1. Kirish suhbati. Bu suhbat asar mazmunini idrok qilishga, o‘quvchilarning tasavvurlarini aniqlashga, kerakli emotsional holatni vujudga keltirishga va hokazolarga qaratilgandir.
2. Badiiy asarni o‘qib berish. Asarni dastlabki o‘qib berishda o‘quvchilarga uning mazmunini esda saqlab qolish kerakligini, so‘ng uni qayta hikoya qilib berish lozimligini ta’kidlamaslik kerak, aks holda, badiiy asarning g‘oyaviy tomonini idrok eta olmasligi mumkin. Asar matnini ma’noli qilib, ishtirok etuvchilarning dialogini intonatsiya bilan ajratib o‘qib berish (yoki hikoya qilib berish) juda muhimdir. Shunday qilinganda o‘quvchilarga asardagi qahramonlarga va voqealarga o‘z munosabatlarini bildirishga yordam bergan bo‘lamiz.
3. O‘qib berilgan asarning mazmuni va shakli yuzasidan suhbat. O‘qib berilgan yoki hikoya qilib berilgan asar mazmuni yuzasidan beriladigan savollar oldindan yaxshilab o‘ylab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotning bu qismi uncha uzoq bo‘lmasligi, o‘quvchilarga 4-5 savol berish bilan kifoyalanish lozim.
4. Adabiy asar matnini ikkinchi marta o‘qib berish (yoki hikoya qilib berish). O‘qib berishdan avval o‘qituvchi o‘quvchilarga asarni diqqat bilan tinglashni, lining mazmunini esda olib qolishni, keyin qayta hikoya qilib berishlarini ta’kidlaydi.
5. O‘quvchilar tomonidan asarni qayta hikoya qilib berish. Misol tariqasida o‘zbek xalq ertaklaridan “Uch tulki” ertagini qayta hikoya qilish mashg‘ulotini keltiramiz. O‘qituvchi ertakni o‘qib berishdan (yoki hikoya qilib berishdan) avval o‘quvchilarga quyon, qo‘ng‘iroq, eshak va tulkining, o‘quvchisi xo‘tikning, tulkining (ona tulki, ota tulki) rasmlarini ko‘rsatadi va o‘quvchilardan ularning nomini so‘raydi.
O‘qituvchi o‘quvchilardan tulki qanday hayvon ekanligini, eshak, uning o‘quvchisi xo‘tik, quyon qanday hayvon ekanligini so‘rab oladi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarga mana shu hayvonlar, “Uch tulki” ertagida uchrashini aytadi va o‘quvchilarga bu ertakni hikoya qilib beradi (yoki o‘qib beradi). Shundan so‘ng asar mazmuni yuzasidan savollar beradi:
Hozir men sizlarga qaysi ertakni hikoya qilib berdim? Bu ertak qaysi hiylagar hayvon haqida yozilgan? Ertakdagi tulkilar qanday? Rahmdilmi yoki hiylagarmi? Ular qanday qilib quyonni aldashdi? Ertak oxirida tulkining o‘quvchisi Qashqani (quyonni) qanday qilib aldaganini kirn eslab qoldi? O‘qituvchi o‘quvchilarga savollarga hammalari to‘g‘ri va aniq javob berganlarini, asar mazmuniga yaxshi tushunib olganlarini aytib, “Hozir men bu ertakni yana bir marta hikoya qilib beraman, sizlar esa uni diqqat bilan tinglanglar, keyin uni menga qayta hikoya qilib berasizlar”, – deydi.
Asarni ikkinchi marta hikoya qilib bergach, 5-6 o‘quvchini ertakni qayta hikoya qilib berishga chiqaradi. Har bir o‘quvchining qayta hikoya qilib berishlari baholanadi. Masalan: “Behzod ertakni juda qiziqarli, ifodali qilib aytib berdi, ammo lining hikoyasi to‘liq bo‘lmadi. U ona tulki quyonni qanday aldaganini hikoya qilib bermadi”. Shunday qilib qayta hikoyalashda yuqoridagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq.