I bob. O‘quvchilarni monolog nutqqa o‘rgatish bo‘yicha ish mazmuni va vazifalari



Yüklə 285,5 Kb.
səhifə5/16
tarix26.09.2023
ölçüsü285,5 Kb.
#149195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
O\'qish darslarida qayta hikoyalash

Ijodiy hikoya qilish: o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan mavzu bo‘yicha voqeani izchil davom ettirib, tugal mazmunli hikoya tuzish ko‘nikmalarini mustahkamlash, voqea sodir bo‘lgan joy, vaqt, tabiat manzarasini qisqacha tasvirlash, qahramonlarning ruhiy kechinmalarini ko‘rsatishlariga ahamiyat berish: “Gul bayrami”, “Navro‘z”, “Onamlarning bayrami”, “Bahor keldi”, “Меп qushlarga don berdim”, “Меп onamga yordamchi”, “Tomorqada”, “Mening mushugim”, “Metroda”, “Avtobusda”, “Trolleybusda”, “Ko‘chada”, “Bozorda”, “Do‘konda”, “Arqon o‘ynadik”, “Quvlashmachoq”, “Bekinmachoq”, “Mehmon-mehmon” mavzularida hikoya o‘ylab topishga undash.
Mustaqil tuzgan hikoyalaridagi personajlarga qisqacha ta’rif berishlariga, ularning xatti-harakatlarini baholashlariga ham diqqatni qaratish va o‘rgatib borish. Mustaqil tanlangan mavzu bo‘yicha hikoya tuzishda voqealarning izchilligiga, tugal mantiqqa ega bo‘lishiga, tasviriy ifoda vositalaridan o‘rinli foydalanishlariga ahamiyat berish.
O‘quvchilarni hikoya qilishga o‘rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ulardan asosiylarini aytib o‘tamiz:
1. Hikoya namunasini berish usuli. Bunda qandaydir buyumni (predmetni) yoki voqeani jonli va qisqa tasvirlanadi. Bu usul birmuncha yengil usul bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarga narsa-buyum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib beradi, o‘quvchilar hikoyani tinglab, o‘z hikoyalari uchun mazmun tanlaydilar, uning hajmini, izchilligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul o‘quvchilarni hikoya qilib berishga o‘rgatishga yordam beruvchi ta’limiy usul bo‘lib hisoblanadi. Namuna o‘quvchilarning taqlid qilishiga mos bo‘lishi, ya’ni hajmi kichik, fikrlar izchil bayon qilinishi, jumlalar qisqa va grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi lozim.
Masalan, o‘qituvchi o‘yinchoqni tasvirlashga o‘rgatishda o‘zi bitta o‘yinchoqni olib, u haqda shunday tasviriy hikoya tuzadi: — Mana bu ayiqcha. U jigarrang, yumshoq baxmaldan yasalgan. Uning bosh qismida ikkita kichkina quloqlari, ikkita qop-qora, dum-dumaloq ko‘zlari, tumshug‘i bor. Tumshug‘ida esa burni bor. Tanasida 4 ta oyog‘i bor. Ayiqcha o‘yinchog‘i bizga o‘ynash uchun kerak.
O‘quvchilar namuna hikoyadan yaxshi foydalanishlari uchun uning matni qisqa gaplardan iborat bo‘lishi va izchil bayon qilinishi kerak.
Hikoya namunasi boshqa usullarga nisbatan hikoya qilishga o‘rgatish jarayonini yengillashtiradi, o‘quvchilar erishishi kerak bo‘lgan natija ko‘rsatib beriladi. Bundan tashqari, namuna o‘quvchilarning hikoya qilishlari lozim bo‘lgan mavzularning taxminiy mazmunini, ularning hajmini, ketma-ketligini belgilaydi. O‘qituvchining namuna hikoyasidan o‘quvchilarni hikoya qilib berishga o‘rgatishning dastlabki bosqichlaridan, shuningdek, yangi vazifa qo‘yilganda yoki hikoya qilib bera olmaydigan o‘quvchilarga yordam be’rishda foydalaniladi. O‘qituvchining namuna hikoyasini yomon hikoya qiladigan o‘quvchi takrorlashi mumkin. Namuna hikoya usulidan mashg‘ulotning boshida foydalanish kerak. Undan mashg‘ulot oxirida foydalanish esa hech qanday ijobiy natija bermaydi, chunki o‘quvchilar namuna hikoyaga taqlid qila olmaydilar, o‘z nutqlarida undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar.

Yüklə 285,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin