II.bob. Mulla Bekjon Rahmon o’g’li hamda Muhammad Yusuf Devonzoda hayoti va ijodi.
II.bob. Mulla Bekjon Rahmon o’g’li hamda Muhammad Yusuf Devonzoda hayoti va ijodi.
II.1.“Xorazm musiqiy tarixchasi” nomli risolaning ilmiy-amaliy ahamiyati. Xorazm musiqiy tarixchasi kitobining dunyoga kelishida ikki komil san’atkor hamkorligining o‘zi alohida diqqatga sazavor voqeadir. Qiziqarli tomoni shundaki, “...tarixcha” va Fitratning “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” asari yagona talabgor – O‘zbeklarni o‘rganish qo‘mitasining topshirig‘iga binoan amalga oshirilgan. Birinchisi, 1924 yilda Xivada tugallanib, 1925 yilda Moskvada chop etilgan. Ikkinchisi, 1926 yilda Samarqandda yozilib, 1927 yilda Toshkentda nashr qilingan. Ikkovi ham o‘zbek tilida bitilib, ushbu davrda joriy etilgan arab alifbosida bosilgan.
“Xorazm musiqiy tarixchasi” hamda “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” kitoblari turli sharoitlarda yozilib, boshqa-boshqa ehtiyojlarga qarata yuzaga kelgan bo‘lsa-da, ular orasida yaqin ichki munosabatlar mavjud. Bu ikki asar bir-birini to‘ldiradi. Ammo risolalarning ma’no-mohiyati o‘zgacha va mustaqil ekanligini ham e'tirof etmoq lozim. Aslini olganda mazkur tadqiqotlar o‘ziga xosligi, Sharq musiqiy ilmining qadimdan muvoziy (parallel) ravishda rivojlanib kelayotgan ikki oqimi bilan bog‘liq.
Tanbur chizig‘ida bitilgan maqom matnlarining ahamiyatini his qilgan navqiron ustoz sozanda Matyusuf Xarratov va zakiy olim Bekjon Rahmonovlar, hujjatni o‘z tadqiqotining asosiy manbai sifatida ko‘radilar. Kirish faslida mualliflar bu to‘g‘rida quyidagilarni bayon etadilar: “Xorazm musiqasi tarixini eng qadimgi davridan boshlab mufassal yoritish uchun yetarli darajada ma’lumot va hujjatlarni to‘plash imkoni bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa-da, Ko‘hna Urganch haqidagi tarixiy hikoyalar va keksa musiqiyshunoslardan olgan ma’lumotlarimiz hamda o‘zimiz ko‘pdan buyon to‘plagan dalillarimiz asosida Xorazm chiziqlariga suyanibgina ushbu kitobchani qoraladik”. Asar yaratilishida Xorazm musiqiysining mumtoz navi Olti yarim maqom asoslarini idroklashda hamda mualliflar qo‘li ostidagi ma’lumot, hujjat va dalillarni mujassamlashda “Tanbur chizig‘i” ustuvor manbaa ekanligini ta’kidlaydilar.

“Tanbur chizig‘i”ning qaysi nusxalari mualliflar qaramog‘ida bo‘lganligini aniq aytish qiyin. Har holda kitob nashrga tayyorlangan paytda Xorazm nota yozuvining dutor va surnay yo‘llari bitilgan nusxalari hali yuzaga kelmaganligi ayon. Mualliflarning bu xususdagi bir fikriga e'tibor beraylik: “Mutaassifona bizlar yozgan bu “Tarixcha”da dutor va surnay nag‘malaridan bir qancha nag‘malarni ko‘rsata olmadik”.