I bob. O‘quvchilarni monolog nutqqa o‘rgatish bo‘yicha ish mazmuni va vazifalari



Yüklə 285,5 Kb.
səhifə6/16
tarix26.09.2023
ölçüsü285,5 Kb.
#149195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
O\'qish darslarida qayta hikoyalash

2. Hikoya rejasini berish usuli. Hikoya rejasi 2-3 asosiy savoldan iborat bo‘lib, fikrning ketma-ketligini va mazmunini belgilaydi. Namuna usulidan foydalanib hikoya qilib berish bilan bog‘liq 2-3 mashg‘ulotdan keyin hikoyani reja asosida so‘zlab berishga o‘rgatish mustaqil, yetakchi usullardan biri bo‘lib qoladi. O‘quvchilar hikoyasi xilma-xil bo‘lishi uchun o‘qituvchi oldindan asosiy va qo‘shimcha reja tayyorlab qo‘yishi kerak. Bir mashg‘ulot jarayonida savollarni almashtirish (yangilash) o‘quvchilar diqqatini faollashtiradi.
3. Rejani jamoa bo‘lib muhokama qilish usuli. Reja asosida hikoya tuzish va lining mazmunini boyitishni yengillashtirish maqsadida, rejani jamoa bo‘lib muhokama qilish tavsiya etiladi. Bu usuldan katta va maktabga tayyorlov sinflarida reja asosida hikoya qilishga o‘rgatishning dastlabki bosqichida foydalaniladi.
4. Jamoa bo‘lib hikoya tuzish usuli. Bu usul o‘ziga xos bo‘lib, undan o‘quvchilarni ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatishda foydalaniladi. Oldindan belgilab qo‘yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar ayrim javoblarni tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar. O‘qituvchi ularni o‘ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takroilaydi. So‘ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, o‘qituvchi esa aytilgan eng yaxshi jumlalarning va o‘zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.
5. Hikoyani qismlar bo‘yicha tuzdirish usuli.
6. Aytib turish usuli. Hikoya qilish jarayonida o‘quvchi qandaydir xatoga yo‘l qo‘yishi yoki ayrim joyini esdan chiqarganda so‘z yoki gapni aytib turishdan foydalanish o‘rinlidir. O‘quvchining xatosini to‘g‘rilash yoki hikoyaning esdan chiqargan joyini aytib turish yetarlicha baland ovozda, samimiy boiishi kerak.
Shunday qilib, o‘qituvchi o‘quvchilarni hikoya qilib berishga o‘rgatishda foydalaniladigan hamma usullarni juda yaxshi bilishi va bu usullardan sharoitga qarab, mashg‘ulot uchun yetakchi usulni tanlashi kerak.



Yüklə 285,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin