kj energiya issiqlik energiyasi sifatida tarqalsa, 3-bosqichda ATF da to’plangan energiya (a) va xloraplastda qancha molekula ATF hosil bo’lgan (b) aniqlang.
A) a-5760, b-2280 B) a-6400, b-3200 C) a-5760, b-4320 D) a-6400, b-4460