1.2 Birinchi prezidentimiz Islom Karimov davrida tashqi siyosat O‘zbekiston Rossiya bilan 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik hamkorlik, 2005-yil 14-noyabrdagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar hamda 2012-yil 4-iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida do‘stona munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va tadrijiy rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlariga to‘liq mos keladi hamda mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi global muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydigan, yaqin mintaqaviy qo‘shni Xitoy bilan strategik hamkorlikni kuchaytirish tarafdori. Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish 2012-yil 6-iyundagi Strategik hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2013-yil 9-sentyabrdagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyasi bayonotga asoslangan. O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan 2002-yil 12-mart oyida imzolangan O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asnosida o‘zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir.
O‘zbekiston AQSh bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash va xalq turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan modernizatsiya jarayoni va islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitiaviy-texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor. Ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlari Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, transmilliy tahdid va xatarlarga qarshi kurashga ko‘maklashishdan iboratdir. O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan har taraflama manfaatli hamkorlikka muhim ahamiyat beradi. Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikni asosiy sohalari savdo-sotiqni rivojlantirish, investitiya va moliya, zamonaviy texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy xavfsizlik kabilar hisoblanadi. O‘zbekiston asosiy e’tiborini Yevropaning ilg‘or davlatlari, xususan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Latviya va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarishga alohida e’tibor beradi. Respublikamiz ko‘p asrlik umumiy tarix, yagona til va din, umumiy qadriyatlar va o‘xshash urf-odatlarga ega bo‘lgan Turkiya davlati bilan do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni izchil davom ettiradi. Mamlakatimiz Turkiya bilan har taraflama manfaatli hamkorlikni, jumladan savdo-sotiq, investitsiya va turizm kabi sohalarda rivojlantiradi.
Osiyo-Tinch okeani hududi mamlakatlari, xususan Koreya Respublikasi va Yaponiya bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan investitsiya, savdosotiq, yuqori texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalaridagi keng qamrovli hamkorlikni davom ettiradi. O‘zbekiston Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mamlakatlar – Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vetnam kabi davlatlar bilan hamkorligini rivojlantiradi. O‘zbekiston Janubiy Osiyo mamlakatlari, xususan Hindiston va Pokiston bilan savdo-sotiq, transportkommunikatsiya, turizm kabi sohalarda har taraflama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab quvvatlaydi. O‘zbekiston musulmon dunyosi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni iqtisodiyot, transport kommunikatsiyasi, moliya, investitsiya va sayyohlik sohalarida, shu jumladan Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki doirasida faol rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor. O‘zbekiston BMT ishida faol ishtirok etishni davom ettiradi, hamda uni xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, tezkor globallashuv jarayonida davlatlarning barqaror rivojlanishida ko‘maklashishga mas’ul bo‘lgan yagona universal tashkilot sifatida ko‘radi. Mamlakatimiz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotlati bilan ushbu tuzilmalarning mexanizmlaridan zamonaviy muammolar va tahdidlarga qarshi kurashishda, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda samarali foydalanish maqsadida o‘zaro sherikchilikni yanada rivojlantiradi.
Londondagi Afrika va Osiyo tadqiqotlari Universitetida marhum prezident Islom Karimov davridagi O'zbekiston tashqi siyosatiga bag'ishlangan ilmiy anjuman bo'lib o'tdi.
Anjuman qatnashchilaridan biri, nufuzli Sent-Endryus Universitetidan Bernardo Teles Fazendeyroga ko'ra, Islom Karimovning o'limi O'zbekiston tashqi siyosatining kelib chiqish ildizlari va oqibatlariga chuqurroq nazar tashlashga imkon yaratgan.
Bernardo Teles Fazendeyro Karimov davridagi mamlakat tashqi siyosatini "muhofazakor mustaqillik" deya ta'riflaydi.
"O'zbekiston tashqi siyosatini tadqiq qilganlar ko'pda uni "ko'pvektorlik yoki yirik kuchlar ta'sirini muvozanatlashga harakat qilingan yo'l", deya baho beradilar. Bu kabi ta'riflarning ba'zilarini qabul qilgan holda men O'zbekistonning halqaro sahnada o'zini qanday taqdim qilish urinishiga ahamiyat berdim. O'zbekistonning "mustaqillik" ideologiyasini men "o'z-o'ziga tayanishga intilish", deb atagan bo'lardim.
Unga ko'ra, bu siyosatning 5 qirrasini ajratib ko'rsatish mumkin.
1. Xalqaro sahnada "tenglar aro teng" bo'lishga to'xtovsiz urinish. 2. Ikki tomonlama munosabatlarga urg'u 3. O'zbekiston imidjini tajovuzkor yo'lda himoya qilish 4. O'z-o'ziga tayanishga intilishi 5. Keng qamrovli g'oyalardan o'zini olib qochish "Albatta O'zbekiston hukumatining tashqi siyosat sohasida qabul qilgan har bir qarorini "o'z-o'ziga tayanish" intilishidan kelib chiqib olingan, deb ayta olmayman. Lekin boshqa mamlakatlar bilan aloqalarida bu kabi qarash ko'plab narsalarga oydinlik kiritadi", deydi Bernardo Teles Fazendeyro.
"Mamlakat o'zini bir etnik guruh yetakchilik qilayotgan davlat sifatida emas, hududiy birlik sifatida tadqim qilib keladi. Ma'naviyat sohasida o'zbek madaniyati, ahloqi, qadriyatlari haqida so'z ketsa ham, tashqi dunyoda mamlakat koservativ va kengayishlardan tiyiluvchi hududiy davlat sifatidagi rolini targ'ib etadi. Masalan, 1990 yillar boshlarida Afg'onistonlik general Do'stum "biz o'zbeklarmiz", deya yordam so'ragan vaqti prezident Karimov bu kabi ohangni qabul qilmay, "balki o'zbekdir, lekin O'zbekiston fuqarosi emas", deya rad etgandi".
"O'zbekiston Rossiyaning xorijdagi ruslar manfaatlarini himoya qilish siyosatini hamisha xavfli deya ko'rib kelgan", deydi tadqiqotchi.
Unga ko'ra, O'zbekistonning 2010 yil O'sh qonli hodisalariga munosabati ham huddi ana shu kabi yondoshuvdan kelib chiqqandi.
Marhum Karimov tomonidan aynan bu kabi tashqi siyosatning tanlanishi ortida qanday sabablar yotadi? Eng avvalo o'zi va mavqeini saqlab qolish istagimi?
"Islom Karimov hamisha konservativ siyosatchi bo'lib kelgan. Shuning uchun Sho'rolar Ittifoqi qulaganidan so'ng ba'zi hududlarda quloch yoygan millatchi g'oyalar targ'ib qilina boshlansa, bu o'z navbatida xavfli jarayonlarni keltirib chiqarib, Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarining keskin o'zgarishiga olib kelishi mumkinligini sezgan. Vaholanki, O'zbekiston o'zining hududiy birlik sifatida taqdim qilishga uringan ekan, bu narsa barqarorlikni ustuvor faktor qilib ko'rsatayotgan rahbariyatga umuman kerak emas edi".
Boshqa tomondan, Bernardo Teles Fazendeyroning aytishicha, 90-yillarda "Erk" va "Birlik" kabi muxolif kuchlar Turkiya doxil Markaziy Osiyo xalqlari orasidagi birodarlik va yaqin hamkorlik haqidagi g'oyalar haqida gapirgan vaqtlari Islom Karimov bu g'oyalardan o'zgacha g'oyani ilgari surish maqsadida ularni xavfli, deya o'zini olib qochgan.
Demak, Islom Karimovning tashqi siyosatini oddiy qilib aytganda "o'z kichik uyingda tartibni saqlab, kengroq jahondagi jarayonlardan uzooqroq tur" qabilida talqin qilsak bo'ladimi?
"Huddi shunday. Sho'rolar Ittifoqi davrida qayta qurish va oshkoralik davridagi Karimov amallariga nazar tashlasangiz, uning mavqei hamisha mavjud vaziyatni saqlab qolish tarafdori bo'lganligini ko'rishingiz mumkin", deydi olim.
"Janob Karimov xalqaro sahnada mamlakat imijini himoya qilish yo'lida faqatgina ba'zida "tajovuzkorroq" bo'lganligini kuzatganmiz. Lekin bu tajovuzkorlik ko'pda aks natijani olib kelgan. Masalan, ba'zida janob Karimovning sabri tugab, jurnalistlar, yoki hatto boshqa davlat rahbarlariga (2015 yili MDH sammitida Almazbek Atambaevga kabi) "nasihat" qilishga tushgan vaqti bu holat tashqi dunyoda yaxshi qabul qilinmagan va O'zbekiston obro'siga ijobiy ta'sir ko'rsatmagan".
Huddi shu ma'noda Ovrosiyo g'oyasi, turkiy xalqlar birdamligi g'oyalari yoki qo'shma harbiy ittifoqlar g'oyalari O'zbekiston rahbariyati tomonidan rad etib kelingan.5