Masalani ravshanlashtirish uchun bir narsaga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Gap shundaki, tanbur noxun bilan chalinadi va oddiy qilib olganda, uning zarblari cheklangan bo‘ladi: yakka zarb, qo‘sh zarb, burama zarb (pirrang) va rez. Dutor o‘ng qo‘lning besh barmog‘i bilan silab, butun panja va bilak harakatlari ishtirokida oddiy, ufori, chap-ros, jimjilog‘ni dutor qopqog‘iga tekkizib uzluksiz rezda chalish va turli, rang-barang (dast) zarblar bilan ijro qilinadi. Bu jarayonda barmoqlarning bir-biriga qovushuvi, sozandaning san’ati va ilhomiga bog‘liq sir-asror. Bundan, tanbur chalish dutorga qaraganda, osonroq ekan degan xulosa chiqarish kerak emas aslo. Masalan, Turg‘un Alimatov tanbur zarblarni shunday ulab qo‘yadiki, ularni qaysi biri yakka, qo‘sh, burama yoki rez ekanligini ajratish hayolga ham kelmaydi. Demak, gap yana o‘sha san’atkorning mahorati va ilhomiga borib taqaladi Muhammad Komil Devoniyning ulug‘ligi shundaki, aql zakovat bilan tanbur chizig‘ining ilmiy-nazariy mohiyatini idroklab, serjilo kuy yo‘lining suduri (tarxi)ni oddiygina zarblarni anglatuvchi nuqtalar bilan ifodasini topgan. Olti yarim maqomni xatga tushirgan ustozlar didiga mos ravishda amaldagi Dutor maqomlarining yetti turkumini notaga yozib, o‘zidan ajoyib meros qoldirdi. San’atkor qalamiga mansub “Dutor maqomlari” yozuvining ikki nusxasi bizgacha yetib kelgan va ular qadimiy maqom qatlamlarini o‘rganishda tengsiz manbaa hisoblanadi. Taxminan 1930-yillarning boshlarida Muhammad Komil Devoniy do‘sti va maslakdoshi Matyusuf Xarrotov ishlaridan ilhomlanib, tanbur notasining iste'mol doirasini yanada kengaytirish maqsadida surnay yo‘llarini yozib olishga jur’at qiladi. 1920-yillarning oxirida Matyusuf Xarrotov Samarqand Musiqa va raqs institutida o‘qituvchilik bilan bir qatorda ilmiy faoliyatga ham jalb qilinadi. Institut rahbariyatining ko‘rsatmalariga muvofiq u Xorazm kuylarini evropacha nota tizimida yozib olish