Tarqalishi. Qoraqolpog'iston: Ustyurtda tarqalgan. O'sish sharoiti. Chink atrofidagi gipsli tuproqlarda o'sadi. Ko'payishi. Urug'dan ko'payadi. Soni. 20 ga yaqin turi topilgan. O'simlik soni va arealining o'zgarishi. Xaddan tashqari ko'p chorva mollarining boqilishi Madaniylashtirilishi. Ma'lumot yo'q Muxofaza choralari. Muxofaza qilinmaydi.
7.Yuraksimon torol - Klopovnik pochiserdsevidniy - Lepidium subcordatum Botsch. Maqomi. Qizilqum va Ustyurtda tarqalgan kamyob endemik tur. Qisqacha tavsifi. Bo'yi 40 sm gacha yetadigan , poyali ko'p boshoqchali , ko'p yillik o't. Ildiz bo'g'zi to'kilib ketgan eskin barg bandlarining pardali qoldiqlari bilan o'ralgan. Poyalar 2-3 ta va undan ko'poq,tuksiz shoxlangan. Barglari qalin tukli, poyaning asosida o'rnashgan ko'p , teskari tuxumsimon , to'mtoq yirik tishli yoki patsimon buralgan , bandiga qarab ingichkalashib borgan. Gullari poyada shingil tig'iz, mevalash davriga bo'rib siyraklashadi. Tojbarglari oq rangli. Mevasi tuxumsimon cho'ziq shakilda. Urug'I mayda qo'ng'ir rangli. Aprel-may oylarida gullab, mevasi may-iyunda pishadi. Tarqalishi. Qoraqolpog'iston, Novoiy va Buxoro viloyatlari, Qizilqumdagi qoldiq tog'larda tarqalgan. O'sish sharoiti. Qoldiq tog'lardagi ola jinsli shag'alli va qumli tuproqlarda tarqalgan. Soni. Ma'lum emas. Yakka-yakka bo'lib o'sadi. Ko'payishi. Urug'dan ko'payadi. O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari. O'simlik urug'langan paytda chorva mollarining ko'plab boqilishi unga jiddiy shikast yetkazgan. Madaniylashtirilishi . Qizilqumdagi tajriba maydonlarida o'stiriladi. Muxofaza choralari . Muxofaza qilinmagan.
8.Qadoxsimon sutlama - Molochay tvyordobokalchatiy - Euphorbia sclerocyathium Korovin Maqomi. Orol va Kaspiy atrofidagi cho'llardagi kamyob endemik o'simlik. Qisqacha tavsifi. Bo'yi 20-40 oraliqlaridagi tuksiz ,ko'k -yashil ,ko'p yillik o't.Poyasi ko'p , tik , asosidan sTarqalishi.Barglari etli ,bandsiz tekis qirrali, nashtarsimon elips shaklida, ba'zan qalami-nashtarsimon . Ko'sakchasi 4.5 mm uzunlikda , yumaloq -tuxumsimon , silliq . Urug'i tuxumsimon, 2-3 mm uzunlikda , och kulrang . May - avgust oylarida gullab , mevasi iyun-sentyabrda yetiladi.