I bob. O‘quvchilarni monolog nutqqa o‘rgatish bo‘yicha ish mazmuni va vazifalari


O‘yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish



Yüklə 285,5 Kb.
səhifə13/16
tarix26.09.2023
ölçüsü285,5 Kb.
#149195
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
O\'qish darslarida qayta hikoyalash

2.2. O‘yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish
O‘quvchilarning eng sevimli va qiziqarli mashg‘ulotlaridan biri bu o‘yinchoqlarni ko‘rib chiqish va tasvirlashdir. O‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishning ma’nosi juda keng. U o‘quvchilarda axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi, birgalikda hikoya qilish malakalarini rivojlantiradi, xotira, diqqat va irodani mashq qildiradi.
Hayotda hosil qilgan tajribalarini, idroklarini mustahkamlaydi; kam gapiradigan o‘quvchilarning nutqiy muloqotga kirishib ketishiga ta’sir etadi, ularning hayotlarini sermazmun va quvnoq qiladi; lug‘atini faollashtiradi, bog‘langan nutqning rivojlanishiga yordam beradi. O‘yinchoqlar bo‘yicha mashg‘ulotni tashkil etishda o‘yinchoqlarni tanlashga jiddiy e’tibor berish kerak.
Kichik sinf o‘quvchilariga tasvirlash uchun taklif etiladigan o‘yinchoqlar o‘zining ba’zi bir xususiyatlariga ega: o‘yinchoqlar nomi bo‘yicha bir xil bo‘lishi mumkin, biroq tashqi ko‘rinishi jihatidan bir-biridan farq qilishi kerak (katta va kichkina ayiqchalar; sochi mayda o‘rilgan, do‘ppi kiygan va sochiga lenta taqilgan qo‘g‘irchoq; qizil va yashil piramidalar, kubiklar va hokazolar).

O‘yinchoqlarni bu tartibda tanlash o‘quvchilarning lug‘atini faollashtirishga va taqqoslash usulidan foydalanish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Katta sinflarda taxminan quyidagi o‘yinchoqlarni tanlash mumkin (o‘qituvchi oldindan o‘yinchoqlar to‘plami ro‘yxatini tuzib qo‘yadi):
Sentabr.

  • Qog‘ozdan yasalgan to‘q sariq, zarg‘aldoqrang bayroqcha;

  • matodan yasalgan yashil rangdagi bayroqcha;

  • yog‘ochdan yasalgan qo‘ziqorin;

  • plastmassadan va metalldan qilingan chelakchalar;

  • har xil kattalikdagi qo‘g‘irchoqlar to‘plami;

  • qayiqchalar (o‘yinchoqlar nimadan yasalganligini, nomini, rangini bildiruvchi so‘zlarni mustahkamlash uchun).

Noyabr.

  • Soatlar, pochta qutisi, telefon, paroxod, avto-mobillar, samolyotlar (shakl va fazoni bildiruvchi, oldinda, yuqorida, orqada kabi so‘zlarni mustahkamlash va tushuntiruvchi hikoyalar tuzish uchun).

Yanvar.

  • Juft o‘yinchoqlar to‘plami: past va baland ikkita piramida;

  • ikki xil avtomobil; mushuk va kuchuk;

  • har xil rangdagi ikkita otcha;

  • ikkita har xil qo‘g‘irchoq (o‘ngda, chapda, yonda, ketma-ket so‘zlarini mustahkamlash hamda taqqoslovchi hikoya tuzish uchun).

Turli yosh sinflarida o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish. Kichik sinf. Ushbu sinfda o‘yinchoqlarni tasvirlash bo‘yicha mashg‘ulotlar emotsional shaklda, odatdagi oddiy ta’-limiy o‘yin ko‘rinishida (“Ajoyib xaltacha”, “Bu kim?”, “Sen nimani topding?”) olib boriladi.
O‘yinchoqlarni tasvirlash bo‘yicha mashg‘ulotlar ularni ko‘rib chiqishdan boshlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini o‘yinchoqlarning tashqi ko‘rinishidagi xarakterli xususiyatlarga qaratadi (rangi, shakli, materiali), ularning belgilarini bildiruvchi so‘z-larning to‘g‘ri aytilishini nazorat qiladi.
Tasvirlash o‘qituvchining savollari yordamida olib boriladi. Badiiy asarlarni o‘qib berish mashg‘ulotlariga o‘qituvchining tayyorlanishi O‘qituvchi badiiy asarlarni shunday o‘qib yoki hikoya qilib berishi kerakki, u o‘quvchilarni o‘ziga jalb qila olsin, o‘quvchilar asardagi obrazlarning siymolarini ko‘z oldiga keltirib, tasavvur qila olsinlar va hayajonlansinlar.
O‘qituvchining badiiy asarlarni o‘qib yoki hikoya qilib berishga tayyorgarligi muallifning nima demoqchi ekanligini yoki xalq ertaklarining g‘oyaviy mazmunini, unda ishtirok etuvchilarning xarakter va o‘zaro munosabatlarini aniqlashdan boshlanadi. Qayta hikoya qilish o‘quvchilar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional va obrazli so‘zlarni tanlashga o‘rgatadi, jonli so‘zni egallashga yordam beradi, asarni tinglay bilish, uning mazmunini tushunish ko‘nikmasini o‘sti-radi, ularni bayon qilishdagi izchillikni, muallifning ifoda usulini eslab qolishga, asarni tushunib, jamoa oldida og‘zaki aytib bera olish malakasini shakllantiradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi o‘quvchilar uchun yozilgan asarlarda qahramonlarning xarakteridagi xususiyatlardan biri ajratib ko‘rsatiladi. Masalan: “Quyonning uychasi” ertagida tulki ayyor, kuchsizlar ustidan hukmronlik qiluvchi, xo‘roz esa botir, topqir, kuchsizlarni himoya qiluvchi sifatida tasvirlanadi. Asar shunday tarzda muhokama etib olingach, uni ifodali bayon etish ustida ishlanadi. Bu uch yo‘nalishda olib boriladi:

Yüklə 285,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin