Kurs ishining tarkibiy tuzilishi.Kurs ishi kirish, 2 bob, 4 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar rо’yxatidan iborat.
I BOB. O‘QUVCHILARNI MONOLOG NUTQQA O‘RGATISH BO‘YICHA ISH MAZMUNI VA VAZIFALARI 1.1. O‘quvchilarni hikoya qilib berishga o‘rgatishda foydalaniladigan usullar Monolog nutq, dialog nutqqa nisbatan ancha murakkab bo‘lib, bu bitta odam tomonidan amalga oshiriladigan nutqdir. Monolog nutqda bitta kishi gapiradi, qolganlar esa tinglaydilar. Monolog nutq ko‘pchilikka qarata aytiladigan nutq bo‘lgani uchun, u har doim mantiqiy jihatdan izchil, grammatik jihatdan shakllangan, hammaga tushunarli va ravon bo‘lishi kerak.
Hikoya qila olish qobiliyati kishilarning muloqotda bo‘lish jarayonida katta rol o‘ynaydi. O‘quvchi uchun esa bu qobiliyat bilish vositasi, o‘z bilimlarini, tasavvurlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. O‘quvchilarda monolog nutqning shakllanishi ularda mantiqiy tafakkurning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, o‘quvchi nutqi monolog nutqqa aylanishi uchun u tilning lug‘atini va grammatik tomonini erkin egallagan bo‘lishi kerak.
Shu munosabat bilan o‘quvchilar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturida o‘quvchilarni hikoya qilishga o‘rgatish bo‘yicha har bir yosh sinflariga ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Bu sinf o‘quvchilarini tanish hikoya va ertaklarni (o‘qituvchining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqil) so‘zlab berishga o‘rgatiladi, o‘yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo‘yicha hikoyani (3-4 gapdan iborat) takrorlash ko‘nikmasi tarbiyalanadi, tanish ertaklardan olingan parchalarni sahnalashtirishda qatnashishga o‘rgatiladi.
O‘rta sinflarda hikoya qilishga o‘rgatish vazifalari va ularning mazmuni ancha murakkablashadi. Ushbu sinf o‘quvchilari birinchi yarim yillikda tanish hikoya va ertaklarni mustaqil holda qayta hikoya qilishga, asar qahramonlarining suhbatini ifodali so‘zlab berishga o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotlarda birinchi marta o‘qib berilgan kichik ertak va hikoyalarning mazmunini qayta hikoya qilishga, o‘rtoqlari hikoya qilayotganda e’tibor bilan tinglashga, o‘yinchoqlar, turli buyumlar va yil fasllarini tavsiflovchi (avval o‘qituvchining savollari, so‘ngra namuna va reja asosida) hikoya tuzishga o‘rgatiladi. Ikkinchi yarim yillikda o‘quvchilarga tanish ertak va hikoyalarni tinglashni, ularda ishtirok etuvchi personajlarning gaplarini, o‘ziga xos xususiyatlarini tushunishni, asar mazmunini hikoya qilayot-gan o‘rtoqlarining nutqini diqqat bilan eshitishni, asar matnini buzib hikoya qilgan joylarini payqashni o‘rgatish davom ettiriladi.
O‘qituvchi qayta hikoya qilishni o‘rgatayotganda o‘quvchilar diqqatini, ayniqsa, ertakning boshlanmasi, takrorlanib kelayotgan parchalarga, xulosa qismiga: hikoyalardagi qahramonlarning o‘zaro nutqi kabilarga qaratishi lozim. O‘quvchilar asar voqealarini so‘zlayotganda ovoz ohangining xilma-xil turini (so‘roq, his-hayajon, hayratlanish, iltimos) qo‘llay bilishlariga erishish. O‘quvchilarga o‘yinchoqlar va buyumlar haqida hikoya tuzishni o‘rgatayotganda o‘yinchoqlarni tariflab berishga, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatuvchi belgilarni (rangi, shakli, qanday o‘ynalishi va boshqalar) aniq so‘zlar orqali ifodalashga o‘rgatish.