I-bob. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati moliyaviy oqimlarni boshqarish



Yüklə 44,72 Kb.
səhifə4/6
tarix11.07.2023
ölçüsü44,72 Kb.
#136332
1   2   3   4   5   6
Olimov

II-BOB. MOLIYAVIY NAZORAT
2.1 Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob'ekti, predmeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob'ektiv xos bo'lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo'lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo'nalishda qaraladi:
• barcha iqtisodiy sub'ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat'iy tartibga solingan faoliyati;
• moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta'minlash maqsadida makro- va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas qismi. Moliyaviy nazoratning har ikki yo'nalishi bir-biri bilan o'zaro bog'Jiq bo'lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va sub'ektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning tahliliy tomoniga katta e'tibor beriladi. Davlat, korxona va tashkilotlarning barcha moliyaviy faoliyati ustidan turli darajadagi qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng awalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo 'jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o'z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat amaliyotini baholash bilan cheklanmasdan, balki o'z tahliliy yo'nalishiga egadir. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo'lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jurnladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham qatnashadi. Shuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob'ekti pul munosabatlari hisoblanadi. MoIiyaviy nazoratning predmeti quyidagi moIiyaviy ko'rsatkichlardan iborat:
• turIi darajadagi byudjetlarning darornadlari va xarajatlari;
• soliq to'lovlarining hajmlari;
• xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning darornadlari;
• xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning rnuomala xarajatlari;
• tannarx va foyda;
• uy xo'jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
• va boshqalar. Moliyaviy nazorat predmeti bo'lgan yuqoridagi ko'satkichlarning ko'plari hisobli ko'rsatkichlar jurnlasiga kiradi, va bu narsa, o'z navbatida, ular arnaldagi qonuniy hujjatlarga qay darajada muvofiq, to'g'ri va ishonchli ekanligini tekshirishni taqozo etadi. MoIiyaviy nazorat moliya funksiyalarining arnalga oshirilish shakli bo'lib xizmat qiladi. U davlat va boshqa barcha iqtisodiy sub'ektlarning manfaatIari va huquqlarini ta'minlashga qaratiIgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan rnarnlakatlarda moliyaviy nazorat, o'zaro ta'sirchan hamda mustaqil bo'lgan ikki sohaga bo'linadi :
• davlat moliyaviy nazorati;
• davlatdan tashqari moIiyaviy nazorat. Davlat moliyaviy nazorati - davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokirniyat hamda aniq boshqaruv organlari iqtisodiyhuquqiy harakatining ma'lum maqsadga yo'naltirilgan tizirnidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda rnarnlakat Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o'ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipi, ijtimoiy-siyosiy yo'nalishi, iqtisodiy tarqqiyot darajasi, mulkchilik shakllari nisbatiga bog'liq. Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish, to'liq va uzliksiz tushib turishi va maqsadli foydalanish bilan bog'liq pul resurslari harakatining barcha tarmoqlari (tarqatiladi) tegishli hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini am alga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetJar va byudjetdan tashqari fondlarni ish lab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Umummilliy iqtisodiy manfaatlarga, aloqador bo'lsa, davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida ham xususiy va korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq iqtisodiyotning davlatdan tashqari sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni ham qo'shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlari qanday bajarilayotgani, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqIilik va qonuniylikka rioya qilinishi, shuningdek, hukumat tomonidan belgilangan pul hisob-kitoblarini tashkil etish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalarini nazorat qilish ham qamrab oladi. Davlatdan tashqari moliyaviy nazorat ikkiga bo'linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik)1M . Moliyaviy nazoratning davlat va davlatdan tashqari sohalari nazoratni amalga oshirish metodlari o'xshashligiga qaramasdan, pirovard maqsadlariga ko'ra bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushirishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatiarini minimallashtirish bo'lsa, bunga qarama-qarshi ravishda davlatdan tashqari moliyaviy nazoratning (ayniqsa, firma ichidagi) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatiarni minimallashtirishdan iborat Pul munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi va xo'jalikning barcha bo'g'inlaridagi pul fondlari shaklidagi moliyaviy resurslar moliyaviy nazoratning ob'ekti hisoblanadi. Tekshiruvlarning bevosita predmeti sifatida foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx, muomala xarajatlari kabi qiymat ko'rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va ayrim hollarda pulsiz (masalan, barter bitimlari) amalga oshiriladigan opreatsiyalarning barchasi moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi. Moliyaviy nazorat o'z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi:
• iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish (MDni taqsimlash va qayta taqsimlash porporsiyalarining optimaIligi);
• byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati);
• korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tegishli bo'lgan mehnat, moddiy va moJiyaviy resurslardan samarali foydalanish;
• o'zaro soliq munosabatlari. Taraqqiyetgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda bo'lib, quyidagi qismlardan tashkil topadi:
• bevosita mamlakatning parlamenti yoki prezidentiga bo'ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag'- larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o'rnatishdir;
• asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo'ysunuvchi soliq muassasi;
• quyi tashkilotlarni tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlari tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar;
• hisobot hujjatlarining ishonchliligini va moliyaviy operatsiyalaming qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi davlatdan tashqari nazorat xizmatlari;
• asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo'lgan ichki nazorat xizmatlari. O'tish iqtisodiyotiga ega bo'lgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi ba'zi bir maxsus organlarni ham qamrab oladi. liyaviy nazoratni tashkil etish masalalari yanada huquqiyroq qiyofaga ega bo'lib, sekin-astalik bilan g'arb modeliga yaqinlashadi. Bu model amaliyotda o'z samaradorligini yaqqol kO'rsatgan
• Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
• pul fondlarining o'lchami va moliyaviy resurslarga bo'lgan ehtiyoj o'rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta'sir ko'rsatish;
• davlat byudjeti oldidagi majburiyatlar o'z vaqtida va to'liq bajarilishini ta'minlash; • moliyaviy resurslarni ko'paytirishning ichki xo'jalik imkoniyatlarini qidirib topish; • va boshqalar. lahon hamjamiyati ko'p yillik tajriba asosida moliyaviy nazoratni tashkil etishga doir asosiy prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda dunyoning har bir sivilizatsiyalashgan davlati ularga rioya qilishga intiladi. Bu prinsiplar INTO SApo ning Lima deklaratsiyasida o'z aksini topgan. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
• mustaqillik;
• ob'ektivlik;
• kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik);
• oshkoralik. Moliyaviy nazorat mustaqilligi nazorat organining moliyaviy jihatdan mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlari pariament muddatlaridan uzoqligi, shuningdek ularning konstitutsion yo'nalishi bilan ta'minlanishi kerak. Oshkoralik davlat nazoratchilarining jamotchilik va ommaviy axborot vositalari bilan doimiy aioqada bo'lishini ko'zda tutadi. Ana shu asosiy prinsipiardan amaliy yo'nalish kasb etuvchi quyidagi boshqa moJiyaviy nazorat prinsipiari kelib chiqishi mumkin:
• natijalilik;
• nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va mantiqiyligi;
• nazorat sub'ektlarining sotib olinmasligi;
• tekshirish va taft ish hujjatlarida keltirilgan ma'lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi;
• preventiviik (moliyaviy buzilmaiar ehtimolining ogohlantiruvchanligi);
• moliyaviy jinoyatlar bo'yicha shubhalaniiayotgan shaxsiarning sudgacha aybsizlik prezumpsiyasi; • turli nazorat organiari faoliyatiarining muvofiqiashtiruvchaniigi;
• va boshqalar. Har bir davlat, odatda, moJiyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi qonunlar qabul qilayotgandi. yuqoridagi prinsiplarga tayanadi. Bir vaqtning o'zida, har bir davlatda nazorat harakatiarining o'z reglamenti (tartibi) mavjud bo'lib, bu narsa pirovardida moliyaviy nazorat natijalariga o'z ta'sirini ko'rsatadi.



Yüklə 44,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin