I bob. O‘quvchilarni monolog nutqqa o‘rgatish bo‘yicha ish mazmuni va vazifalari


II BOB. KICHIK YOSHDAGI O‘QUVCHILARNI HIKOYA TUZISHGA O‘RGATISH USLUBIYATI



Yüklə 285,5 Kb.
səhifə10/16
tarix26.09.2023
ölçüsü285,5 Kb.
#149195
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
O\'qish darslarida qayta hikoyalash

II BOB. KICHIK YOSHDAGI O‘QUVCHILARNI HIKOYA TUZISHGA O‘RGATISH USLUBIYATI
2.1. O‘quvchilarni rasmga qarab hikoya qilishga o‘rgatish
Rasmga qarab hikoya qilish illustratsiyali materiallar tarkibiga kiradi. O‘qituvchi rasmlar yordamida o‘quvchilarning tevarak-atrof to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradi, tafakkurlarini rivoj-lantiradi, xotirani mustahkamlaydi va nutqni boyitadi. Shuningdek, ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan narsa va hodisalar bilan tanishtiradi, ular to‘g‘risidagi bilimlarini aniqlaydi va to‘ldiradi, yuqori axloqiy sifatlarni (mehnatga qiziqish, ona tabiatga muhabbat, o‘z o‘rtoqlariga sadoqat va hokazolar) shakllantirishga yordam beradi.
O‘quvchilarni hikoya qilishga o‘rgatish uchun narsa-buyumlarni tasvirlovchi predmetli rasmlardan, sujetli rasmlardan, reproduksiyalardan, peyzaj va naturmort, etud rasmlardan foydalaniladi. M.M.Konina o‘quvchilarni rasmlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatishning quyidagi mashg‘ulot turlarini ajratib ko‘rsatadi5:
1) narsa-buyumlarni tasvirlovchi rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish;
2) voqeaband rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish;
3) voqeaband rasmlar asosida mazmunli hikoya tuzish;
4) voqealar ketma-ket keladigan rasmlar to‘plami asosida hikoya tuzish;
5) peyzajli (manzarali), naturmort rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish.
O‘qituvchi hikoya qilish uchun rasm tanlashda quyidagi talablarga amal qilishi kerak:
a) voqealar oddiy bo‘lishi, o‘quvchining yoshiga qarab voqeaning murakkablashib borish tamoyiliga amal qilishi;
b) mazmuni jihatidan o‘quvchilarning yoshiga va nutqining rivojlanish darajasiga mos bo‘lishi;
d) o‘quvchining xayolini, tafakkurini, estetik his-tuyg‘ularini, kuzatuvchanligini, nutqini rivojlantirishga yordam berishi;
e) rasmda tasvirlangan narsa-buyumning ko‘rinishi yoki voqeaning biror-bir qismida haqiqatni buzib tasvirlash hollari bo‘lmasligi.
Kichik sinf. Bu sinfda rasmga qarab hikoya qilishga o‘rgatishga tayyorgarlik bosqichi amalga oshiriladi. Bu sinf o‘quvchilari hali o‘z fikrlarini bir-biriga bog‘lab bayon eta olmaydilar.
Ularning nutqi dialog ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bu yoshdagi o‘quvchilar rasmdagi narsa-buyumlarning nomini, ularning ayrim sifatlarini va harakatlarini aytib berish bilangina kifoyalanadilar, bu o‘quvchilarda idrokning yaxshi rivojlanmaganligi, so‘z to‘plamining kamligi, gaplarni to‘g‘ri tuza olish malakasining shakllanmaganligi bilan bog‘liqdir.
Rasm bo‘yicha ishlashda o‘qituvchining asosiy vazifasi quyidagilar:
1) rasmni kо’rib chiqishga, undagi eng muhim narsani seza olishga o‘rgatish;
2) rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning nomlarini aytishdan sekin-astalik bilan bog‘langan nutq ustida (savollarga javob berish va uncha katta bo‘lmagan hikoyalar tuzish) mashq qilishga o‘tish.
O‘quvchilarni rasmlar bilan tanishtirish mashg‘uloti turli xilda olib borilishi mumkin. Mashg‘ulot asosan ikki qismdan iborat bo‘ladi:

Yüklə 285,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin