332
2.1.3.1. Texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan, tungi vaqtda,
belgilangan vaqtdan tashqari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan)
kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustama
va qo‘shimcha haqlar.
2.1.3.2. Ko‘p
smenali tartibda ishlaganlik, kasblarni qo‘shib
bajarganlik va xizmat ko‘rsatish tegrasini kengaytirganlik uchun
ustamalar.
2.1.3.3. Hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati
bo‘yicha og‘ir, zararli, o‘ta zararli mehnat sharoitlarida va tabiiy-iqlim
sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu
sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar.
2.1.3.4. Aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va tosh yo‘llar
xodimlari hamda doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusida bo‘lgan
boshqa xodimlar ish haqiga, yo‘lda o‘tadigan har bir sutka uchun, xo‘jalik
yurituvchi subyekt joylashgan joydan jo‘nab
ketgan vaqtidan u yerga
qaytib kelgan vaqtigacha to‘lanadigan ustamalar.
2.1.3.5. Qurilishda, rekonstruksiya qilishda va to‘liq ta’mirlashda
bevosita band bo‘lgan xodimlar uchun, shuningdek qonunchilikda
nazarda tutilgan hollarda ishlar vaxta usulida bajarilganda,
ishlarning
ko‘chma va qatnov tusidaligi uchun ustamalar.
2.1.3.6. Yer osti ishlari bilan doimiy band bo‘lgan xodimlarga,
ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga
qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt uchun qo‘shimcha haq.
2.1.3.7. Mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga
solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari hamda amaldagi
qonunchilikka muvofiq cho‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik
uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to‘lovlar.
2.1.3.8. Xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joy (to‘planish
punkti)dan ish joyiga va orqaga qaytadigan yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun
vaxta usulida ishlash jadvalida nazarda tutilgan yo‘lda bo‘lingan
kunlar
uchun, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlari bo‘yicha va
transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda tutilib qolingan kunlar uchun
tarif stavkasi, oklad miqdorida to‘lanadigan summalar (ishlar vaxta
usulida bajarilganda).
2.1.4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlab hisobga
olingan taqdirda va qonunchilikda
belgilangan boshqa hollarda
xodimlarga ish vaqtining normal davom etish muddatidan ortiqcha
ishlaganlik munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (ish vaqtidan
333
tashqari ishlaganlik uchun beriladigan dam olish kunlari) uchun haq
to‘lash.
2.1.5. Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash.
2.1.5.1. Amaldagi qonunchilikka muvofiq navbatdagi (har yilgi) va
qo‘shimcha ta’tillar, foydalanilmagan navbatdagi (har yilgi) ta’tillar va
qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiya, o‘smirlarning imtiyozli
soatlari, onalarning chaqaloqni ovqatlantirish
uchun ishdagi tanaffuslari,
shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash.
2.1.5.2. Asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy
ta’tilda bo‘lgan xodimlarga to‘lovlar.
2.1.6. Davlat vazifalarini (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar
bo‘yicha yig‘inlar va hokazo) bajarganlik uchun mehnat haqi to‘lash.
2.1.7. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan xodimlar
mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasiga belgilangan tartibga muvofiq
kiritiladigan boshqa xil to‘lovlar.
Dostları ilə paylaş: