2.3.Amir Temurning odob-axloq, ta`lim - tarbiya to`g`risidagi o`gitlari.
Amir Temur ko`ragon ibn amir Tarag`ay 1336 yilning 9 aprelida o`sha paytlardagi Kesh (Shahrisabz) ga qarashli Xojailg`or (bu qishloq hozir Yakkabog` tumaniga qaraydi) qishlog`ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag`ay o`ziga to`q, badavlat kishi edi. Lekin bo`lajak sohibqiron tavallud topgan paytda Qozonxon (1333-1346) huzurida kichik bir mansabga ega edi. Amirning onasi Tegina Begim Buxorolik "Sadr ash sha`ri`a-shariat" ulug`i, taniqli olim Ubaydullohning qizi bo`lgan. O`sha paytda Kesh va unga tobe` yerlarning bekligi esa Amir Tarag`ayning og`asi Hoji Barlosning qo`lida edi.
"Zubdat at-tavorix"(Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfulloh ibn Abdurashid-laqabi Hofizi Abdu, vafoti 830427 y.) da yozilishicha, shajaraning Amir Sohibqiron tarmog`i Chingizxon ajdodlaridan Tumanoyxon (Tumanxon) farzandlaridan boshlab ajraldi. Jumladan, Qobilxon Jahongir podshoh Chingizxonning III-chi otasi va uning birodari Qachuloy no`yon esa, Amir Sohibqironning sakkizinchi otasidir.
Barloslar qabilasining nomi ham Qachuloy no`yondan bosh-langan. Chingizxon o`zining ikkinchi o`g`li Chig`atoyxonni Turkiston va Movarounnahr mamlakatlariga hukmdor qilib
tayinlaganda, amir Sohibqironning beshinchi otasi Qarachor no`yon uning lashkarboshisi bo`lgan va "amir ul-umaro" ("amirlar amiri”) degan unvon olgan.
Keyinchalik Chig`atoy ulusida hokimiyat uchun ichki nizolar kuchayib ketganligi sababli, Qarachor no`yonning farzandlari va qavm-qarindoshlari Kesh viloyatiga kelib, o`rnashib, shu yerda yashab qolganlar, uning avlodlari o`sha viloyatni boshqarganlar, "Zubdat at-tavorix"da Qarachor no`yonning farzandlari ko`p bo`lganligi qayd etilib, ulardan o`n to`qqiz o`g`ilning nomini, shu o`g`illardan tarqalgan keyingi avlodning mashhurroqlarini sanab, ayrimlarining shajarasi to o`zi yashab turgan davrgacha davom ettirilgan va ularning qanday mavqeni egallab turganliklari qayd etiladi. Jumladan, Qarachor no`yonning oltinchi o`g`li Injil no`yon bo`lgan va uning farzandlaridan biri Iylangiz no`yon (Ilangiz)dir. Bu no`yonning bir necha farzandlari bo`lib, ulardan biri Sohibqironning bobosi Burkul no`yondir. Uning ikki o`g`li bo`lgan: biri-Bolta, ikkinchisi Tarag`ay no`yon" ya`ni Amir Temurning otasi. Tarag`ay no`yonning to`rt o`g`li va ikki qizi bor edi: o`g`illari - Amir Temur, Suyurg`atmish, Olamshayx, Jo`gi no`yon, qizlari - Qutlug` Turkon og`a, Sherbik og`a, Amir Temur farzandlar orasida to`ng`ichi bo`lgan Amir Temur yoshlikdan ilm ahliga juda katta e`tibor bergan.
Tarixlar, hikoyatlar, qissalar va rivoyatlar tinglamaqqa mayli ko`p adabiyot, san`atni, harbiy ishlarni jon-dildan sevgan, o`ta zukko, oqilu-dono, fahm-farosatli, ayni chog`da dovyurak, jasur bo`lgan ammo, Temurning yoshlik va o`smirlik, yigitlik yillari Chig`atoy ulusi og`ir ijtimoiy-siyosiy bo`ron iskanjasiga tushib qolgan davrlarga to`g`ri keldi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib o`zaro feodal urushlarning avj olib ketishiga olib keldi. Hokimiyat uchun kurash, ayniqsa, xon bilan uning bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazag`on o`rtasida. kuchli bo`ldi. O`zaro nifoq va kelishmovchilik urushga aylandi.
Amir Qazag`on ancha kuchli qo`shinga ega edi. Uning o`g`li Abdulloh ham yon-atrofdagi o`lkalarga xujum qilib, o`z mulkini kengaytirishga . intilar edi. Jumladan, u 1353 yilda Xorazmni bosib olib, u erda o`z. hukmini joriy etadi, 1357 yilga kelib, ikkinchi mo`g`ul amiri Qutlug` Temur Bulday amir Qazag`onni yasoqqa etkazadi. Amir Qazag`on o`rniga taxtga chiqqan amir Abdulloh saroyida fisqi-fujur zo`rayadi. "Natijada mo`g`ul hokimlari faqat hokimiyat, taxt talashibgina qolmay ishratparastlik, maishatparastlik bobida ham yuz tuban keta boshlaydilar.
Mo`g`ul faodallarining o`zaro nizolari va ishratparstliklarini ko`rib, bilib turgan turkiy
.xalqlarning nufuzli vakillari jim turolmas edilar, albatta. Ular ham asta-sekin siyosiy kurashlarga aralasha boshladilar. 1358 yilda amir Abdulloh ibn Qazag`onga qarshi kurash boshlagan mo`g`ul amiri Bayon Sulduz yonida turkiy aholinnng yetakchilaridan biri amir Hoji Barlos ham bo`lganligi buning dalil-isbotidir.
Kesh (Shahrisbz) viloyatining hokimi Amir Temurning amakisi Hoji Barlos edi. Tarixiy manbalarda ko`rsatilishicha, Hoji Barlos mo`g`ullarga qarshi kurashish uchun qulay imkoniyatlarni qo`ldan bermagan. Uning Bayon Sulduz bilan birlashib qilgan jangida Abdulloh ibn Qazag`on yengiladi.
XULOSA.
Yakuniy xulosam o`rnida shuni aytishimki mumkinki Amir Temurni quyidagi
„Buyuk shaxsning milliy ma`naviyatimizdagi tutgan o`rni.”
haqida quyidagicha fikr bildirishimiz mumkin ,ya`ni
Amir Temur — buyuk shaxs: kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me`mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. U Buyuk insonning murakkab va tashvishlar bilan to`lib-toshgan hayoti va faoliyatini kichik bir maqolada, hatto juda qisqa va umumiy tarzda bo`lsa-da, bayon qilib bo`lmaydi. Amir Temurning tarixi ko`p jilddik kitoblar yozishga arziydi. Lekin ming afsuski, bizlar — buyuk amirning vatandoshlari, bu ishni hozirgacha eplolmadik. To`g`risi, buni qilish imkoniga ega bo`lmadik, chunki ko`hna tariximiz, ulug` ota-bobolarimiz haqida bizlarni churq ettirmay qo`ygan kommunistik g`oya bunga yo`l bermadi. Amir Temurning o`zi esa tahqirlandi, tuhmatu malomatlarga qoldi. Vaholanki, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Amerika Qo`shma Shtatlaridagi hamkasblarimiz uning hayoti va faoliyatiga bag`ishlab juda ko`p ko`lamdor kitoblar yozib, o`z tillarida chop etdilar. Angliyalik sharqshunos olima Hilda Hukhem, germaniyalik Gans Robert Ryomer, frantsuz Jan Pol Roks, amerikalik Jon Vuds va Beatrisa Mans shular jumlasidan. Xorijlik dramaturg va artistlar o`z teatrlarining sahnalarida Amir Temurning yorqin obrazini yaratdilar. Frantsiyalik haykaltaroshlar uning haykalini oltindan quyib, muzeylarda namoyish qildilar. Biz-chi?..
Tangri taologa shukrlar bo`lsinki, shu kunlarga kelib ko`p ming yillik boy tariximizni surishtirish va o`rganish imkoniyatiga endi ega bo`lyapmiz. Biz keksa tarixchilar bu ishni umr yetganicha qilarmiz. Biz ulgurmasak, buni shogirdlarimiz davom ettirishar. Har holda shuni unutmaslik kerakki, bizlar nafaqat Amir Temur to`g`risida, balki ota-bobolarimiz tarixi borasida ham xalqimiz oldida qarzdormiz.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida o`sha paytlarda Kesh (Shahrisabz)ga qarashli Xo`ja Ilg`or (bu qishloq hozir Yakkabog` tumaniga qaraydi) qishlog`ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag`ay — o`ziga to`q, badavlat kishi edi. Temur tug`ilgan paytda u Qozonxon (1333—1346) huzurida mas`ul bir mansabda turardi.
Dostları ilə paylaş: |