SHaxsning har tomonlama shakllanishida muloqotning ahamiyati katta. Oddiy narsalarni o’rganish uchun ham taqlid orqali o’zaro muloqotda bo’lish zarur. Jamiyat qonun - qoidalariga asoslangan holda munosabatlar rivojlanadi. Individ bilan shaxs muloqoti o’rtasida juda katta farqni ko’rish mumkin. Masalan, go’dak, ruhiy kasal, ongi past rivojlangan kishilarning muloqoti bilan yetuk rivojlangan, ongi yuksak kishining muloqoti o’rtasidagi farq. Ongli shaxs muloqotni boshlashdan avval miyasida o’ylaydi, so’zlarini rejalashtiradi. SHaxsning jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik rivojlanishida muloqotning o’rni katta. Masalan, axloqiy rivojlanish uchun oilada, maktabda, bog’chada bolaga kattalar muloqot orqali ta’sir qiladilar. SHuningdek, estetik, aqliy, jismoniy rivojlantirish uchun o’quvchiga o’qituvchi muloqot orqali ta’sir etishga harakat qiladi. Demak, muloqot ta’sir qilish vositasi bo’lib ham xizmat qiladi.
SHaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga kattalarga nisbatan qo’llaydigan so’zlarni ishlatmaymiz. Har bir yosh davriga kiradigan kishilarga o’ziga xos so’zlar qo’llaniladi. Bunda so’zning ta’sir kuchi hisobga olinadi. SHaxsni temperament xususiyatlariga qarab muloqot usullarini qo’llash katta ahamiyatga ega. SHaxsda ko’nikma, bilim, malakalarning hosil bo’lishida muloqotning o’rni beqiyos. Oddiy ko’nikma (“to’g’ri o’tir, qo’lingni yuv, joyingga bor, salom ber”) larni ham muloqot orqali singdiriladi.
SHaxs muloqotini shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi muhim o’rin egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta’sir etadigan so’zlarni qo’llasangiz ham u qabul qilmasligi, sizning bergan ko’rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin. CHunki u yoshligidan muomala madaniyatini egallashi kerak. Muloqotning shakllanishida maqsad to’g’ri qo’yilishi lozim. Muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida, turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, guruhda. Agar oilada kattalar bir-birlariga qo’pol munosabatda bo’lsalar, bola ham ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin.
Biz oldimizga har tomonlama rivojlangan, yetuk, komil inson (shaxs)ni tarbiyalashni qo’yganmiz. Prezidentimiz doimo yoshlarni erkin fikrlaydigan qilib tarbiyalashni uqtiradilar. Demak, muloqot fikrlash bilan o’zviy bog’liq holda shakllanadi.
SHaxs shakllanishida muloqotning ahamiyati haqida bir necha psixolog olimlar o’z fikrlarini bayon qilganlar. Jumladan, rus psixologi B.G. Ananьev “Odam bilishning predmeti sifatida” asarida bu masalani chuqur tahlil qilgan. U bilimning turli elementlarini egallash muvaffaqiyatli o’zlashtirishning garovi ekanligini ta’kidlaydi. Bilimlarni egallash muloqot orqali amalga oshirilishini ham uqtirib o’tadi. Agar kishilar o’zaro bir-birlariga axborot o’zatmasalar, tajribalarini muloqot orqali almashmasalar ular rivojlanmay qolishlari to’g’risida B.G. Ananьev asosli fikrlarni keltiradi.
B.G. Ananьev fikricha: “Muloqot ijtimoiy va individual holatdir. SHuning uchun nutq bilan o’zviy bog’liq, kommunikativ vazifani bajarishda pantomimika, imo-ishoralar muloqot shakllari sifatida yuzaga chiqadi.”(Tanlangan psixologik asarlar.2-tom . 21-.).
Demak, olim muloqot tushunchasini umumiy, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlar uchun chuqur tahlil qilib bergan.
Hozirgi paytda mamlakatimizda va xorijda muloqot muammosiga qiziqish ortib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kishilarning bir-birlari bilan qiladigan muloqoti katta ahamiyatga ega. Atoqli psixolog olimlardan yana biri V.N.Myasihev muloqot masalasiga chuqur yondoshgan, uni o’rgangan. Boshqa olimlar muloqotni nutq kommunikatsiyasi bilan bog’lab o’rgangan bo’lsalar, V.N. Myasihev muloqotni jarayon sifatida o’rgangan. Ya’ni shaxslarning bir-biriga muloqot orqali ta’sir ko’rsatishlarini, bir-birlarini idrok qilish ob’ekti sifatida tahlil qiladi. Uning fikricha: “SHaxs turlicha munosabatlarda qarama-qarshi sifatlarni namoyon qilishi mumkin.”
Tajribali psixolog A.A. Bodalev esa shaxs o’yinda, o’qishda, muloqotda, ya’ni faoliyatning turli sohasida o’zining o’rnini bilishi zarurligini uqtiradi. U o’zining “SHaxs va jamiyat” kitobida bu masalaga katta e’tibor beradi. SHuningdek, u bu muammolar kam o’rganilganligini ta’kidlaydi. A. A. Bodalevning fikricha, “insonga muloqot orqali tarbiyalashda bu unga qanday ta’sir qilishini avvaldan o’ylash zarur».(A.A. Bodalev SHaxs va muloqot. M.17 - s.)
SHaxs rivojlanishida muloqotning roli to’g’risida psixologlar A.A. Lyublinskaya , D.B. Elьkoninlar bolada o’yin faoliyati orqali muloqotning shakllanishini ta’kidlaydilar. Muloqot orqali shaxsning harakteri, irodaviy sifatlari shakllanishi haqida P.Ya. Galьperin, N.F. Dobro’nin, N.F.Talo’zinalar o’zlarining tadqiqotlarini o’tkazganlar.
SHuningdek, Respublikamiz psixologlaridan M.G.Davletshin, E./oziev, N.P. Anikeeva ,
N. Safoev kabilar muloqot muammosini turli tomondan yoritib berganlar. Jumladan, professor
E. /oziev “Muomala psixologiyasi” o’quv qo’llanmasida muloqotning barcha qirralarini nazariy tomondan ochib berishga harakat qilgan. Professor M.G.Davletshin ham “Umumiy psixologiya” o’quv qo’llanmasida muloqotni kishilarda qanday shakllanishi haqida fikrlar bildirgan.