I-bob: muloqot o’smir shaxsi shakanishining muxim ijtimoiy psixologik omili sifatida


Muloqotning muvaffaqiyatli bo’lishida shaxs sifatlarining o’rni



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə7/9
tarix07.01.2024
ölçüsü0,63 Mb.
#210035
1   2   3   4   5   6   7   8   9
I-bob muloqot o’smir shaxsi shakanishining muxim ijtimoiy psixo

2.3. Muloqotning muvaffaqiyatli bo’lishida shaxs sifatlarining o’rni.


Muloqotning muvaffaqiyatli bo’lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo’lsa (xushmuomalaliliq, kamtarlik, insonparvarlik, to’g’ri so’zliliq, vijdonliliq kabilar) muloqot jarayoni ham yaxshi o’tadi. CHunki shaxslar bir-birini to’g’ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo’lishi uchun ular samimiy bo’lishlari lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo’lib, voqea-hodisalarga oqilona munosabatda bo’lish, turli ta’sirlarga berilmaslikdir. Samimiylikning muhim belgisi-bu yuzdagi xushmuomalalik ifodasi va tabassum. Samimiylik bizning kayfiyatimizga ham bog’liq, chunki kayfiyatimiz yaxshi bo’lsa, samimiylik ko’chayadi. Samimiylik ko’rsatish uchun kishining ko’ngli toza, oqko’ngil bo’lish lozim. Samimiylik fazilati ayniqsa rahbarning xodimlari bilan qiladigan muloqotida muhimdir. Agar rahbar xodimlari bilan samimiy munosabatda bo’lmasa ularning kayfiyati tushib, mehnat unumdorligi pasayishi mumkin. Ayrim rahbarlar qo’l ostidagilar bilan qo’pol, mensimasdan munosabatda bo’lib, buyruq ohangida avtoqratik uslubga asoslanib ish ko’radilar.


Mashhur Amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi kitobida ko’rsatilishicha, bir rahbar doimo kovog’ini solib yurgan, kishilar bilan samimiy munosabatda bo’lmagani uchun hamma undan qo’rqib, undan qochib yurar ekan, hatto turmush o’rtog’i bilan ham mensimasdan muomala qilar ekan. Karnegining ma’ruzasidan so’ng bu rahbar turmush o’rtog’iga ham, qo’l ostidagi kishilarga ham samimiy jilmayib muomala qilishni boshlaganida hamma uni yaxshi ko’rib obro’si ortib ketibdi, o’zining ham kayfiyati ko’tarilib ketibdi.
Muomala sirlaridan yana biri -bu kishilar bilan munosabatda jilmayishdir. D. Karnegi fikricha, jilmayganda biz bir-birimizga yaxshiliq qilish istagida turamiz. Masalan, transport haydovchilari, aholiga xizmat ko’rsatish xodimlari, oshpazlar, sartaroshlar, sotuvchilar samimiy bo’lsalar, kamtar, xushmuomala bo’lsalar, “biz sizga xizmat ko’rsatishdan mamnunmiz” degan so’zlarni ishlatsalar, ularning obro’lari ortib, muxlislari ko’payadi, kishilar ularning xizmatlaridan ko’proq foydalanadilar.
Bolalarni yoshlikdan avvalo oilada, so’ngra ta’lim maskanlarida muloqotga o’rgatib boriladi. Muloqotga o’rgatishning usullaridan biri mashg’ulotlar tarzida shakllantirishdir. Bolani bog’cha sharoitida tarbiyachi turli mashg’ulotlar o’tkazib muloqotga o’rgatadi. Avval elementar o’zini tutish, kattalarga qanday gapirish, salom berish, minnatdorchilik bildirish kabi usullarni tarkib topshiriladi. Maktab yoshi davrida va keyinchalik shaxsga ijtimoiy - psixologik treninglar tashkil qilish orqali muloqotga o’rgatiladi. SHaxsning o’zi bu usullarga ijobiy munosabat bildirishi, faol harakat qilishi zarur. CHunki shaxs muloqotda bo’lmasdan faoliyat sub’ekti sifatida ham, individual inson sifatida ham to’laqonli rivojlana olmaydi. Tajribali psixolog A. A. Bodalev fikricha, hatto o’yin faoliyatida bola muloqotda bo’ladi .Ta’lim jarayonining asosida muloqotga o’rgatish masalasi birinchi o’rinda turadi. +olaversa mehnat ta’limi jarayonida kishilar doimo muloqotga ehtiyoj sezadilar.
SHu maqsadda o’quvchilarga ularning insoniy muloqot, inson shaxsi, bir-birini baholash xususiyatlari («men va boshqalar”,”men boshqalarning ko’zi bilan”) to’g’risidagi mulohazalarini rag’batlantiruvchi axborotni berish zarur. Uni insholar, suhbatlar, treninglar orqali uyushtirish mumkin. Maxsus mashqlar orqali muloqot usullariga o’rgatish shunga taalluqlidir. Ruhiy madaniyatga o’rgatishni o’smirlik yoshidan boshlash muhim, chunki o’z shaxsi haqidagi axborotga qat’iy ehtiyoj xuddi shu davrda vujudga keladi. O’smirlikda o’zining “Men”i xususida ziddiyatli kechinmalar boshlanadi. Ilk yoshlik paytida - o’z ruhiy holati haqida hayol surish kuchaygan, muloqot juda ahamiyatli va g’oyat tanlab o’tkaziladigan yoshda inson shaxsi, shaxslararo muloqot to’g’risidagi axborot zarurdir.
N.P. Anikeeva fikricha, boshqa odamlar bilan muloqotda har bir shaxs muayyan ijtimoiy rolni egallaydi. Rollar shaxsni to’laroq ochib berishi, uni niqoblashi mumkin. Lekin pozitsiya - rollarni tanlash albatta insonning o’z mohiyatiga, uning kuchiga, zaifligiga, salohiyat darajasiga, o’z-o’zini tanqid qila olishiga, xulq - atvorining puxtaligiga, o’zining chetdan ko’ra bilish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. (Jamoada ruhiy muhit. 146-147 bet)
Ba’zan muloqotdagi muvaffaqiyatsizliklar yoshlarni benuqsonroq, himoyalanganroq bo’lish uchun o’zidagi eng yaxshi narsalarni yashirishga, buzishga majbur etadi. Erta o’smirlik paytida yig’it va qizlar yakkalik holatini boshdan kechiradi. Ular his-tuyg’ularini hech kimga aytishmaydi. O’zi haqidagi va atrofdagi kishilar haqidagi axborot - muloqot usullarini va mazmunli muloqotni tashkil etishga intilishni belgilab beradi. Buning uchun ruhiy tusdagi muayyan ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. Har bir kishiga xos bo’lgan ruhiy xususiyatlar asab tizimi turi bilan belgilanadi va avvalo temperamentda: ta’sir ko’rsatish sur’atida, ham tabiiy signallarda (ovoz, yorug’lik, rang, hid, haroratning o’zgarishi), ham ijtimoiy signallarda (so’z, voqea, o’ta sezgirlikda, emotsional ko’zg’aluvchanlikda, tashvishliliq darajasida, ekstraversiya, introversiya) namoyon bo’ladi. Ekstroversiya bilan introversiya kishining ruhiy tavsifi sifatida muloqot sohasida yorqin namoyon bo’ladi. Ekstroversiya - individning tashqi dunyoga, introversiya - ichki dunyoga qarashidir. Asab faoliyatining kuchli tipi bilan bog’liq ekstroversiya xususiyatlari ustun bo’lgan kishilar ancha kirishimli, aloqalar, tanishishlar doirasiga moyil bo’ladilar. Ular ishtiyoq bilan yangi tanishlar orttiradilar, shovqin - suronli davralarni yoqtiradilar. Introvertlar - bu asab faoliyatining zaif tipiga mansub kishilardir. Ular o’z ichki dunyolariga berilishga, kechinmalarga moyillar. Atrofdagilardan ko’p tashvishlanadilar, ular yaqinlarning tor doirasini ma’qul ko’radilar. ”Ekstroversiya-introversiya” o’qining o’rtalarida joylashgan kishilar psixologiyada tsentrovertlar degan nomni olgan. Ular me’yorida kirishimli, me’yorida yolg’izlikka moyildirlar.
Nutq bilan ishlash orqali ham muloqotga o’rgatish mumkin. Masalan, ovozni baland chiqarib she’r o’qish, hikoyani gapirish kabi treninglar ham muloqotni shakllanishiga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni esa o’yin faoliyati davomida muloqotga o’rgatish oson kechadi.
Muloqotga o’rgatishda o’yin va noo’yin shakllarini qo’shib olib borishning ahamiyati
katta:

  1. Darsga norasmiy muloqot elementlarini kiritish. Ayni paytda didaktik o’yinlardan

foydalanish, ularda muloqot tashkilotchisi rolini muallim emas, o’quvchilardan biri bajarishi.

  1. E’tiborni javobning ijobiy jihatlariga qaratish. O’quvchilar o’rtoqlarining javoblarini xolisona baholashga maxsus o’rgatiladi, ayni paytda mayda - chuydalargacha e’tiborni qaratib, o’rtoqlarining javoblaridagi eng muvaffaqiyatli jihatlarini ajratib ko’rsatishni o’rganish. Kamchiliklarni qanday qilib yo’qotish haqida bahslashish, ya’ni kamchilikni bitta o’quvchining o’ziga aytish orqali ta’sir qilish.

  2. Insonlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar SHarqda o’ziga xos xususiyatga ega. Ushbu o’quv qo’llanma jamiyatning yangilanish davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro’y berayotgan o’zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi.

Yaratiladigan yangi qo’llanmalar oldiga talaba - yoshlarni ma’naviy dunyosini boyitish, ularning ongiga milliy g’oya asoslarini singdirish, vatanparvarlik hissini tarbiyalash, o’tmish va buyuk kelajak haqida fikrlash, u bilan faxrlanish hissini, yangicha tafakkurni shakllanishi jarayonidagi ziddiyatlar va ularni bartaraf etish talab etiladi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin