1) emotsional va obrazli ifodalilik, intonatsiyaning xilma-xilligi va boyligi ustida ishlash; 2) asarning ayrim qismlari o‘rtasiga mantiqiy urg‘u qo‘yish; 3) aniq va to‘g‘ri talaffuzni hosil qilish; har bir so‘zni to‘g‘ri talaffuz etishga erishish kerak, shundagina o‘quvchilar uni to‘g‘ri idrok etadilar. O‘qituvchi bunday tayyorgarlik jarayonida adabiy asarning g‘oyaviy mazmuniga tushunib yetadi va matnni esda saqlay oladi, o‘zining kichik tinglovchilari bilan erkin muloqotda bo‘ladi va uning nutqi ravon, aniq bo‘lib, ishonchli chiqadi, aytilayotgan so‘z ishonarli, ta’sirchan, o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘ladi.
Agar o‘qituvchi o‘quvchilarga tanish bo‘lgan asarni o‘qib yoki hikoya qilib bermoqchi bo‘lsa, ilgari uni o‘quvchilarga yetkazish ustida yetarli darajada ishlagan bo‘lsa, u vaqtda mashg‘ulotga quyidagicha tayyorlanadi: asar matnini va ilgari hosil qilingan ifodali o‘qish vositalarini yodiga tushirish maqsadida uni bir necha marta ovoz chiqarib o‘qiydi, mashg‘ulot rejasini tuzadi. Mashg‘ulot rejasida asarni o‘quvchilarga qanday yetkazish o‘qib berish yoki hikoya qilib berish usuli ko‘rsatiladi.
XULOSA Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi o‘quvchilarni hikoya qilib berishga o‘rgatishda foydalaniladigan hamma usullarni juda yaxshi bilishi va bu usullardan sharoitga qarab, mashg‘ulot uchun yetakchi usulni tanlashi kerak.
Har bir asar o‘quvchilarda jamiyatimiz uchun zarur bo‘lgan sifatlarni tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak. Qayta hikoya qilish uchun asar tanlanganda quyidagi talablarga amal qilish kerak: yuqori badiiy qimmatga, g‘oyaviy-mantiqiy yo‘nalishga ega bo‘lishi, jo‘shqinligi, fikrning yangiligi va bayonning obrazliligi, voqealarning ketma-ketliligi, mazmunining qiziqarliligi. Shu bilan bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning o‘quvchi yoshiga mos kelishini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchining badiiy asarlarni o‘qib yoki hikoya qilib berishga tayyorgarligi muallifning nima demoqchi ekanligini yoki xalq ertaklarining g‘oyaviy mazmunini, unda ishtirok etuvchilarning xarakter va o‘zaro munosabatlarini aniqlashdan boshlanadi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarga ko‘plab savollar berish yaramaydi, biroq asar mazmunini qanday tushunib olganliklarini, qaysi so‘zlar xotirasida qolganligini, asar mazmunida uning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq voqealar borligini aniqlash maqsadida ikkita-uchta savol berish kerak. Yil davomida o‘quvchilarga tanish bo‘lgan hikoyalar, ertaklar, she’rlar takroran o‘qib beriladi, hikoya qilinadi. Bu ertak va hikoyalar, she’rlarning o‘quvchilar xotirasida uzoq saqlanib qolishiga yordam beradi.
Qayta hikoya qilish o‘quvchilar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional va obrazli so‘zlarni tanlashga o‘rgatadi, jonli so‘zni egallashga yordam beradi, asarni tinglay bilish, uning mazmunini tushunish ko‘nikmasini o‘sti-radi, ularni bayon qilishdagi izchillikni, muallifning ifoda usulini eslab qolishga, asarni tushunib, jamoa oldida og‘zaki aytib bera olish malakasini shakllantiradi.