Ijodiy hikoya qilish. O‘quvchilarni o‘qituvchi tomonidan belgi-langan hikoya yoki ertakni nihoyasiga yetkazishga, qisqa, lo‘nda jumlalar tuzishga, tasviriy vositalardan foydalanishga o‘rgatish.
O‘quvchilarning shaxsiy tajribalari va o‘qituvchi taklif etgan hayotiy mavzular asosida mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya yoki ertak tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish: “Quvonchli kun”, “Xafa bo‘lgan kunim”, “Mehmonda”, “Bizning oila”, “Eng yaqin o‘rtog‘im”, “Dam olish kuni”, “Dadamga qarashdim”, “Qo‘g‘irchoq teatriga bordim” va boshqalar.
O‘quvchilarni tuzayotgan hikoya yoki ertaklarida ishtirok etuvchi qahramonlarning ruhiy kechinmalarini bilishga o‘rgatish. “Birinchi qor”, “Yaxmalakda”, “Yangi yil bayrami”, “Qorbobo”, “Men sevgan fasl”, “Tashqarida qor, uyimizda bahor”, “Xola-xola o‘ynadik”, “Kim oladi-yo, shuginani-yo” o‘yini, “Men onamga yordamchi”, “Ukamga mehribonman” va boshqalar4.
O‘quvchilarga suratlar bo‘yicha hikoya tuzishni o‘rgatayotganda, avvalo, ularning mustaqil fikrlashlariga, suratda tasvirlangan voqealarga o‘z munosabatlarini bildirishlariga imkon yaratish kerak. Shu bilan birga, rasmda aks ettirilgan mavzuli voqeaga qarab ilgari nima bo‘lgani va keyin nima bo‘lishi kerakligi haqida fiкг yuritishga undash. Tabiat manzaralari aks ettirilgan suratga qarab, undagi go‘zallikni, nafislikni ifodalay oladigan tasviriy so‘zlar, o‘xshatish va sifatlashlar ishtirokida gap tuzishga o‘rgatib borish kerak.
O‘quvchilarning birgalikdagi hayot tajribalaridan olingan voqealar:ekskursiya, sayr, mehnat jarayoni, jonli va ravon hikoya qilib berish malakasini tarbiyalash. Hikoya qilayotganda tevarak-atrof-dagi buyum, voqeahodisalarning nomini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, xatti-harakatlarini to‘g‘ri ifodalashga, voqealarning vaqti va joyini ko‘rsatishga o‘rgatish, topishmoqlar o‘ylab topishga undash zarur.
Ikkinchi yarim yillik.
O‘quvchilarni badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga o‘rgatishni davom ettirish.
O‘quvchilarni manzarali suratlar bo‘yicha maxsus hikoyalar to‘qishga o‘rgatish, ularni surat mazmunini tushunishga, suratdagi manzarani tevarakatrofdagi manzaralar bilan taqqoslashga, o‘z hikoyalarida tasviriy so‘z va iboralardan foydalanishga o‘rgatishni davom ettirish.
O‘quvchilar mustaqil hikoya tuzayotganlarida og‘zaki nutq shakllaridan foydalanishlariga erishish.