I bob. Yozuvchining o‘zbek romanchiligiga qo‘shgan hissasi


Tadqiqotning o‘rganilish darajasi



Yüklə 83,78 Kb.
səhifə2/7
tarix04.07.2023
ölçüsü83,78 Kb.
#135646
1   2   3   4   5   6   7
O‘zbek adabiyoti tarixi fanidan O‘tkir hoshimovning tushda kec

Tadqiqotning o‘rganilish darajasi. Adabiyotshunoslik ilmida doimo muhim sanalgan badiiy mahorat, syujet, uslub masalalari borasida ko‘plab tadqiqot ishlari amalga oshirilgani ma’lum. Bitiruv-malakaviy ishimizning o‘rganish ob’ekti bo‘lgan O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romaniga ko‘plab adabiyotshunos olimlar ham nazariy fikrlar bildirishgan. Adabiyotshunoslik tarixida O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani davr ilmiy aspekti kesimida munaqqidlar U.Normatov, D.Quronov, A.Samad, M.Sharofiddinova, Sh.Ismatova, S.Ahmad, M.Imomqulova, D.To‘rayev, Q.Norqobilov, nazariy qarashlarida muayyan darajada umumlashtirilgan.. Bundan tashqari O. Duysenbaevning “O‘tkir Xoshimov ijodida ona obrazi” nomli 3 nomzodlik dissertatsiyasi,G.Imomkarimovaning “O‘tkir Hoshimov asarlarida milliy qadriyatlar talqini” mavzusida nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O‘tkir Hoshimov ijodining ko‘p qirralari tadqiq etilgan bo‘lsa-da, yozuvchining badiiy mahorati, zamonaviy o‘zbek nasri taraqqiyotida tutgan o‘rni, badiiy jihatdan o‘ziga xosligi “Tushda kechgan umrlar” romani misolida alohida o‘rganilmoqda. Yozuvchining badiiy mahoratini baholash asnosida romandagi ijtimoiy hayotni badiiy aksi, qahramonlar ruhiyati, romandagi syujet,obraz va uslub xususiyatlari kabi jihatlarni tadqiq etish ishning yangiligini belgilaydi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining bosh maqsadidan kelib chiqib, yozuvchining ijtimoiy voqelikni aks ettirishdagi badiiy mahorati, qahramonlar shaxsiyatini ochishdagi o‘ziga xos uslubi, badiiiy haqiqatni hayot haqiqatiga mos tarzda ifodalanishini aniqlashda quyidagi vazifalar belgilab olindi: - romanda tasvirlangan davr ijtimoiy muhitini o‘rganish;
- romanning badiiy xususiyatlarini tekshirish;
- roman qahramonlari ruhiyatini aniqlash va ulardagi o‘ziga xosliklarni aniqlash;
- romanning syujet, obraz va uslub xususiyatlarini o‘rganish;
– adibning obraz yaratish mahoratini ko‘rsatish;
- adib ijodiy uslubning o‘ziga xosligini aniqlash;

Yüklə 83,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin