Texnik tavsifnomasi.
Ishlab chiqarish quvvati, kg/soat
3000
Elektroenergiya, kVt
2,2
Gabaritlari, mm:
4090x1895x1545
KNU-02 SARALASH MASHINASI
Bu jihoz bodringlarni uzunasiga saralash uchun ishlatiladi.
Uning ko’rinishi 25-rasmda ko’rsatilgan.
48
25-rasm. KNU-02 saralash mashinasi.
1 - kiritish uchun transPorter; 2 - kattalashgan xom-ashyoni ajratadigan
qurilma; 3 – bodringlarni uzunligi bo’yicha saralash uchun qurilma.
Ishlash tartibi.
Bodring 5 juft Plastmassali zanjirlar yordamida uzatiladi, zanjir orasidagi
bo’shlik xarakat Paytida oshadi 13 mm dan 23 mm gacha. SHu vatda yig’uvchi
qutiga kichik diametrdagi bodring ajratiladi. Yo’lga solish qismda bodring
PerPendikulyar joylashib boshlov qismga yo’naltiriladi. Buning orasi teshik.
Teshikning orasi zinali bo’lib kengayib boradi.
Texnik tavsifnomasi.
Ishlab chiqarish quvvati, kg/min
0,417
El.energiya, kVt
1,85
Gabaritlari, mm:
4650x1450x2100
DISKLI SARALASH MASHINALARI
Bu kalibrlash mashinalarning chiziqli kalibrlash mashinalardan farqi
shundakim bularda teshik aylana shaklida o’ralgan bo’ladi.
Diskli kalibrlash mashinalarida meva va sabzavotlarni 3-4 xil o’lchamda
ajratib olishi mumkin.
Ishlash tartibi
Ishchi g’ildiragi valga o’rnatilgan bo’lib, unga sPitsalar joylashtirilib, ular
vtulkalarga kavsharlangan bo’ladi. G’ildiraklarning ikki tomoniga tashqi va ichki
yoysimon Polosalar o’rnatilgan bo’ladi. Ular ushlagichlarga mahkamlangan.
Ushlagichlar bolt orqali ugolniklarga shunday o’rnatiladiki, qaysiki g’ildirak bilan
yoysimon Polosalar orasidan masofani xom-ashyo kattaligiga qarab rostlash
49
mumkin bo’lsin. G’ildirak bilan yoysimon Polosalar orasidagi oraliq masofani
o’zgartirib avval kichik o’lchamdagi mevalar keyin katta o’lchamdagi mevalarni
ajratib olish mumkin.
G’ildirak val yordamida tishli uzatgichlar yordamida elektrodvigatel
vositasida aylanma harakatga keltiriladi.
Ugolniklar staninaga mahkamlanib kalibrlash mashinasining harakatlanmas
qismlarini mahkam ushlab turadi.
Diskli kalibrlash mashinalarining ishlab chiqarish quvvati quyidagi tenglama
orqali aniqlanadi:
G
D
n k
g
d
у
=
94 2
, *
* * *
р
ϕ
[ kg/soat ]
Bu yerda,
D
ur
- diskning o’rtacha diametri;
n - diskning aylanishlar soni, ayl/min;
k - saralash teshiklarining soni;
g - bitta dona mevaning og’irligi, kg;
d - mevaning o’rtacha diametri, m;
ϕ
- kalibrlash teshiklarining material bilan to’lalik koeffitsienti.
MATNLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI MUHIM TAYANCH SO’Z VA
IBORALAR:
O’lcham kattaligi; saralash; tross; og’irlik kuch; masofa; konuslar; g’ildirak
o’q; gidravlik usul; ko’l kuchi; flotatsiya; roliklar; baraban; tuz eritmasi.
MATNLARNI YORITISH SAVOLLARI:
1.
Saralash mashinalarini sinflash.
2.
Navlarga ajratuvchi mashinalarini sinflash.
3.
Flotatsion mashinaning vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi.
4.
Universal saralash mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi.
5.
Barabanli saralash mashinaning vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
M.YA. Dikis, A.N. Malskiy.
Texnologicheskoe oborudovanie konservnqx zavodov. - M: Pio’ePromizdat,
1961.
2.
E.S. Gorenkov, B.L. Bibergal.
Oborudovanie konservnogo Proizvodstva. - M.: AgroPromizdat, 1989.
3.
E.D. Sitnikov, V.A. Kachanov.
Oborudovanie konservnqx zavodov. - M.: Legkaya i Pio’evaya
Promqshlennost, 1981.
10-ma’ruza
ISTE’MOL UCHUN YARAMAYDIGAN QISMLARDAN TOZALASH
QURILMALARI
Matnlarni yoritish rejasi:
50
1.
Mevalar bandini ajratuvchi mashinalar, ularning vazifasi, tuzilishi va
ishlash tartibi.
2.
Issiqlik ta’sirini beruvchi agregatlar, ularning vazifasi, tuzilishi va ishlash
tartibi.
Iste’mol uchun yaramaydigan yoki juda kam ozuqaviy qiymatga ega bo’lgan
qismlarga Po’stlog’i, urug’i, bandi va boshqalar kiradi. Olcha, gilos, olxo’ri kabi
mevalarning bandi M8-K3P mashinasi yordamida ajratiladi.
Mevalar bandini ajratuvchi mashinaning ishchi qismlariga rezina qobiq
kiydirilgan o’qcha kiradi (26-rasm). Ikkita bir-biriga qarab harakatlanadigan
o’qcha meva bandini qisib, uzib oladi. Bu mashinaning ishlab chiqarish
unumdorligi 1,5-2 t/soat.
26-rasm.
a) mevalar bandini jaratuvchi mashina; b) uning ishlash usuli: 1 –
mahsulot kiradigan bunker; 2 – o’qlar; 3 – elektrodvigatel; 4 - telejka.
SHaftoli, nok, behi va olmalarni Po’stlog’idan ajratish uchun ba’zida
kimyoviy usuldan ham foydalaniladi. Buning uchun mevalar 1-3% gacha kaustik
soda eritmasida 1-2 daqiqa davomida ishlov beriladi. Eritma harorati 90-100
0
S.
So’ngra mevalar toza suv bilan yuviladi va Po’stlog’idan tozalanadi.
Kartoshka, sabzi, lavlagi va boshqa ildimevalarni Po’stlog’idan tozalash A9-
KLSH/30 tiPidagi agregatda amalga oshiriladi (27-rasm).
51
27-rasm. A9-KLSH/30 tiPidagi agregat:
1-uzaytirilgan konveyer; 2-avtoklavli kamera; 3-bug’li kommunikatsiya; 4,10-
vintli konveyerlar; 5-suvli kommunikatsiya; 6-maydoncha; 7-siqilgan havo
kommunikatsiyasi; 8-elektroqurilma; 9-stanina.
SHu bilan birgalikda kartoshkani Po’stlog’idan tozalash uchun uzluksiz
ravishda ishlaydigan KNA-600M markali tozalash mashinasi ham mavjud (28-
rasm.)
28-rasm. KNA-600M markali tozalash mashinasi sxemasi.
Mashina unumdorligi 0,167-0,222 kg/s; suv sarfi 0,002-0,0025 m
3
/kg;
elektrodvigatel quvvati 3 kVt; gabarit o’lchamlari 1500x1140x1270 mm.
Kichik miqdordagi xom ashyolarni tozalash uchun 822-5 markali tozalash
mashinasi ham ishlatiladi (29-rasm).
29-rasm. 822-5 markali tozalash mashinasi sxemasi.
Mashina unumdorligi 0,011-0,014 kg/s; yuklanadigan xom ashyo massasi 2-
2,5 kg; gabarit o’lchamlari 400x312x410 mm.
52
Olma va noklarni Po’stlog’idan tozalash uchun UTM-1 markali tozalash
mashinasidan foydalaniladi (30-rasm).
30-rasm. UTM-1 markali tozalash mashinasi sxemasi.
Mashina unumdorligi minutiga 48 dona meva; elektrodvigatel quvvati 1,6
kVt; gabarit o’lchamlari 2680x1510x1550 mm.
Meva va sabzavotlarni ishqoriy yo’l bilan tozalashda B4-MX markali
mashina ishlatiladi (31-rasm).
31-rasm. B4-MX markali tozalash mashinasi sxemasi.
Piyozni tozalashda esa KPL-3 mashinasidan foydalaniladi (32-rasm).
53
32-rasm. KPL-3 markali tozalash mashinasi.
1- yuklash bunkeri; 2-barabanli dozator; 3-tozalash kamerasi; 4- eshik; 5-
lyuk; 6-siqilgan havo uchun kollektor; 7-siqilgan havoni uzatish uchun tuynuk; 8-
halqa; 9-xavo taqsimlovchi klaPan; 10-tozalash diski; 11-kulachoklar; 12-stanina;
13-elektrodvigatel; 14-tsilindrik tishli uzatma; 15- konussimon tishli uzatma; 16-
zanjirli uzatma; 17-chervyakli uzatma; 18- konussimon tishli uzatma; 19-tsiklon;
20-yig’gich.
Mashina unumdorligi 0,139 kg/s; havo bosimi 0,6-0,7 MPa; tsikl
davomiyligi 41 s; elektrodvigatel quvvati 30 kVt; gabarit o’lchamlari
2130x1040x1475 mm.
MATNLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI MUHIM TAYANCH SO’Z VA
IBORALAR:
Tozalash; kimyoviy; ishqoriy; bandi; Po’stloq.
MATNLARNI YORITISH SAVOLLARI:
1.
KPL-3 markali tozalash mashinasining vazifasi va uning tuzilishi.
2.
B6-MX markali tozalash mashinasining vazifasi va uning tuzilishi.
3.
UTM-1 markali tozalash mashinasining vazifasi va uning tuzilishi.
4.
822-5 markali tozalash mashinasining vazifasi va uning tuzilishi.
11 - ma’ruza
Mavzu: O’SIMLIK MAHSULOTLARINI MAYDALASHDA
ISHLATILADIGAN USKUNALAR
54
Matnlarni yoritish rejasi:
1.
Ezuvchi mashinalarining xillari.
2.
Kesish mashinalarining xillari.
3.
YUPqa kilib maydalashda ishlatiladigan uskunalar.
Meva va sabzavot mahsulotlarini birnecha bo’laklarga ajratish - tug’rash
deyiladi. Agar maydalanayotgan meva va sabzavotlarning shakli va yuza qismi
mahsus talablarga javob bermaydigan bo’lsa, bu xolda ular yanchib maydalanadi
bu- maydalash jarayoni deyiladi.
Agar maydalanayotgan mahsulotning aniq shakli tekis yuzali bo’lishligi
uchun u holda kesish usuli bilan Pichoq yordamida bo’laklarga ajratiladi.
Maydalangan bo’lakchalarning o’lcham kattaligi 75-150 mk bo’lishi kerak.
Bu mashinalar sifatida gomogenizatorlar, dezintegratorlar vag artib tozalash
mashinalari ishlatiladi.
MAYDALASH MASHINALARI
IKKI BARABANLI MAYDALAB EZISH MASHINASI
Ikki barabanli maydalab ezish mashinasi xo’l mevalarni, Pomidorlarni
maydalash uchun ishlatiladi.
Bu mashinasining ko’rinishi 33-rasmda ko’rsatilgan.
33-rasm. Ikki barabanli ezish mashinasi.
1, 2-gorizontal o’q; 3-bronza yulduzchalar; 4-tishli g’ildirak; 5-shkiv; 6-
mufta; 7-dasta (rukoyatka); 8 –bunker; 9- korPusning Pastki qismi.
Ishlash tartibi.
Bu qurilma ikkita gorizontal o’qda o’rnatilgan bir biriga qarama-qarshi
tomonga aylanuvchi barabanlar va ularga o’rnatilgan Pichoqlardan iborat. Bir
o’qdagi baraban juft kilib ikkinchi o’qdagi barabanga yonma-yon kilib o’rnatiladi.
Ezish mashinasining Paski qismiga to’rlar o’rnatilgan bo’ladi. Aylanma
harakatlanayotgan baraban Pichoqlari to’rlar orasidagi teshiklaradan bemolol
o’tadi. Boshqaruvchi o’q shkiv yordamida friktsion mufta bilan aylanma
harakatlarga keltiriladi. O’qda o’rnatilgan tsilindrik g’ildirak tishlari ikkinchi
o’qdagi g’ildirakning tishlari bilan tishlashgan bo’ladi. G’ildirakdagi tishlar soni
turlicha, shu sababli bir va ikki o’qning aylanishlar soni har xil bo’ladi,
shuningdek, mahsulotlarning bir vaqtning o’zida yorilib ezishga imkoniyat
yaratiladi. Material uzluksiz bunkerdan berilib, kurilmaning Pastki qismidan
ezilgan material olinadi.
Dostları ilə paylaş: |