Taklif va mulohazalar Qizil kitob bu insonning vijdoni hisoblanadi. Bu kitob tashlik topishining asosiy sababi bu insonlarning vaxshilarcha tabiatdan foydalanishi birinchi sababi bo'lib hisoblanadi. O'simliklarning kamayishi bu yer maydonlarning ko'plab o'zlashtirilishi va chorva mollarining haddan tashqari ko'p boqilishi asos bo'ladi. Hozirgi vaqtda yashab o'tirgan yerimizning ekologiyadan kelib chiqqan holda Qoraqolpog'iston Respublikasidan 11 ta o'simlik qizil kitobga kiritilgan. Bularning kamayishining asosiy sababi yerlarni ko'p o'zlashtirilishi , chorva mollarining ko'plab boqilishi, ekologik sharoitning o'zgarganligidir. Respublikamizda avval saksavul ko'p o'sgan bo'lsa hozirda bu o'simlik ham qizil kitobga kiritildi. Bu o'simlikdan mahalli xalq o'tin sifatida foydalanishi tufayli jadal sur'atlarda kamayib ketgan. Bu o'simlik yaxshi o'tin bo'lib qolmasdan , tuproqlarning , qumlarning ko'chishini oldini oladi. Hozirda Orolning tuzlari ko'tarilib aholini zaharlamasligi uchin saksavul ko'plab ekilmoqda . Saksavul tomirlari bilan qumlarni tuzlarni jipislashtirishi orqali qumlar ko'tarilmasdan saqlanib qoladi.Shuning uchin odamlarning tabiatda bo'lga qarashlarini tubdan o'zgartirish kerak . Mehr -shavqatlilik bilan yo'l tutilsa nafaqat odamlar , o'simliklar , hayvonlar va ona tabiatimiz uchin ham juda foydali bo'lar edi deb o'ylar edim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. S.S.Sahobiddinov "O'simliklar sistematikasi" Toshkent -1996 2. Pratov O‘, Nabiev M. O‘zbekiston yuksak o‘simliklarining zamonaviy tizimi. - Toshkent, 2007.. 3. Jo'raev E., Jo'raeva D., Nabiev M., Mirzaev M. Shifobaxsh o simliklar. -Toshkent, 1992. 4.Karimov V., Shomaxmudov A. Xalq tabobati va zamonaviy ilmi tibda qo'llaniladigan shifobaxsh o'simliklar. - Toshkent, 1993. 5.Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O'.A., Sobirov R.S. Dorivor o'simliklarning lotincha-o'zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug'atiToshkent, 2004.