2.1. Muloqot jarayonida kishining kishi tomonidan idrok qilinishi.
2.2. Shaxs shakllanishidagi psixologik-pedagogik masalalar
2.3. muloqotning muvaffaqiyatli bo’lishida shaxs sifatlarining o’rni.
4. Muloqotda sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar. .pedagogik muloqot- ijodiy jarayon sifatida
XULOSA
FOYDALANILGANADABIYoTLARRO’YXATI
KIRISH
Istiqlol tufayli o’z mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash - shu kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan isloxotlarning taqdiri yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog’liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o’zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to’la singdirishni taqozo etadi. Insonlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar SHarqda o’ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda shakllantirishdir. Ushbu o’quv qo’llanma jamiyatning yangilanishi davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro’y berayotgan o’zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi.
Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o’rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o’rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o’rinni egallamoqda
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o’rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish o’smirlar ta’lim tarbiyasining muxim vazifalari sarasiga kiradi.
Har bir o’smirning o’z “Meni” atrofdagilar bilan bo’ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, SHaxsning hayot yo’llari avval oilada, bog’cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo’lgan ehtiyoj qondirilmasa, o’smir ongi ham rivojlanmaydi. SHuning uchun biz doimo o’smirning muloqotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishimiz lozim