I bob Xorazm musiqa madaniyati tarixi. I xorazm xalq musiqasining ilk davrlari


I bob. Xorazm musiqa madaniyati tarixi



Yüklə 156,63 Kb.
səhifə3/9
tarix19.06.2023
ölçüsü156,63 Kb.
#132496
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MUNDARIJA1111

I bob. Xorazm musiqa madaniyati tarixi.

  • I bob. Xorazm musiqa madaniyati tarixi.
  • I.1. Xorazm xalq musiqasining ilk davrlari
  • Xorazm musiqasining taxminan bundan besh yuz-olti yuz yil ilgarigi eng qorong‘i zamonlaridagi ahvoli haqida fikr yuritish edi. Bu muddat ichida Xorazm musiqasining taraqqiyoti va rivojlanish yo‘llari ochiq suratda namoyon bo‘lmasa-da, ba’zi bizgacha yetib kelgan tarixiy asarlardan ma’lum bo‘ladiki, Xorazm poytaxti Ko‘hna Urganch Chingizxon bosqinigacha bo‘lgan va ko‘rkam shahar paytida uning aholisi ichida musiqani o‘zlariga bir hunar va kasb aylagan kishilar ko‘p bo‘lgan. Somoniylar davridan e’tiboran, Xurosonning eng katta shahriga aylangan Nishopur ham Xorazmshohlar davrida o’z mavqesini saqlab qoldi. Karvon yo’llari ustida joylashgan bu shahar ayni vaqtda hunarmandchilik markazi ham edi. Ular shu kasb orqasida o‘z oilalarini tebratganlar. Mazkur asarlarda mubolag‘aday ko‘rsatiladiki, Ko‘hna Urganch shahrida dutor sozina eshak (xarrak) yo‘nib (yasab, tuzatib) sotib, shu hunarlari orqali oila boqqan kishilarning miqdori bir mingga etishganligi ta’riflanadi. Albatta, bu raqam Xorazmning nufuziga qaraganda ko‘p ko‘rinishi mumkin. Ammo o‘sha davrda Ko‘hna Urganch shahri aholisi bir yarim million bo‘lganini hisobga olsak, bu raqamni unchalik ham ishonarsiz deb bo‘lmaydi. Xorazmning obod zamonlarida yashagan va xorazmliklarning milliy pahlavonlaridan bo‘lgan mashhur Yusufbek to‘g‘risida xalq orasida ko‘plab rivoyatlar tildan-tilga o‘tib yuradi. Yusufbek polvonlik bilan bir qatorda serzavq bir yigit bo‘lib, sozandalikda ham mahorat sohibi ekan.

(Hijriy 1221-1281/1803-1863 yillar)

  • (Hijriy 1221-1281/1803-1863 yillar)
  • Muhammad Rahimxon I zamonidan to Muhammad Rahimxon II (soniy) zamonigacha o‘tgan oltmish yil Xorazm musiqasining ikkinchi davrini tashkil qiladi. Bu davrda qadimdan davom etib kelgan umumiy turkiy sozlar qo‘llanilsa-da, yangidan davraga kirgan musiqiyshunoslar o‘z mahorat va iqtidorlari bilan Xorazm musiqiysiga yangi uslub va yo‘llarni kirita boshladilar. Ko‘pchilik ularning yangi uslublariga taqlid qilishga kirishgan va Xorazm musiqiysi ancha taraqqiy etishga yuz tutgandi.
  • Xorazmda “Shashmaqom” nag‘masining tarqalishi
  • Muhammad Rahimxon I zamonida (1805-1825) mashhur bo‘lgan xivalik musiqiyshunos Niyozjon Xo‘ja Buxoro shahriga borib, qadimgi “Shashmaqom”11 nag‘malarini tanbur sozi bilan o‘rganib, Xivaga qaytgan edi. Xivaga qaytishi bilan uning iqtidor va dovrug‘i Xorazm musiqiyshunoslari orasida katta e’tiborga molik bo‘ldi va ularning diqqatini o‘ziga jalb qildi. Niyozjon Xo‘jadan boshqalar, shu jumladan, Maxzumjon Qozi, Usta Muhammadjon Sandiqchi kabiylar Shashmaqom nag‘malarini to‘la o‘rgandilar. Ular o‘z o‘rnida o‘rgangan nag‘malarini havaskor shogirdlariga ham o‘rgatishni boshlab, anchagina tanburchi shogirdlarni yetishtirdilar. Bu sozandadan etishib chiqqan shogirdlarning har biri haqida batafsil ma’lumot berishni unchalik lozim topmaganimiz uchun ularning ichidan ba’zilarini tanishtirish bilan cheklanamiz.

Yüklə 156,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin