261
5.
Moddiy javobgar shaxslar tomondan korxona mulklarini
saqlanishini va ulardan foydalanishga inventarizatsiya o’tkazish
asosida nazorat o‘rnatadi;
6.
Moddiy javobgar shaxslar tomonidan taqdim etiladigan
hisobotlarni to‘g‘riligini, haqiqiyligini, shuningdek, ularning ish
faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatadi.
7.
Buxgalteriya xodimlari tomonidan hisob ishlarini sifatli
tashkillanayotganligini nazorat qiladi, zaruriyat bo‘lganda bu
ishlarni o‘zi shaxsan bajaradi;
8.
Ichkiy va tashqiy auditni tashkillaydi va boshqaradi;
9.
Korxona majburiyatlarini bajarilishini qonuniyligiga nazorat
o’rnatadi;
10.
Buxgalteriya
apparati
xizmat
faoliyatini
belgilovchi
“Buxgalteriya haqidagi Nizom”ni tuzadi;
11.
Buxgalteriya
apparati
xodimlarining
xizmat
lavozimi
vazifalarini ishlab chiqadi va hisob ishlarini buxgalteriya apparati
xodimlari orasida taqsimlaydi;
12.
Buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish
ishlarini amalga oshiradi;
13.
Hujjat aylanish jadvalini ishlab chiqadi va uni bajarilishini
nazorat qiladi;
14.
Ishlatilgan hujjatlarni, hisob
registrlarini va moliyaviy
hisobotlarni idoraviy va davlat arhivga topshirish ishlarini
tashkillaydi, nazorat qiladi, zaruriyat bo‘lganda bevosita bajaradi.
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarini quyidagi huquqlarga ega:
1.
Ma’sul shaxslardan xo‘jalik operatsiyalari rasmiylashtirilgan
hujjatlarni, hisobotlarni va ma’lumotlarni talab qilib olish huquqi.
Dastlabki hujjatlarni , hisob ma’lumotlarini buxgalteriyaga
taqdim etish bo‘yicha bosh buxgalterni talabi korxonaning barcha
xodimlari uchun majburiydir;
2.
Imzo
qo‘yish
huquqi. Pul mablag‘larini, hisoblashuv
operatsiyalari va moliya-kedit majburiyatlarini harakati bilan
bog‘liq bo‘lgan
barcha birlamchi hujjatlar, hamda moliyaviy
hisobotlar bosh buxgalterning imzosisiz haqiqiy hisoblanmaydi
va bajarishga qabul qilinmaydi;
3.
Moddiy javobgar shaxslarni, xususan, kassirlarni, ombor
mudirlarini lavozimga tayinlashda (ishga olishda),
ishdan
bo‘shatishda va boshqa ishga o’tkazishda fikr bildirish;
262
4.
Kichik korxonalarda, mikro firmalarda va xodimlari unchalik
ko‘p bo‘lmagan boshqa korxonalarda lavozimlar jadvalida
kassirlik lavozimi nazarda tutilmagan bo‘lsa, bu vazifani korxona
rahbarining yozma ruxsati bilan bajarish;
5.
Qonunchilikka zid va moliya-kredit intizomini buzishga olib
keladigan hujjatlarni bajarishga
qabul qilmaslik;
6.
Qonun talablarini buzishga olib keladigan operatsiyalar amalga
oshirilganligini aniqlagan taqdirda, korxona rahbariga bu haqida
yozma xabar berishlik.
Korxona buxgalteriyasi tarkibiga kiradigan bo‘limlarda
faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar bosh buxgalterga buysunadi.
Uchyot ishlarini bajarish bo‘yicha bosh buxgalterni topshirig‘ini,
buyrug‘ini buxgalteriyani barcha xodimlari bajarishga majburdirlar.
Amaldagi qonunchilikka zid tarzda tuzilgan birlamchi hujjatlarni
bosh buxgalter qabul qilmaydi. Agarda qonunga zid bo‘lgan
xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobda aks etish to‘g‘risida
korxona rahbari yozma ko‘rsatma bersa, bosh buxgalter buni
bajarishga
majbur.
Lekin
qonun
hujjatlarida
ko‘rsatilgan
muddatlarda yuqori tashkilotga yoki davlatning tegishli nazorat
idoralariga xabar berishi kerak.
Bunda amalga oshirilgan
operatsiyalarni noqonuniyligiga javobgarlik korxona rahbariga
yuklatiladi.
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbari xizmat vazifasini
umuman yoki sidqi dildan bajarmagan taqdirda harakatdagi
qonunlar doirasida javobgardir. Jumladan:
1.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan soliq siyosati
talablarini bajarmaslik, yoki,
daromadlarni, xarajatlarni va soliq
obyektlarini hisobga olishda yo‘l qo‘ygan xatoliklari uchun soliq
kodeksida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar;
2.
Buxgalteriya hisobini olib borishda O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadigan va
tasdiqlaydigan idoralar talabidan bo’y egganda hamda moliyaviy
hisobotlarni tuzishda qo‘shib yozishlarga yo‘l qo‘yganda yoki
hisobotlarni o‘z vaqtida o‘rnatilgan tartibda taqdim etmaganda
ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar;
Buxgalteriya hisobi xizmati
rahbari ishdan ozod etilganda,
buxgalteriya hisobiga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlar yig‘ma
263
jildlarini yangi tayinlangan bosh buxgalterga, yoki korxona rahbari
buyrug‘i bilan tayinlangan xodimga dalolatnoma bilan topshiradi.
Dostları ilə paylaş: