I-bob. Umumta'lim maktablarida tasviriy san'at turlari va janrlari


I-BOB. UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT TURLARI



Yüklə 45,3 Kb.
səhifə2/7
tarix31.03.2023
ölçüsü45,3 Kb.
#91874
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi

I-BOB. UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT TURLARI
VA JANRLARI

    1. Tasviriy san’at mashg’ulotlari mazmunini davlat ta’lim standarti bilan bog’liqligi

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at o’quv predmetining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan va ta’limning davlat standartlariga asoslangan holda ta’lim mazmuni aniqlanadi. Tasviriy san’at dasturida uning quyidagi besh turi belgilangan:


1. Borliqni idrok etish (1-4 sinflarda).
2. Badiiy qurish-yasash (1-4 sinflarda).
3. San’atshunoslik asoslari (5-7 sinflarda).
4. Naturaga qarab tasvirlash (1-7 sinflarda).
5. Kompozitsion faoliyat (1-7 sinflarda).
Borliqni idrok etish o’quvchilarning estetik idroki, didi, mazkur sohaga doir tushunchalari, tasavvur va xotiralarni o’stirishda muhim rolь o’ynaydi. Borliqni idrok etish mashg’ulotlari odatda mavzuli kompozitsiyalarni bajarishdan oldin o’tkazilib, unda tabiatdagi va tevarak-atrofdagi nafislik va go’zallikni ko’ra bilish, idrok etish natijasida olingan tassurotlardan amaliy badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalanish nazarda tutiladi. SHuningdek, tabiatga qilingan sayohat jarayonida zarur hollarda ayrim ob’ekt va hodisalarni qalam, bo’yoq va boshqa badiiy materiallar yordamida xomaki rasmlari ham ishlanadi.
Bunday darslarda bolalar sinf va sinfdan tashqarida o’simliklar, hayvonlar, qushlar, baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko’rinishlari, kafiyati (quvonchli, g’amgin, o’ychan va hokazo) haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Boshlang’ich sinflarda borliqni kuzatish va ular haqidagi suhbatlar o’quvchilarga hayotdagi ba’zi bir hodisalarni kengroq bilib olishga yordam beradi. U narsalarning shakli, tuzilishi, rangi kabilarni ma’lum miqdorda tahlil qilish va umumlashtirishdek muhim sifatlarni o’stirishga ham imkon beradi.
Tabiat va borliqni kuzatish jarayonida bolalarni uni sevishga, asrashga o’rgatiladi. Tabiatga qilingan sayohatlarda ularning ayrim jihatlari fasllarga bog’liq holda o’zgarib turishligi bolalarga tushuntiriladi. SHuningdek, bunda bolalarni fazoziy tasavvurlari ham o’stiriladi va planlik, chiziqli va havo perspektivasiga qam e’tibor beriladi. Borliqni kuzatish bevosita tasviriy ijodiy faoliyat bilan bog’liq ekanligi, borliqni bilmasdan turib sifatli tasviriy ishlarni bajarish mumkin emasligi bolalar ongigi yetkaziladi.
Borliqni idrok etish mashg’ulotlarini vazifalariga rioya qilgan holda quyidagi mazmunda mashg’ulotlar o’tkazish nazarda tutiladi:
1. Kuz, qish, bahor fasllarida tabiatni o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish;
2. Gullar, hashoratlar, dekorativ baliq va qushlarni kuzatish:
3. Tabiat mo’’jizalari, bahorgi va kuzgi ishlar bilan tanishish v.b.
Yuqorida qayd qilinganidek, bunday mashg’ulotlardan maqsad bolalarni borliqni bilish, undagi narsa va hodisalarni o’ziga xos xususiyatlarini, ayniqsa, tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlari, o’lchov nisbatlari, fazoviy holatlari, ularni yil fasllariga qarab o’zgarishlarini anglab yetishlariga erishishdan iboratdir. O’rganish zarur bo’lgan ob’ektlarni naturadan kuzatishning imkon bo’lmagan taqdirda o’qituvchi darsda bolalarni san’at asarlarining reproduktsiyalari, slaydlari, foto nushalarini namoyish etish orqali o’z maqsadiga erishadi.
Boshlang’ich sinf tasviriy san’at darslarida o’quvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini oshirish va rassomchilikda ishlatiladigan turli materiallar bilan kengroq tanishtirish maqsadida badiiy qurish-yasash ishlari ham olib boriladi.
Tasviriy faoliyatning bu qiziqarli turi uchun dasturda alohida soatlar ajratilgan bo’lib, ular mashg’ulotlar mazmunini yanada boyitadi. Qurish-yasash uchun asosan uch xil materiallardan foydalanish nazarda tutiladi:
1.Badiiy materiallar (rangli qog’ozlar, folьga, gulqog’ozlar, plastilin, loy v.b.).
2.Tabiiy materiallar (daraxt barglari, shoxlari, ildizlari, po’stlog’lari, meva va sabzavotlarning urug’lari, rangli toshchalar, bug’doy va arpa poyalari v.b.).
3.Tashlandiq materiallar (ichimlik va dori darmondan bo’shagan sintetik idishlar, gugurt qutichalar, po’kak, penoplast, idish qopqoqlari) v.b.
Badiiy qurish-yasash mashg’ulotlarida bolalarni qaychi bilan ishlash, kley yordamida yelimlash, qog’ozlarni narsalar shakliga mos holda buklash, o’rash, ayrim badiiy tashlandiq va tabiiy materiallarni bir-birlariga yaqinlashtirish, qo’shish orqali tasvir yaratish kabi malakalar hosil qilinadi. Bu malakalarni hosil qilish boshlang’ich sinflar dasturida bir qator topshiriqlarni bajarishni nazarda tutadi. Ular quyidagilardan iborat:
Turli shakldagi qalamdon, quticha, havo shari, bayroqcha, choynak, lagan, mashina, samolyot, raketa va shu kabi narsalarni rangli qog’oz va kartondan tasvirini yasash; hashoratlar - tilla qo’ng’iz, ninachi, kapalak v.b.larni rangli qog’ozlarni qirqish orqali hosil qilish; rangli qog’ozlarni qirqish, buklash va yelimlash yo’li bilan osma o’yinchoqlar tayyorlash; tabiiy materiallar yordamida baliq, hashorat, qush, hayvonlarning tasvirlarini hosil qilish; rangli qog’oz, badiiy va tashlandiq materiallardan applikatsiya, kollaj, papьe-mashьe, aralash usulda mazmunli kompozitsiyalar (masalan, "Ko’chada", "Kosmodromda",) ishlash; tashlandiq materiallar - sim, ip, kanop, gazlama parchalari, plasmass idishlar, gugurt qutichalari, po’kak, penoplast, idish qopqoqlari yordamida uncha murakkab bo’lmagan transport (qayiqcha, pirpirak, mashina, traktor v.b.), qushlar (qaldirg’och, to’ti, g’oz, chumchuq, laylak, o’rdak, sa’va v.b.), hayvonlar (tulki, bo’ri, quyon, ayiq, yo’lbars, it, sher v.b.) ning o’yinchoq tasvirlarini ishlash; quritilgan barglar, rangli qog’ozlar, shoxlar yordamida ochilgan gul, gullagan daraxt shoxchasi tasvirini tayyorlash v.b.
Tasviriy sanatda natyurmort, manzara, maishiy, portret, tarixiy, nimal, (ya`ni hayvonot olamiga oid) afsonaviy, dengiz navislik, nyu, interyer janrlari mavjud janr rassom nimani tasvirlayotganligiga qarab belgilanadi. Masalan, asarlarda jonsiz narsalar tasvirlansa (natura) “Natyurmort ”, odam rasmi ishlansa, ular “Por- tret”,tabiat va shahar ko`rinishlari tasvirlansa “Maishiy” janriga xos bo`ladi.Yoki tarixiy voqealarni tasvirlash “Tarixiy ” janr, hayvonlarni tasvirlash “Animal”janr deb yuritiladi. “Animal” janri lotincha “anima” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, hay- von ma`nosini anglatadi.
Har bir janr o`z o`rnida yana bir qancha janrlarga bo`linishi mumkin. Masa- lan, manzara janrini tabiat manzarasi janri, shahar manzarasi janri, industrial-sanoat binolari ko`rinishi manzarasi janriga yoki portret janrini tantanavorlik, ishqiy, gruhli janrlarga bo`lish mumkin.
Vaqt o`tishi bilan janrlar tabaqalashib, mustaqil tus olishi ham mumkin. Masalan manzara janridan dengiznavislik,tarixiy janridan batal, manzara janridan interer ajralib chiqqan.
Natyurmort janri. “Natyurmort” so`zi frasuscha bo`lib “jonsiz narsalar (natura)” ma`nosini anglatadi. Bu janrdan asosan rangtasvir va grafika asarlarida keng qo`llaniladi. Tasviriy san`atning bu janrida gullar, mevalar va sabzavotlar qushlar,baliqlar oziq-ovqatlar, turli predmetlar aks ettiriladi. Natyurmort4 mustaqil janri sifatida XV –XVI asrlarda Gollandiya va Ispaniyada paydo bo`lgan.
Natyurmortning ikki xili mavjud .Birinchisi mustaqil ravishdagi natyurmort bo`lsa, ikkinchisi yordamchi yoki to`ldiruvchi natyurmortdir. Natyurmortning birinchi turida faqt natyurmort tasvirlansa, ikkinchi turida natyurmort bironta portret yoki maishiy janrdagi tasvirda qo`shimcha detal sifatida ishlangan bo`ladi.
Natyurmortning xarakterli xususiyati – uning hayotdan, go`zallikdan zavqla- nishga yo`naltirilganligidadir. Bu fazifani rassom gullar, meva – sabzavotlar, oziq-ovqatlarni turli ko`rinish va ranglarda ifodalab, kishilarning his-hayajonini uyg`o- tish orqali bajariladi.
Natyurmortning turli millat va elatlarning turmush tarzi haqida ma`lumotlar berishi ham o`ta muhimdir. Mutaxasislar natyurmortning kishilarga ikki xil ta`sirini qayd qilishadi. Birinchisida, natyurmort kishilarni go`zallika oshno etib ,ularni hayotdan zavqlanishga chorlaydi.Agarda u meva-sabzavot va oziq-ovqatlar tasviridan tashkil topgan bo`lsa, tomoshabinga yaxshi kayfiyat va ishtaha baxsh etadi.
Ikkinchisida natyurmort o`zi haqida emas, balki u bilan bog`liq shaxs uning egasi haqida ma`lumot beradi. Bunday natyurmortlarda kishilar aks etmasa-da,biroq uning didi, ishtimoiy mavqey ifodalanadi.
Natyurmortlarning bu ikki xili yaxlit holda ifodalanishi ham mumkin. Bu janrlarda ijod qilgan rassomlardan J.Sharden, F.Snayders, I.Mashkov, P.Koncha-lovskiy, L.Salimjonovlar katta shuhrat qozonganlar.
Agar insonda xoxish – istak qattiq bo`lsa, atrofdagi barcha narsalarni aniq ko`chirib chizishni o`rganish mumkin. Ammo borliqni faqatgina ko`chirib chizish, bu rassom bo`ldim degani emas.
Kompazitsiyani o`rganish yosh rassomdan ko`p harakat, tinimsiz izlanish talab qiladi. Donolar aytganidek, yurgan qir oshar singari.
Rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, haykaltaroshlar ijod jarayonida o`z fikr, hissiyotlarini turlicha: yozuvchilar-o`tkir so`z, bastakorlar- ohang uyg`unligi, rassomlar chizgi, shakl, rang orqali ifodalaydilar.
Rassom bio`lish qiyin. San`at insondan butun umrga o`zini baxshida etishni talab qiladi. Ichki ijodiy ruh rassomni bir daqiqaga ham tark etmaydi, doimo unga hamroh bo`ladi. U na dam olish kunlarni, na ta`til biladi. Rassom ko`chadami, tramvaydami,odamlar bilan gaplashayotgandami yoki tabiatni kuzatayotgandami, qaerga bo`lishidan qat`iynazar ijod qilishdan to`xtamydi. Xuddi mehnatsevar asalareidek doimo va hamma erda o`zining bo`lajak asarlari uchun material to`plab yuradi.
Ish jarayonida rassom zarur bo`lganda anchadan beri yig`ib kelingan kuza- tuvlari va ta`surotlaridan o`ziga kerakligisini ajratib oladi. Ani paytda bu bo`lajak asar materiali hisoblanuvchi obrazlardir.
Kartinaning yaxshi yoki yomonligini har kim o`z fikrlash doirasidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. Lekin asar kompazitsiyasining qandayligini faqat yaxshi mutaxasis yoki san`at shunos ayta olishi mumkin. Ular asarning nimasi yaxshi-yu, nimasi yomonligi, kamchiliklari yoki xatolari yillar davomida ortirib kelgan ijodiy tajribasidan, badiiy ichki hissiyotidan, dididan kelib chiqqan holda aniqlaydilar. Ammo ular ham ayrim hollada asarni biror so`z bilan ta`riflasahga ojizlik qiladilar. Rassom ustalar bilan suhbatlashgan chog`larimda, so`z bilan tushintirishga qiynalishganidan, beixtiyor majoziy so`zlarga o`tib ketishadi. Menimcha bu avvalo, san`atning hissiyot bilan bog`likligidadir. Juda ko`pgina rassomlar uchun kompazitsiyani bilish alohida o`rin tutadi. Ularning o`zlari ko`pincha “kopazitsion his etish” qobiliyatiga ega bo`ladilar. Shu sababdan ham tasviriy san`atni sirtdan o`rganish juda qiyin, chunki ko`pgina masalalar faqat ko`rish orqali yechiladi.
Hech kim me`moray kompazitsiyada badiiy obrazni inkor eta olmaydi. Jumladan, natyurmort kompazitsiyasida ham. Rassom ishini boshida qulay bo`lishi uchun o`ta umumiylashtirilgan shakllar bilan ishlasa-da, ularning haqiqiy hahotiy ifodasini va mazmunini nazardan chiqarmaydi.
Yuqorida eslab o`tilgandek, naryurmort kompazitsiyasi bu murakkab va ko`b ma`noli tushuncha. Qisqacha qilib aytganda, bu barcha tasviriy material, ya`ni kartina komponentlarining qahramonlar, manzara, buyumlar, makon, rang va yorug`likning matoda teng taqsimlanishidir. Bu degani faqat taqswimlab chiqish emas, balki ularni tartibga solish, har bir komponentni o`zaro bog`lash ular oasida turli xil-psixologik, plastic bog`liqlikni o`rnatishdir. Shu bilan birga kompazitsiya-bu asosiy maqsadi asarning asl mohiyatini ochib beruvchi, alahida bo`lgan komponentlarning joylashuvidir.
Kartina ta`sirchan, yodda qoladigan bo`lishi uchun unda asosiy g`oya aniq yoritib berilgan bo`lishi kerak.
Ma`lumki, naturalizim-bu hayotni yuzaki, tashqi tushinishdir. Keng qam- rovli ishlangan kartina ham naturalistik bo`lishi mumkin, qachonki unda kompa- zitsion timsoliy echim topilmagan bo`lsa.
Tasodifiy olingan predmet va qahramolarni ko`chirish yoki mazmunsiz tasvirlash naturalizim deyiladi.
Tomashabin ucnun kartinaning barcha shakl va qismlari aniq, konkret bo`lib hisoblasa, rassom uchun ular ish avvalida-siluet, rangli dog`dir. Keyinchalik kom- ponentlar birikib uyg`onlashib, ma`lum bir g`oya, mazmunini ifodalaydi.
Talabalarda hayotga, tabiatgsa mehr-muhabbat uyg`otish, asrga ijodiy yon- doshishini o`rgatish uchun natyurmort va manzaran aniq g`oyaviy mazmunga ega bo`lishi kerak.
Eng to`g`ri tuzilgan komponovka ham, agar mazmunsiz, g`oyasiz, bo`lsa kartinani badiiy asarga aylantira olmaydi. Yosh rassom buni doimo yodda tutmog`i darkor. Kartina kompazitsiyasini ishlashdan avval g`oya o`ylangan bo`lishi lozim.
Aynan g`oya kompazitsion izlanishdagi yetakchi asos hisoblanadi. U asar- ning mavzusi, syujeti hamda kompazitsion va rangtasvir uslublarini aniqlab beradi.
Asarning g`oyasi tajribalardan, ichki kechinmalar, hissiyotlardan kelib chiqadi. Toki hayotdagi qiziq va ahamiyati hodisalarga, tabiat go`zalligiga e`tabor berilmas ekan, kompazitsiyani tushinish qiyindir.
Obraz ustida ishlash odamning fikrlash qobiliyati bilan bog`liq. Kartina mavzusi ham, badiiy tasavvur ham hayotni chuqur bilish natijasida paydo bo`ladi. Aynan u asar kompazitsiyasini qanday qurish, qaysi ranglardan foydalanish, figuralarni qanday joylashtirishda yordam beradi. Kartinani g`oyasiz yaratish-nima haqida so`zlashni bilmay turib, gapirishga urunish bilan tengdir.
Toki talabalar natyurmort kompazitsiya syujeti va mavzusini hayotiy tushun- chasiz yaratar ekanlar, kartina ishonarsiz chiqadi. Obrazlar esa psixologik xarakter va shaxsiy fazilatlardan mahrum bo`ladi.
Ayni damda kompazitsiya ko`pincha eski kartinalar asosida qurilmoqda. Bugungi kunda kartinalarda to`ylarni, qishloq tandirlarini, milliy libosdagi qariya- larni tasvirlash takroriy holat bo`lib qolmoqda. Asarlardagi obrazlar esa, umuman xaraktersiz, ya`ni hayotiy emas, balki yosh rassom tomonidan o`ylab chiqilgandir. Bu esa ularning hayotiy tajribasi yo`qligi natijasidir.



    1. Maktablarda tasviriy san’at darslarining mazmuni

Badiiy qurish-yasash ishlarida eng muhim vazifalardan biri badiiy, tashlandiq materiallarning o’ziga xos jihatlarini (qattiq, yumshoq, mo’rt, egiluvchan, og’ir, yengil, och, to’q, v.b.) bilish hamda ular bilan ishlaganda o’lchov va o’lchov nisbatlarini, tuzilishi, shakli ranglarini to’g’ri belgilash talab etiladi.


SHuningdek, qurish-yasash ishlarida qo’llanadigan o’quv qurollari va materiallarni bilish, tabiiy, badiiy, tashlandiq materiallarni bir-birlaridan farqlay olish ham talab etiladi.
Narsalar shaklini ko’ra olish ham badiiy faoliyatning bu turi vazifasiga kiradi. Bunday ishlarni bajarganda ish joyini ozoda batartib tuta bilishga ham o’rgatiladi.

Yüklə 45,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin