O'sish sharoiti. Toshli quruq qiyaliklarda, ola tuprokli yonbag'irlarda, toshloqlarda va surilmalarda o'sadi. Soni. Yakka-yakka holds uchraydi, ba‘zan kichik-kichik tuplar hosil kilib o'sadi. Asosan, Shoximardon, Sux damda Peshkao't daryolari havzalarida ko'proq saqlanib qolgan. Ko'payishi. Urug'idan ko'payadi.O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari. Chorva mollarining ko‘plab boqilishi tufayli o‘simlik maydonlari keskin qisqarib ketgan. Madaniylashtirilishi. Ma‘lumotlar yo'q Muhofaza choralari. Muhofaza qilinmaydi. 12.Ikkirang astragal - Astragal dvuxsvetkovovidniy -Astragalus dianthoides boriss. Maqomi 2. Oloy tizmasida tarqalgan kamyob endemik tur. Qisqacha tavsifi. Bo'yi 3-4 sm keladigan, yotiq qalin tuklar bilan qoplangan, deyarli poyasiz, ko'p yillik o't. Bargi 1-2 sm uzunlikda, barg bandi ingichka, uzunligi 2-5 mm, bargchalari 4-5 juft, chuzik, uzunligi 2-7 mm, eni 1 mm, ikkala tomoni qalin tukli. Gulpopugi 2-3 gulli. Kosachasi naysimon, uzunligi 12-16 mm. Tojbargi sariq, ba‘zan qizg'ish rangda. Dukkagining uzunligi 20-25 mm, eni 3 mmuchiga va tubiga qarab toraygan, tumshukchasi qisqa, kundalang tomirli, mayda yotik tukli, ikki tomonidan qisilgan. Aprel oyida gullab, aprel-may oylarida urug' beradi. Tarqalishi. Farg'ona viloyati: Oloy tizmasining Chimyon, SHohimardon, Sadqoq, Vodil, Oqbilol, Qadamjoy va Sux qishloqlari atroflarida tarqalgan. Qirgizistonda ham uchraydi. O'sish sharoiti. Tog' etaklaridagi jarliklarda, shag'alli bo'z tuproqlar va konglomerat tog' jinslarida o'sadi.Soni. Yakka-yakka holda uchraydi. Ko'payishi. Urug'idan ko'payadi.O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari aniqlanmagan. Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma‘lumotlar yo'q. Muhofaza choralari. Muhofaza qilinmaydi 13.Vinkler gulsafsari - Iris virnklera - Iris winkler Regel Maqomi .G'arbiy Tyan-Shanga xos juda kamyob, areali bo'lingan tur. Qisqacha tavsifi. Bo'yi 20 sm gacha etadigan ko'p yillik piyozli o't. Piyozining qobig'i qora, qog'ozsimon. Ildizoldi barglari 4 ta, chiziqli, eni 1-2 mm, o'roqsimon egilgan. Guli yakka, gulqo'rg'oni barglarining uzunligi 4 sm atrofida, binafsha rangli. Aprel-may oylarida gullab, meva beradi.