I bob. Ta`Lim sohasiga psixologik xizmatning kirib kelishi



Yüklə 83,67 Kb.
səhifə6/14
tarix05.07.2023
ölçüsü83,67 Kb.
#135706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-mavzu

EKSPERIMENT METODI: Bu metod boshqa fanlardagi kabi, psixologiyada ham asosiy metod bo`lib hisoblanadi. Tadqiqotchi eksperimentini qo`llash natijasida o`ziga zarur bo`lgan psixik jarayonni ataylab vujudga keltirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Psixik jarayonlar tashqi stimullarning ko`p sonli xususiyatlari bilan aniqlanadi. Ma`lum qonuniyatni aniqlab olish uchun bir emas, bir qancha tekshiriluvchilar bilan eksperiment o`tkazish kerak. Agar tekshiriluvchilar oz bo`lsa, eksperiment natijalari ishonchli bo`lmaydi. Bundan tashqari. Eksperimentni tashkil qilishda tekshiriluvchilarni tanlash muhim ahamiyat egadir. Tekshiriluvchilarni tanlashda eng oldin ularning yoshini, psixologik xususiyatlarini va eksperiment natijalariga ta`sir qilishi mumkin bo`lgan tomoni o`quvchining ilgari shu eksperimentda qatnashgan yoki qatnashmaganligini hisobga olish zarur.
Eksperiment o`tkazganda, tekshiruvchi tajriba bayonini tuzishi kerak. Bayonnomada tekshiriluvchi haqida umumiy ma`lumot, eksperimentni boshlash va tamomlash vaqti, eksperimentning nomi, eksperiment ma`lumotlari, eksperiment vaqtida tekshiriluvchining holati, tekshiruvchining qo`shimcha ogohlantirishi, tekshiruvchining familiyasi aks ettirilishi kerak. Yuqorida bayon qilingan tarzda o`tkaziladigan eksperiment laboratoriya eksperimenti bo`ladi. Laboratoriya eksperimenti ba`zi kamchiliklardan xoli emasdir. Bu kamchiliklar asosan tekshiriluvchiga tabiiy sharoitdan farq qiladigan laboratoriya-xonaning, priborlarning, tajriba o`tkazuvchining g`ayri tabiiy ta`sir ko`rsatishidir. Laboratoriyada o`tkaziladigan eksperimentning kamchiligi yana shundaki, xamma psixik jarayonlarning ifodalanishini laboratoriya eksperimenti sharoitida modellashtirib bo`lmaydi. Bunday holat shaxsning turli xususiyatlariga, ayniqsa, xarakter xususiyatlariga taalluqlidir.
Laboratoriya eksperimentining kamchiliklari tabiiy eksperiment yordami bilan bartaraf qilinadi. Tabiiy laboratoriya eksperimentidan tajribalarning tabiiy sharoitda o`tkazilishi bilan farq qiladi (o`yin, dars, mehnat faoliyati va hokazo). Tabiiy eksperimentning asosiy tomoni tekshiriluvchilarga beriladigan vazifalardir. Vazifalar faoliyat samaralarini o`rganish va kuzatish jarayonida xal qilinadigan taxminiy o`rganish natijasida paydo bo`ladi. Har holda, chegaralangan bo`lsa ham, laboratoriya eksperimentida texnika vositalari ham qo`llaniladi. Tabiiy eksperimentning alohida ko`rinishi psixologik-pedagogik eksperimentdir. Bu metodning eng asosiy xususiyati tekshiruvchiga maxsus tayyorlangan o`qitish va tarbiyaning ta`siri natijasidir. Oldin shaxsning ma`lum xususiyatlarining psixik jarayonlar tomonidan rivojlantirishning darajasi qayd qilinadi. So`ngra o`rganilgan shaxs xususiyatini o`zgartiradigan, ularga tarbiyaviy ta`sir qiladigan o`qitish jarayoni amalga oshiriladi.
Pedagogik eksperimentning oxirgi bosqichi shaxs xususiyatining yangi darajasini aniqlashdir (diagnostik eksperiment). Shunday qilib, psixologik-pedagogik eksperiment o`tkazish, o`qitish va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlarida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni aniqlash imkoniyatini beradi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakka, psixologik-pedagogik eksperimentning mohiyati o`quvchilarni shaxsan hamda bevosita o`qitish va tarbiyalash jarayonida tekshirish predmeti bo`lgan psixik xususiyati aktiv tarkib toptirish jarayonida o`rganishdan iboratdir.

Yüklə 83,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin