I-bob. Umumta'lim maktablarida tasviriy san'at turlari va janrlari


II-BOB O'QITISH PED TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH



Yüklə 45,3 Kb.
səhifə4/7
tarix31.03.2023
ölçüsü45,3 Kb.
#91874
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi

II-BOB O'QITISH PED TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH
2.1 Maktabda tasviriy san’at mashg’ulotlarining turlari

Tasviriy san’atdan davlat ta’lim standartlarida qayd qilinganidek, bolalarga san’atshunoslik asoslaridan quyidagilar haqida bilimlar berishni nazarda tutadi:


1.Tasviriy san’at - san’atning bir turi ekanligi va uning kishilar hayotidagi o’rni va ahamiyati. O’zbekiston xududida tasviriy san’atning taraqqiyoti (Afrasiob, Varaxsha, Tuproq qal’a v.b. joylardan topilgan tasviriy san’at namunalari). Tasviriy san’atning turlari (rangtasvir,grafika, haykaltaroshlik) va janrlari (manzara, turmush, natyurmort, portret, tarixiy, batal, animal, afsonaviy, marina). Rangtasvir turlari - dastgohli rangtasvir, monumental rangtasvir, miniatyura rangtasviri. Rangtasvir texnikasi - freska, mozaika, vitraj.
2. Haykaltaroshlik turlari - dastgohli haykaltaroshlik, dekorativ haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik; relьef (barelьef, gorelьef); yumaloq haykallar.
3. Grafika turlari-dastgohli grafika, estamp, plakat, kitob grafikasi; gazeta-jurnal grafikasi; targ’ibot va tashviqot grafikasi; etiketka, upakovka, v.b.
4. Movaraunnahr miniatyura maktabi; SHarq miniatyura maktablari. Yevropada Uyg’onish davri tasviriy san’ati; O’zbekistonning hozirgi zamon tasviriy san’ati; Jahonning hozirgi zamon ilg’or tasviriy san’ati; jahon tasviriy san’atidagi asosiy oqimlar; dunyoning eng yirik tasviriy san’at muzeylari; O’zbekistonning eng yirik tasviriy san’at muzeyi. Jahonga mashhur eng buyuk rassomlarning hayoti va ijodi (Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, O’rol Tansiqboev, CHingiz Axmarov v.b.).
Naturaga qarab rasm ishlash mashg’ulotlari narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlari, ularning xarakterli, tipik belgilarini bilish imkonini beradi. SHu orqali bolalarda kuzatuvchanlik, xotira, estetik did, obrazli tafakkur kabi eng muhim tasviriy malakalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Ular tik, yotiq, og’ma, egri, to’lqinsimon chiziqlarni chizish, bo’yoqlar bilan tegishli yuzani bir meyorda bo’yash, och tusdan to’q tusga va aksincha to’qdan ochga o’tish, o’quvchilar to’g’ri va egri chiziqlarni teng bo’laklarga bo’lish malakalarni o’zlashtiradilar. CHizilayotgan rasm mazmunidan kelib chiqqan holda qog’oz formatini to’g’ri tanlashni hamda rasmni qog’ozda kompozitsion jihatdan to’g’ri joylashtirishni o’rganadilar. SHuningdek, rasmni bosqichlar asosida ishlashni o’zlashtiradilar.
Naturaga qarab rasm ishlash mashg’ulotlarida o’quvchilar mo’yqalam, rangli qalamlar, akvarel, guashь bo’yoqlari bilan ishlash yo’llarini o’rganadilar, imkoni bor joylarda ko’mir (ugolь), sous, pastel, sangina kabi materiallar bilan ham ish olib boradilar.
Amaliy ishlarda odam, hayvon, qushlar gavdasining tuzilishi, ular qismlarining o’lchov nisbatlari, shakllarini to’g’ri aks ettirish malakalari takomillashtiriladi. Yorug’soya, rangshunoslik, perspektiva, kompozitsiya yuzasidan nazariy ma’lumotlar berish bilan bir qatorda o’ziga qarab alohida va natyurmort ishlash yuzasidan amaliy ishlar bajariladi.
Tasvirlash jarayonida naturani tahlil qilish, ularning qismlarini bir-biri bilan taqqoslash, umumlashtirish kabilar rasm ishlovchining e’tibor markazida bo’ladi. Bunda, ayniqsa, chiziqlar ravonligi, ranglarning nafis va mutanosibligi, ifodalangan go’zallikni zehnlab tasvirlay olishga alohida e’tibor beriladi.
Yuqorida qayd qilingan vazifalar 1-2 soat davomida va qisqa muddatda (5-10 daqiqa) bajariladigan qoralama va ranglamalar shaklida bajariladi. Bu ishlar alohida mavzu asosida yoki mashg’ulot mazmunidan kelib chiqqan holda darsning boshlanish, o’rta yoki oxirida amalga oshiriladi. Yuqorida qayd qilingan vazifalar va topshiriqlar o’simlik va daraxt barglari, turli shakl va rangdagi gullar, meva va sabzavotlar, hunarmandchilik va amaliy san’at buyumlarini alohida va to’p holda natyurmort tarzida rasmini chizdirish orqali amalga oshiriladi.
Naturaga qarab bajariladigan topshiriqlar qush, hayvon, odam tasvirlarini to’la yoki xomaki rasmini ishlashni ham nazarda tutadi.
Boshlang’ich sinflarda ko’proq bolalarning tasviriy imkoniyatlariga mos keladigan bayroqcha, soat, havo shari, o’yinchoq mashinalar, ninachi, kapalak, tilla qo’ng’iz kabi hashoratlarni rasmini ishlash nihoyatda qo’l keldi. Bunday mashg’ulotlar uchun natura tanlashda o’qituvchi, ularning estetik ko’rinishiga, shakl, rang jihatidan bolalarda qiziqish uyg’otadigan bo’lishligiga o’z e’tiborini qaratadi.
Eskiz-bu kartina loyihasi, asar ishlash jarayonidagi birinchi bosqichdir. Es- kizda mato o`lchami, gorizont balandligi aniqlanadi. Asarning yanada jonli, maz- munli chiqishi uchun eskiz bir necha variantlarda ishlanishi kerak. Unda ob`ekt- larni, predmetlarni, figuralarni to`g`ri joylashtirish, g`oyaviy echimini aniq toppish lozim. Ishlanmada ortiqcha figuralar, umuman, ortiqcha narsalar bo`lmas- ligi kerak. Chunki ular asarning g`oyaviy mazmunini ochib bertishga to`sqinlik qiladi
Birinchi qarashdanoq mazmunini, g`oyasini tushinsa bo`ladigan eskiz mu- kammal eskizdir. Aynan mana shunday taasyrot qoldirishga intilish kerak.
Rangli eskiz ustida ustida ishlash jarayonida koloritni to`g`ri tanlay olish lozim. Chunki u chizilayotgan narsalarni hayotiy qilib ko`rsatishga, mavzu maz- munini ochib berishga yordam beradi. Ob`ekt va narsalarga o`ylamayn turib rang berish noto`g`ridir.
Kartinaga etyud ishlashdan avval, eskizdagi kompazitsion echim, figuralar holati, ularning xarakteristikasi, haqmda voqea sodir bo`layotgan muhit topilgan bo`lishi kerak. Buni bajarish uchun esa asarda mos keladigan tipaj, yorug`lik tanlanadi.
Kartinadagi voqea sodir bo`layotgan joy qayisi holat, muhitga tasvirlansa, etyudlar ham xuddi shu sharoit va yorug`likda ishlanishi lozim.
Mashhur rassom, Surikov, agar do`zaxdagi gunohkorni chizish kerak bo`la- digan bo`lsa, o`zi ham naturani ham olov ustiga o`tirg`izib ishlashni aytib o`tgan edi. Ma`lumki, u qishda “Telba” asariga etyud ishlash uchun, oyoqyalang naturani qorga o`tqizib chizgan edi.

2.2 Mashg’ulot turlarining vazifalari




Kompozitsion faoliyat o’z mazmuniga ko’ra uch qismga bo’linadi. 1. Rangtasvir kompozitsiyasi. 2. Dekorativ kompozitsiya. 3. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
Kompozitsion faoliyat o’quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatni, o’z fikr va taassurotlarini rasmda obrazli qilib tasvirlash hamda badiiy didni o’stirishni maqsad qilib qo’yadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg’ulotlari tevarak-atrofdan olingan ko’rinish va hodisalarni uning barcha janrlarida (manzara, turmush, natyurmort, tarixiy, animalistik, afsonaviy, marina) amaliy ishlar shaklida bajarishni nazarda tutadi. Bu amaliy ishlar bevosita yorug’soya, rangshunoslik, perspektiva yuzasidan olib boriladigan nazariy bilimlar bilan bog’liq holda amalga oshiriladi. Bunday amaliy mashg’ulotlarda bolalar naturani kuzatish, (qoralama, ranglama, uzoq davom etadigan rasm ishlash) xotiradan, tasviriy san’at asarlaridan olgan bilim va malakalarga tayangan holda ish olib boradilar. O’quvchilar tanlangan mavzuga ko’ra uning elementlarini qog’oz yuzasida bir-biriga bog’liq holda joylashtirish, yaxlit kompozitsiyani hosil qilish, mavzu mazmuniga mos keladigan kompozitsiyani topish uchun bir qancha xomaki ishlar, eskizlar ishlaydilar. Kompozitsiya tuzishda bolalar obrazlarning tipik belgilarini tanlab olib, qismlarning o’rnini almashtirib, qo’shimcha detallar kiritish orqali kompozitsiya mazmunini boyitish kabilarga alohida e’tibor beradilar. Unda kompozitsiyaning bir butunligi, qismlarni, shakllarni, ranglarni xillashtirish va ular o’rtasidagi bog’lanish va kontrastlik, asardagi hamma vositalarning bosh g’oyaga bo’ysindirish kabi qonun va qoidalar hisobga olinadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi darslarida o’quvchilar bo’yoqlar bilan tasvirlash, tasvirda asosiyni bo’rttirib ko’rsatish, tasvirda uzoq-yaqinlikni ifodalashda perspektiva qoidalariga amal qilishni o’rganadilar.
Dekorativ kompozitsiya mashg’ulotlarida badiiy-bezak ishlarida foydalaniladigan yo’lsimon, kvadrat, to’rtburchak, doira naqshlar, ochiq va yopiq naqshlar, nomoyon naqsh namunalaridan ko’chirish va mustaqil ijodiy ishlarni o’rganadilar. Bu ishlar bevosita buyum bezagi bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.

Yüklə 45,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin