2. Qayta hikoyani takrorlash. Bu usuldan ko‘proq o‘rta va katta sinflarda foydalaniladi. Bu o‘quvchi uchun ancha murakkab bo‘lgan usuldir, chunki u o‘qituvchining hikoyasiga alohida luqma tashlash (gap qistirish) bilan birga, to‘liq jumlalarni ham takrorlashiga to‘g‘ri keladi.
3. So‘z va jumlalarni aytib turish. Bu usul qayta hikoya qilishning ravonligini, izchilligini ta’minlaydi, uzoq pauza qilishga yo‘l qo‘ymaydi.
4. Savollar berish. Bu usul keng tarqalgan bo‘lib, u muqaddima (kirish) suhbatida va mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladi. Hikoya qilolmaydigan o‘quvchilarga qayta hikoya qilishni boshlagunga qadar yordamchi savollar berish mumkin, bu hikoyani boshlashga yordam beradi, masalan: “Sen nima haqida hikoya qilasan, ola quyon to‘g‘risidami? Mayli, kel boshlaymiz. Kunlardan bir kuni jikkakkina ola quyon sheriklariga...”.
5. Rag‘batlantirish. Qayta hikoya qilish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchini jilmayish, boshini qimirlatish (tasdiqlash), qisqa so‘z aytish (“Yasha”, “Barakalla”) bilan rag‘batlantiradi.
6. Qismlar bo‘yicha qayta hikoya qilish. Bu usul o‘quvchilar idrokining qimmatini yo‘qotmaydi, chunki qayta hikoya qilish uchun o‘quvchilarga mazmuni tanish bo‘lgan asar tanlanadi. Qismlar bo‘yicha qayta hikoya qilish usulidan foydalanib, mashg‘ulotni tashkil etish jarayoni o‘quvchilardan kun davomida so‘rash imkonini yaratib beradi.
7. Rollarga bo‘lib qayta hikoya qilish. Bu usul nutqning ma’nodorligini (ifodaliligini) shakllan-tirishga yordam beradi. O‘qituvchi tomonidan ishtirok etuvchi shaxslar xarakterining izohlanishi o‘quvchilar nutqining oydinla-shishiga, diqqatining faollashishiga katta ta’sir etadi. Rollarga boiib qayta hikoya qilish o‘rta sinfdan boshlab qo‘llaniladi. Bu usuldan mashg‘ulotning oxirida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
8. O‘yin usuli (dramalashtirilgan o‘yin). Bu usulda personajlarning (ishtirok etuvchilarning) luqma tashlashlari harakatlar bilan boshqariladi: o‘quvchilar imo-ishoradan, hayvonlarning ovozlariga taqlid qilishdan va boshqalardan keng foydalanadilar, biroq o‘yin uchun hech qanday niqoblar, dekoratsiyalar talab etilmaydi. O‘qituvchi avval o‘zi muallif nomidan gapiradi, so‘ngra o‘quvchi gapiradi. Dastlab rolni ijro etish uchun nutqi bo‘sh rivojlangan o‘quvchilar chiqariladi. Dramalashtirilgan o‘yin 5 daqiqa davom etadi. Turli yosh sinflarida qayta hikoya qilib berishga o‘rgatish mashg‘ulotining tuzilishi (o‘tkazish uslubiyoti) har xil bo‘ladi.
Qayta hikoya qilib berish mashg‘uloti quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi mumkin: