1.2 Moliyaviy boshqaruv organlari va ulaming vazifalari Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlat moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta'minlashga qaratilgan. Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog'liqni saqJash va boshqa ijtimoiy ehtiyojJarning rivojlanishi .tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog'lab qo'yish maqsadga muvofiq emas. Siyosat davlat faoliyatining barcha yo'nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta'sir ob'ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog'liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to'g'risida gapiriladi. Moliyaviy siyosat o'z-o'zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo'Jib, bir vaqtning o'zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohot Demak, takror ish lab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ish lab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo' naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlashga moliyaviy siyosat l deyiladi. Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta'rif ham berish mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va rnetodologik prinsiplarining majmuiga (yig'indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi. Ayrirn hollarda moliyaviy siyosat davlatning o'z funksiyalarini bajarishiuchun moliyaviy rnunosabatlardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan davlat organlarining ma'ium bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o'zida bir necha xavfni rnujassam etadi. Buning boisi shundaki, milliy xo'jalik taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi jamiyatda hukmron tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham o'zgaradi, transform atsiyaJanadi. Masalan, rnamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, ahoIi turmush darajasi ijtirnoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o'xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Burring ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub'ektlari, ya'ni aynan mamlakatning aholisi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlari manfaatlari o'rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqadi. Masalan, ko'plab mutaxassislar, shujumladan, davlat hokimiyat organlarirring vakillari tomonidan amaldagi soIiq mexanizmining samarasiz ekanligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yornon natijalarga olib kelishi mumkinligi i1miy va amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida o'zgannasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o'zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanib qoladi. Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi: • birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o'z manfaatlarini ko'zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishi vositasi emas, balkijamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo'lishi kerak; • ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha sub'ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim; • uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moHyaviy siyosatini farqlash zarur. Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha bo'g'inlarida moliyaviy resurslar o'sishini mutanosiblashtirilgan holda ta'minlash bo'yicha davlat ijtimoiyiqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajribalarning ko'rsatishicha, moliyaviy resurslarning mutanosiblashtirilgan holda o'sishi zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bo'lishiga olib keladi. Moliyaviy siyosatning o'ziga xos bo'lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ish lab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta'sir ko'rsatib turishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligini ta'minlab va davlat daromadlari manbaini ko'paytirib, moliyaviy xo'jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosat ana shunga yo'naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushi darajasi va sifatini oshirish uchun moIiyaviy sharoitlarni yaratish moIiyaviy siyosatning asosiy maqsadidir. Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadiganbo'lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi faoliyatini anglatadiKorxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng avvalo, biznes yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi. Moliyaviy siyosat moliyaning o'zida bevosita mujassam bo'lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari, moliya tizimi (boshqaruv sub'ektlari) organlarini tashkil qilish bilan bir joyga bog'lashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi:
• moliya tizimi bo'g'inlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
• barcha mo\iyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi;
• barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish. Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
• oxirgi maqsadga bog'liqlik;
• xo'jalikdagi barcha tarmoqlaming makroiqtisodiy mutanosibligi;
• jamiyat a'zolarining manfaatiariga muvofiqligi;
• haqiqiy imkoniyatiar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlami hisobga olish. MoJiyaviy siyosat dasturlarini (uzoq, o'rta va qisqa muddatJi) bajarish uchun moliyaviy resurslami jalb qilish, ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo'naltirilgan davlat tadbirlari majmui ta'minlaydi. Bu tadbirlar orasida moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy tartibga solish muhirn o'rin egallaydi. O'z-o'zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo'lishi mumkin emas. Uning yaxshi yoki yornon ekanligi jamiyat (yoki uning ma'lum bir qismi) manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyiJgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalaming yechilishiga qay darajada ta'sir ko'rsatganligi bilan belgilanadi. Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va unl o'zgartirish bo'yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhiari manfaatlarini ajratgan holda jamiyat taraqqiyotinlng anlq dasturiga, yechiiishi iozim bo'igan masaiaiarning muddatlari va metodlarini aniqiagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bo'lmoq iozim. Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga xolisona baho berish mumkin. Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojiarini, jamiyatdagi barcha qatlamlar va alohida guruhiarning manfaatlarini, ma'lum tarixiy sharoitni va hayotning o'ziga xos xususiyatiarini yuqori darajada hisobga oladigan bo'lsa, uning natijalari shuncha samarali bo'ladi. Bir vaqtning o'zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyati muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyatdagi turli qatlamlar manfaatlarini amalga oshirilishiga hamda davlat ixtiyorida bo'lgan ob'ektiv imkoniyatlarning mavjudligiga, ya'nijamiyat ijtimoiy tizimidagi hamda ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi o'zgarishlarni hlsobga olgan holda moliyaviy siyosatni amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta'sir ko'rsatuvchi omillarning ta'siridan har tomonlama foydalanish mexanlzmini ishlab chiqishga bevosita bog'liq. Moliyaviy siyosat, eng awalo, moliyaviy resurslaming maksimal hajmini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o'zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moJiyaviy ahvoli to'g'risida ishonchli rna 'lumotIar zarurdir. H uquqiy demokratik davlatda moliyaviy statistika ko'rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli bo'lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o'z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo'lgan va eng asosiysi ishonchli bo'lmog'i lozim. Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab oladigan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo'rialishlarining umumiy ko'lami bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
• moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (maqsadlari, prinsiplarini, vazifalarini, am alga oshirish bosqichlari va eng samarali metodlarini) ish lab chiqish;
• makrodaraja va bozor iqtis0diyoti sub'ektlari darajasida iqtisodiy o'sishni rag 'batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos bo'lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish;
• markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo'yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• ijtirnoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya qishlishdagi roJiga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo'yicha moliyaviy resurslarni oqilona taqsimlashni tashkil qilish;
• iqtisodiy o'sishning joriy va istiqboldagi moIiyaviy salohiyatini shakllantirish. Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, asosiy yo'nalishlari jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtiroki darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy konsepsiyalarga, moiiyaviy siyosatni amalga oshirishga sidagi masala bo'yicha moliya nazariyasining asosiy yo'nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit (1723-1780) va D.Rikardo (1772-1823) hamda ingHz iqtisodchisi J.Keyns (1883- 1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan. Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo'igan A.Smit va D. Rikardolar i1gari surgan konsepsiyalarning mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan erkin raqobatni saqJamog'i lozim vajamiyat xo'jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor mexanizmlariga ajratilishi kerak. Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi yuz yillikning 20-yilla ri oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatJari va soliqlarni chekJashga davlatning muvozanatli byudjetini ta minlashga qaratildi. Shu maqsadlarga muvofiq ravi hda moliyaviy munosabatlarni ta hkil etish, asosan, harbiy, bo hqaruv va davlat qarzini qaytari h hamda unga xizmat qillsh xarajatlarini byudjetdan moHyalashtirish orqali ·davlat funksiyalari amalga 0 hirilishini ta minladi. Byudjet daromadlad esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida shakllantirildi. Moliyaviy yo'nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar o'rtasidagi farq mohiyatan byudjet defitsitini turli xilda baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan foydalanish zarurligidan kelib chiqqan bo'lsa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining bo'lishi mumkinligiga yo'l qo'ygan va ayni zamonda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishda byudjel defitsitiga faol rol ajratgan. Haqiqatdan ham XX asrning 30-60-yillarida keynscha moliyaviy siyosat deb nom olgan siyosat g'arb mamlakatlarida o'z samaradorligini isbotladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kengayishi va tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat krediti rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va o'rta muddatli qarzlarnijalb etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib keldi va o'z ahamiyati bo'yicha davlat moliyaviy resurslarini shakllantirishdagi ikkinchi manbaga aylandi. Natijada MDni qayta taqsimlashda moliyaning rob yanada kuchaydi. XX asrning 70-yillarida iqtisod nazariyasidagi neoklassik yo'nalish moliyaviy siyosatning o'ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. Bu konsepsiya davlatning tartibga soluvchilik rolidan voz kechmasa-da, uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuv darajasini biroz chekladi. Arnalda esa davlatning aralashuvi kamaymadi, aksincha biroz kuchaydi. Chunki bunday aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari orqaJi amalga oshirilib qolmasdan, pul muomalasi, valyula kursi, ssuda kapitallari va qimmatli qog'ozlar bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi. Buning natijasida davlatning la'sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli kuchaydi. Bularning barchasi taraqqiyotning qayta qurish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatiarning moliyaviy siyosati zamonaviy nazariyalar ostida bo'lib, bu nazariyalar amalda tartibga sol ish tizimining konvergensiyasidan (qo'shilib ketganligidan) iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga solishning ham keynschilik hamda neokeynschilik tizimi elementlaridan foydalanadilar. Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo'ldiki, davlat bevosita va monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit munosabatlarini ham tartibga soidi. Shunday qiIib, boshqaruv tizimini barcha qiymat elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona ma'muriy-buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi. Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan insoniyat tarOO uchun mutlaqo yangi bo'lgan ikkinchi ijtimoiy munosabatlar tizimiga o'tilishini, sovet davlati oldida turgan va faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni yetarli darajada samarali bo'lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin. Chunki chor Rossiyasidan, Fuqarolar urushidan, chet el harbiy bosqinidan meros bo'lib qoIgan favquiodda murakkab moliyaviy vaziyatga qaramasdan fashistlar Germaniyasi bilan urush arafasidaBu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng avvalo, neft va gaz qazib chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur'atlarda rivojlantirish talab etildi. Yangi qazilma boyliklarini o'zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bo'lishini taqozo etdi. Bu vazifalarni bajarish uchun yangi hududlarni o'zlashtirish, o'sha tumanlarga ko'plab ishchi kuchlarini migratsiya qilish, mehnatga haq to'lashning oshirilgan normalarini joriy etish zarur bo'ldi. Neft va gaz quvurlarini qurish hajrni rnuttasil oshib bordi. Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori bo'lib turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni rna'lurn darajada qoplagan edi. Shunga qararnasdan, bunday rnoliyaviy siyosat MDni tegishli tarzda qayta taqsirnlashni taJab qildi. Natijada marnlakatda harbiysanoat kompleksi taraqqiy etgan bir tomonlama iqtisodiyot yaratildi. Daviat tornonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan urushdan keyingi davrning moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini samarasiz deb baholash unchalik to'g'ri bo'imaydi. Hukumat dasturlarida aholi turmush darajasini oshirish ko'zda tutildi. Shunga qaramasdan aholining turmush darajasi mehnatga haq to'lash darajasiga va qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, yengil sanoat, fuqarolik qurilishi, iste'mol buyumlarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlaming rivojlanish darajasiga bog'liq edi. Harbiy-sanoat kornpleksida (mamlakat aholisining kattagina qismi shu sohada band edi) mehnatga haq to'lash darajasi qiyosiy jihatdan yuqoriroq bo'lishiga qaramasdan, hatto bu ish bilan band bo'lgan aholi ham o'z iste'mol talablarini to'la qondira olmas edi. Shuning uchun ham iste'mol bozori rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi sovet moliya siyosati salbiy baholanishiga sabab bo'ldi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qisrniaridan (yo'nalishlaridan) yana biri pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish teziigini hisobga olgan holda) mos keimasa, pul massasining yetmagan qismi qog'oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to'ldiriladi. Va aksincha, agar pul massasi unga bo'lgan talabdan ortiq bo'lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodie bo'ladi. Tabiiy ravishda, bu holatlaming barchasi mamlakat qonunchiligiga ham bevosita bog'liq - mamlakatda xorijiy valyutaning muomalada bo'lishiga ruxsat beriladimi yoki yo'qmi, milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo'qrni? va h.k. Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga nisbatan rnilliy pul birligi qadrsizlanishiga olib keladi. Emissiya siyosati va milliy valyuta barqarorligi pul siyosatining tarkibiy qismlaridir (yo'nalishlaridir). Emissiya siyosati muomala uchun zarur bo'lan pulning rniqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yo'nalishga ega. Bu yo'nalish byudjet daromadlarini ko'paytirishdir. Ana shu yo'nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki rna'lum bir miqdoriy chegaradan o'tilganidan so'ng pul tizimi inflyasiyaga moyil (ta'sirchan) bo'lib qoladi, ya'ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bo'lishi rnumkin. Agar qandaydir bir sababJarga ko'ra davlat o'z pul tizimini tartibga solishga qodir bo'lmasa, rnamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur yetadi. Chunki bunday sharoitda marnlakatning milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy boylikdan mahrum bo'lib qolish mumkin . Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo naJishi) bo'lib, uning namoyon bo'lishi mamlakatning krediti tizimi orqaJi amaJga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda kapitaJin ing faoliyat ko'rsatishini ta 'minJaydi. O'z navbatida, ssuda kapitali takror ish lab chiqarish jarayonini amalga 0 hirishdgi muhim shart hisoblanib, aylaruna mablag'larni to Idirish va investitsiyalar uchun mablag'larning qarzga olinishini ta'minlaydi. Iqtisodiyotning kredit sektori o'rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasi darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatJarni hisobga olgan holda ish lab chiqilishi va tatbiq etilishi zarur. Xarajatlar moliya resurslarining ko'paygandagina o'sishi mumkin. Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga o'z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun maqbul sharoitlarni yaratishga qaratilishi kerak. Moliyaviy siyosatning tubdan o'zgarishiga mos ravishda moliya mexanizmi ham qayta qurilmog'i lozim. Moliya mexanizmini qayta qurishdan asosiy maqsad bozor munosabatlari zaminida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta'sirini kuchaytirish, moliya resurslaridan foydalanish samaradoriigini oshirishni ta'minlashdir. Moliya mexanizmini qayta qurish negizida korxona, tashkilotlar ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun xo'jalik tashabbuskorJigi va mas'uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi. Bozor iqtisodiyotida korxonalarning ish lab chiqarish omillaridan iloji boricha yaxshiroq foydalanishdan manfaatdoriigini oshirish uchlln alohida moliyaviy uslublarni qo'llash zarurati yo'qoladi. Bozar raqobati korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligi, moliyaviy resurslardan foydalanish lIstidan ichki xo'jalik moliya nazoratini chuqurJashtirish haqida doimo g'amxo'rlik qilishga majbur etadi. Shu bilan birga davlat tomonidan bozor munosabatlarini moliyaviy boshqarishning ahamiyati ham oshadi. Moliyaviy boshqarish korxonalarga soliq solish, qo'shimcha soliqlarni (masalan, eksport va import solig'ini) kiritish, mehnatkashlar daromadlariga soliq solish, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish vositasida amalga oshiriladi.