Kurs ishining predmeti: Amir temur davlatining tashkil topishi va harbiy yurishlarining uslubiy asoslarini o’rganish.
Kurs ishining maqsadi: Amir temur davlatining tashkil topishi va harbiy yurishlarini tatbiq etish.
Kurs ishining vazifalari:
1. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi.
2. Amir Temur davlatining tashkil topishi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Ishning nazariy ahamiyati shundaki, undagi g’oyalar, taklif-tavsiyalardan Amir Temur faoliyatining maxsus ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, asosiy qism, 4 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I bob. Sohibqiron Amir Temurning davlatining tashkil topishi
1.1. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi.
XIV asr o‘rtalarida Chingizxon egallab olgan yerlar uning merosxo‘rlari taxt, hokimiyat uchun o‘zaro nizolar kuchayib ketgan edi. 1348 yilga kelib Sharqiy Turkiston yerlarida Mo‘g‘liston feodal davlati tashkil topdi, uning xoni etib Chig‘atoy avlodidan Tug‘luq Temur ko‘tarildi. Tug‘luq Temur dastlabki davrlardanoq o‘z yerlarini kengaytirish maqsadida Movarounnahr yerlariga bir necha harbiy harakatlar uyushtirdi. Mana shunday ichki o‘zaro urushlar avj olib, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy inqiroz kuchayib borgan davrda tarix maydoniga mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda nom chiqargan buyuk sohibqiron, mohir sarkarda Amir Temur kirib keldi.
Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida Barlos beklaridan Muhammad Tarag‘ay oilasida 1336 yil 8 aprelda (hijriy 736 yil 25 sha'bon seshanba) dunyoga kelgan. Uning otasi Tarag‘ay bahodir Qashqadaryo vodiysidagi barlos urug‘ining boshlig‘i bo‘lib, Xoja ilg‘or qishlog‘idan edi. Onasi esa Takina Moh begim bo‘lgan.
Amir Muhammad Tarag‘ay avvalo komil musulmon va bahodir jangchi bo‘lgan. U o‘z zamonasining obro‘li, e'tiborli, ziyoli o‘ziga to‘q shaxslaridan bo‘lgani uchun Temur yoshligida oilasida yaxshi ta'lim va tarbiya ko‘rgan. Ko‘pchilik adabiyotlarda ataylab uni “savodsiz”, faqat “qonxo‘r”, “zolim” shoh sifatida tasvirlanishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi2.
Amir Temur 12 yoshidan boshlab bolalarga xos bo‘lgan ermak o‘yinlardan voz kechib, sipohiylikka oid o‘yinlar bilan shug‘ullandi.
Temur 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va shikor qilish san'atini mohirona egallaydi va 20 yoshida esa abjir chavandoz bo‘lib yetishadi. Endi u o‘z tengqurlarini guruhlarga bo‘lib, jang mashqlarini o‘tkaza boshlaydi.3
Amir Temurning amakisi hoji Barlos Kesh shahrining hokimi edi. Temur yoshligidanoq harbiy mahoratga ega shaxs bo‘lib, u o‘z atrofiga barlos urug‘idan chiqqan yosh jangchilarni to‘plagan edi. 1360-1361 yillarda Tug‘luq Temur hyech qanday qarshiliksiz Movarounnahr yerlariga bostirib kirganida Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Vatanparvarliq milliy g‘urur va iftixor hissiyoti kuchli bo‘lgan yosh Temur esa amakisi hokimlik qilib turgan yerlarini dushman qo‘liga bermaslik uchun Tug‘luq Temur xizmatiga kiradi va tez orada uning ishonchini oqlab, Kesh viloyati yerlariga hokimlik qilish uchun yorliq oladi.
Amir Temurning bu ishi Movarounnahrda siyosiy tarqoqliq o‘zaro kurashlar va boshboshdoqlik hukm surgan davrdagi birdan-bir to‘g‘ri yo‘l edi. Chunki Movarounnahr amirlarining Tug‘luq Temurga qarshi bosh ko‘tarib chiqishi mug‘ul bosqinchilarining Movarounnahr yerlarini yana bir bor vayron etishiga olib kelishi muqarrar edi.
Tug‘luq Temur 1361 yilda Movarounnahr yerlarini boshqarishni tajribasiz o‘g‘li Ilyosxo‘jaga topshiradi. Lekin Temur Ilyosxo‘jaga xizmat qilishdan bosh tortib, o‘sha vaqtda Balx hokimi bo‘lib turgan Amir Qozog‘onning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq to‘zadi. Temur o‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida mo‘g‘ullarga qarshi kurash boshlaydi. Mahalliy hokimiyat uchun bo‘lgan janglarning birida, aniqrog‘i Seyistonda turkmanlarga qarshi bo‘lgan janglarda o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘idan yaralanib bir umrga oqsoq bo‘lib qoladi.
1363 yilda Tug‘luq Temurning vafoti Movarounnahr uchun bo‘lgan kurashlarni kuchaytirib yuboradi. Lekin mo‘g‘ul bosqinchilari osonlikcha Movarounnahr yerlarini bermasliklari ma'lum edi. Shu munosabat bilan Amir Temur va Tug‘luq Temur vafotidan so‘ng Movarounnahrdan haydalgan Amir Husaynning birlashgan qo‘shinlari 1365 yilda Ilyosxo‘ja qo‘shinlariga qarshi ittifoqlikda kurash boshlaydilar. Toshkent va Chinoz oralig‘ida bo‘lgan mashhur «loy jangi» ittifoqchilar o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli mag‘lubiyat bilan tugaydi. Ushbu voqyealardan so‘ng Amir Husayn va Amir Temur o‘rtasida dastlabki ixtilof boshlanadi. «Loy jangi»da g‘alabaga erishgan Ilyosxo‘ja uchun Movarounnahrga keng yo‘l ochilgan edi.
U katta qo‘shinlar bilan Samarqandga yurish boshlaydi. Bu paytda Samarqanddagi Mavlonzoda va Abu Bakr boshliq sarbadorlar Ilyosxo‘jaga qarshi chiqadilar. Mahalliy aholining vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatib qarshilik qilganliklari tufayli Samarqandni bir oz qamal qilib turgan mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounnahrni butunlay tark etishga majbur bo‘ladilar.
Movarounnahrda mo‘g‘ullar ustidan qozonilgan g‘alaba haqida xabar eshitgach, Amir Temur va Amir Husayn Movarounnahrga yo‘l olib Samarqand yaqinidagi Konigil degan joyda sarbadorlarning rahbarlari bilan uchrashadilar. Bu uchrashuvda o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, sarbadorlarning rahbarlari hiyla yo‘li bilan o‘ldiriladi. Movarounnahrda Samarqand taxtini Amir Husayn egallab, uning hukmronligi tiklanadi. Shu vaqtdan boshlab Amir Husayn va Amir Temur o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashib ketadi.
Bu vaqtga kelib butun Movarounnahr yerlarida o‘zaro urushlardan so‘ng ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og‘irlashib ketgan edi. Mana shunday bir vaqtda, mamlakatda o‘zaro urushlarga barham beradigan markazlashgan davlat tizimini barpo etish nihoyatda zarur edi. Buni birinchi bo‘lib anglagan Amir Temur Amir Husaynga qarshi zimdan kurash olib borib 1370 yilda Movarounnahr taxtini egallashga muvaffaq bo‘ladi.4
Vatan haqida qayg‘urish, Vatan mustaqilligini tiklash haqidagi fikrlar shu yillar yuzaga chiqib, Amir Temur Balx shahrida chaqirilgan qurultoyda Movarounnahrning amiri deb e'lon qilinadi.
Biroq mamlakatda ahvol og‘ir edi. Movarounnahr hududi hali mo‘g‘ul istilochilaridan batamom xalos bo‘lmagan, qashshoqlikka mahkum etilgan mehnatkash xalq og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Amir Temur taxtga o‘tirgach, birinchi harakatni mamlakatni mo‘g‘ul istilochilaridan ozod qilib, mustaqil markazlashgan davlatni barpo qilishga qaratdi. Mamlakatni boshqarishda yangi va mukammal tartib qoidalar joriy qildi.
1370 yildayoq Amir Temur Samarqand shahar devorini qurdirishga kirishadi. Shuningdek, qo‘rg‘on va saroylar bino qildiradi. Bu qurilishlar mo‘g‘ullar istilosidan 150 yil keyingi birinchi qurilishlar edi.
Dostları ilə paylaş: |