Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Umumiy o‘rta ta’limning Davlat standartlari va o‘quv dasturiga ko‘ra 1-sinfda sinfdan tashqari o‘qish mashq’ulotlarida savod o‘rgatish darslarida hosil qilingan ko‘nikma va malakalar asosida bolalarning ona vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqida ta’lim sohasida Q.Shodiyeva, F.R.Qodirova, M.R.Qodirova, Y.Razbayeva, Q.Abdullayeva, K.Nazarov, Sh.Yo‘ldosheva, K.Qosimova, S.Matchonov, Sh.Sariyev, O.Roziqov, M.Mahmudov, B.Adizov, A.Hamroyev va boshqalar qator o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar yaratganlar.
Har bir asar o‘quvchilarda jamiyatimiz uchun zarur bo‘lgan sifatlarni tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak. Qayta hikoya qilish uchun asar tanlanganda quyidagi talablarga amal qilish kerak: yuqori badiiy qimmatga, g‘oyaviy-mantiqiy yo‘nalishga ega bo‘lishi, jo‘shqinligi, fikrning yangiligi va bayonning obrazliligi, voqealarning ketma-ketliligi, mazmunining qiziqarliligi. Shu bilan bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning o‘quvchi yoshiga mos kelishini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Kurs ishining maqsadi. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida va unga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini shakllantirish va qayta hikoyalash turlaridan foydalanishni takomillashtirish kurs ishi mavzusi bo‘yicha olib borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi.
Tadqiqotning vazifalari: 1. O‘quvchilarni hikoya qilib berishga o‘rgatishda foydalaniladigan usullarini o‘rganish.
2. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari o‘qish darslariga oid mashg‘ulotlari bilan ishlash jarayonini o‘rganish va tahlil qilish.
3. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulot mazmuni, maqsadi va qurilishini o‘rganish hamda qayta takomillashtirish dolzarb nuammo ekanligini aniqlash.
4. Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish borasida fikr-mulohazalarga ega bo‘lish.
5. O‘quvchilarni rasmga va o‘yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish yo‘llarini o‘rganish.
6. O‘qish darslarida qayta hikoyalash turlaridan foydalanishga oid ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish.