Muloqot shaxslararo munosabatlarning shunday ko’rinishidirki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o’zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o’zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir o’tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar.
SHuning uchun muloqot ijtimoiy psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtiroq etib, hamqorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog’liq bo’lib. shaxslararo munosabat, barkamol avlod, komil inson g’oyalarini anglatadi. Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, harakter hislati, individual-tipologik
xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifatlari namoyon bo’lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot jarayonida muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuyg’ulari, ko’nikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta’sir o’tkazish uslubi tarkib topishi mumkin.
Muloqot tashqi ta’sirlar, namunalar asosida o’zini-o’zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ruyobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.
Barkamol insonlarning muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatga kirishish o’quvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyati ham, boshqa odamlar tomonidan taqlid qilinadi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar o’rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida g’ayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish - o’zini - o’zi mukammallashtirish, o’zini - o’zi ruyobga chiqarish, o’zini-o’zi boshqarish, o’zini - o’zi baholash, o’ziga - o’zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir. SHuning uchun ichki va tashqi taqlidning tushunish hamda ularni bosqichma-bosqich egallab borish - bo’lg’usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir.
Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu o’zini - o’zi ortiqcha yoki past baholash tufayli o’ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto’g’ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo’lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:
hamqorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari o’rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish.
muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to’g’risidagi axborotni egallashga oid maxsus mashg’ulotlarni uyushtirish.
shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo’ljallangan ishbilarmonlik o’yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
L. S. Vigotskiy, A. N. Leontьev, A.R. Luriya, D.B.Elьkonin, A. V. Zaporojets, M. I.Lisina tadqiqotlarida ko’rsatilishicha, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri - bu muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V.Zaporojets va M. I. Lisinalar tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi:
e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo’ladi;
kattalar bilan hamqorlik qilish ehtiyoji tug’iladi;
avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji tug’iladi;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o’zaro bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
Xullas, inson o’zini idora qilish, turli vaziyatlarda o’zini tutish fazilatlari o’zlashtirilayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamqorlik fazilatida ma’lum yutuqlarga erishadi:
Ijtimoiy hodisalarning tashqi voqe bo’lishi nafaqat ichki ruhiy holat va uning mazmunini aks ettiribgina qolmaydi, balki ikki tomonlama aloqa tufayli mazkur jarayon yuzaga keladi.
Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi ob’ektlarga yo’naltirilganligi va to’planganligi turli omillar ta’siri tufayli samaradorlik darajasini pasaytiradi, asabiy holat ishchanlikni kamaytirib muloqot maromiga putur yetkazadi.
Inson o’zini erkin, ozod, bemalol his etish hislatini o’zlashtirish uchun jismoniy keskinlik, asabiy taranglik, aqliy zo’riqish orqali ko’zlangan maqsadiga yetishi mumkin (E./oziev. Muomala psixologiyasi. T.2001 23-bet).
Yuqoridagi qoidalarga barcha talabalar rioya qilib, gavdalarini to’g’ri tutish, muammoli vaziyatlarga va muloqot maqsadiga, maromiga mutanosib tushadigan hodisalar, holatlar, sharoitlar, muayyan muhit, mazmunli harakatlar, imo - ishoralar, mimika, pantomimika ustida ishtiyoq bilan shug’ullansalar, yengil tabassum, iliq, miyig’ida kulish, chiroyli yurish kabi mashqlarni amalga oshirsalar, noverbal nutq yordami bilan shaxslararo munosabatni to’g’ri yo’lga qo’yish imkoniyatiga erishadilar. Atrofdagilarda yoqimli taassurot qoldirish, ularda mehr
- muhabbat tuyg’usini o’yg’otish muloqotdosh tanlashga imkon tug’diradi. Jismoniy va ma’naviy jihatdan erkinlikka erishish o’ziga ishonch tuyg’usini yuzaga keltirsa, mustaqillik muloqotda teng huquqli sherik bo’lishga shart-sharoit yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |