I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə67/77
tarix17.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#156686
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

Postembrional rivojlanish davri
Tug‘ilish yoki tuxumdan chiqishdan keyin ontogenezning postembrional davri boshlanadi.
Postembrional rivojlanish quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi.
Yuvenil davr – voyaga yetgungacha bo‘lgan davr,
pubertat davr – voyaga yetgan,
yetuklik davri - keksaygan davr.
Yuvenil davr tug‘ilishdan boshlanib jinsiy balog‘atga yetguncha davom etadi. Bu davr bir-biridan farqlanadigan ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi mumkin. Rivojlanishning bu yo‘llari bevosita (to‘g‘ri, metamorfozsiz) va bilvosita (noto‘g‘ri, metamorfozli) rivojlanish deb ataladi.
Bevosita rivojlanish. Har qanday rivojlanish organizmning sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladigan murakkab fiziologik jarayondir. Bevosita rivojlanishda tuxumdan chiqadigan yoki tug‘iladigan individ voyaga yetgan individga o‘xshash bo‘ladi. Lekin voyaga yetgan individga nisbatan nerv sistemasi faoliyati birmuncha sodda, jismonan ancha zaif hamda ba’zi organlari (jinsiy organlar) yetilmagan bo‘ladi. Rivojlanishning bu turi sudralib yuruvchilarda, qushlarda, sutemizuvchilarda kuzatiladi.
Bilvosita rivojlanish. Rivojlanishning bu turi ham xuddi bevosita rivojlanish kabi o‘sish bilan davom etib boradi. Voyaga yetgan davrda o‘troq yashovchi bulutlar, aktiniyalar, korall poliplari, ko‘p tukli halqali chuvalchanglarning lichinkalari harakatchan bo‘lib, tarqalishni ta’minlaydi. Hasharotlarda to‘liq va chala metamorfoz farqlanadi. Qattiqqanotlilar (qo‘ng‘izlar), pardaqanotlilar, tangachaqanotlilar, ikkiqanotlilar, burgalar turkumlari vakillari uchun to‘liq metamorfoz, suvarak, qandalalar, tog‘riqanotlilar, beshiktebratar, bit, termitlar kabi turkumlarning vakillari uchun chala metamorfoz xos. To‘liq metamorfozda tuxumdan – lichinka, undan g‘umbak, g‘umbakdan – voyaga yetgan hasharot rivojlanadi. Chala metamorfoz tuxum, lichinka, yetuk hasharot bosqichlaridan iborat. Xordalilar tipi lichinka xordalilar kenja tipi vakili – assidiyada metamorfoz jarayoni yashash tarzining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Assidiya lichinkasida xordali hayvonlarga xos nerv sistemasi, xorda, ko‘z rivojlangan bo‘ladi. Keyinchalik lichinka o‘troq hayot kechirishga o‘tib, voyaga yetish jarayonida organizmda regressiv metamorfoz ro‘y beradi. Xorda, nerv sistemasining asosiy qismi yo‘qolib, qolgani tugunchaga aylanadi.
Assidiya metamorfozidan farq qilib, suvda hamda quruqlikda yashovchilar metamorfozida a’zolar sistemasining murakkablashuvi kuzatiladi.Suvda ham quruqda yashovchilar sinfi vakili baqada metamorfoz yashash muhitining o‘zgarishi bilan bog‘liq.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin