I kirish II. Asosiy qism



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə5/19
tarix13.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#113185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Suvxanova Zeyneb botanika (1)[2]

O'simlik va hayvon turlarining tobora yo'qolib borish xavfi mamIakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug'dirmoqda.
1948-yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma
ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro'yxat»ni.chop etdi, unda batamom yo'qolib kotgan hayvonot turlari ro'yxati keltirilgan.
«Qizil kitob» xavf-xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo'qolib ketayotgan o'simlik va hayvonlarning turlari to'g'risida ma'lumotlar berilgan
Tabiatdan oqilona foydalanilmaslik tufayli ayrim yo‘qolib va kamayib borayotgan turlarni muhofaza qilish maqsadida maxsus hukumat qarorlari asosida 1979-yilda O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi ta’sis etildi.
Qizil kitobning mohiyati shundaki, u olamining kamyob, yo‘qolib ketish xavfl ostidagi turlari haqida mukammal ma’lumotlar beruvchi hujjatdir. Qizil kitobning vazifasi jamoatchilik va davlatni tabiat muhofazasi muammosiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnif (klassifikatsiya)ga binoan guruhlarga ajratildi:
«1» maqomidagi o'simliklar turlari esa yo'qolib borayotgan turlardir.
Bunga yo'qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o'simlik turlari kiritilgan.
«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma'lum kichik maydonlarda o'ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan va ularning saqlanishini ta'minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.
«3» maqomidagi o'simlik turlari kamayib borayotgan o'simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o'simlik turlari ma'lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki antropogen omillari ta'siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.Albatta, vaqt o‘tishi bilan kiritilgan guruhlardagi turlar biridan ikkinchisiga o‘tishi mumkin.Qizil kitobni tuzishda asosan O‘zRFA «Botanika» ilmiy ishlab chiqarish markazida saqlanayotgan bir milliondan ortiq gerbariylardan va Rossiya FA «Botanika» institutidagi gerbariylardan hamda shu institutlardagi ilmiy manbalardan foydalanildi.“Qizil kitob”ning 1984-yilgi ilk marta chop etilgan nashriga O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri bilan respublika mutaxassislari, olimlari muttasil shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlar tuplarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, so‘nggi yillarda olib borilgan izlanishlar anzur va Suvorov piyozlari ma’lum darajada ko‘payganligini ko‘rsatadi. Milliy floramizning eng kamyob o‘simliklardan sanalgan Minkvits teziumi tuplarining soni 17 tadan 100 dan ortiq tuplargacha ortganligi bir necha yillar davomida olib borilgan dala kuzatuvlari orqali aniqlandi. Ayni vaqtda ayrim o‘simlik turlarining tarqalish maydonlari keskin qisqarib, tabiiy populyatsiyalarining holati salbiy tomonga o‘zgargan. Omonqora, Piskom piyozi, Margarita marmaragi, tiyonshon marmaragi kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni “Qizil kitob”ga kiritish lozimligini ko‘rsatmoqda. 1998-yil ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 turdagi o‘simlik o‘rin oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlarining keyingi yillar mobaynida viloyatlar kesimida olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samarasi o‘laroq, “Qizil kitob”ning avvalgi (2009) nashridagi ma’lumotlar yangilandi, ya’ni, “Qizil kitob”ning yangi nashriga ayrim jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, O‘zbekistonda kam uchrashi, tarqalish hududlari, ya’ni tarqalish maydonlari, asosan boshqa mamlakatlar (Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqalar)ga to‘g‘ri kelganligi sababli, botqoq toshyorari, kechki lloydiya, Martius qilicho‘ti, Oltoy trolliusi, yumaloqbargli parpi, Tojikiston yetmagi va boshqa bir qancha turlar “Qizil kitob”dan chiqarish lozimligi borasidagi ilmiy tavsiyalar tayyorlandi. Ulug‘bek skabiozasi, Olga sorbariyasi, Oloy nataliyellasi ham “Qizil kitob”dagi turlar ro‘yxatidan chiqarildi, sababi, hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning areallari O‘zbekiston hududiga tegishli emasligi aniqlandi.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar Keller astragali, Olatog‘ za’faroni, Olga soxta klausiyasi, Severtsov mug‘ultog‘i, Lipskaya chandiri singari turlarning o‘sish maydonlarini kengayganligi aniqlanib, mavjud tabiiy va antropogen omillar yig‘indisi ularning yo‘qolib ketish xavf emasligi tadqiqotlar davomida o‘z tasdig‘ini topdi. Shunga asoslangan holda, mazkur turlar “Qizil kitob”dan chiqarildi. Maqomi 0 ga tenglashtirilgan, ya’ni yo‘qolib ketgan deb hisoblanuvchi turlar soni 19 tadan 10 taga qisqardi. Shuningdek, 15 ta noyob va mamlakatimiz florasi uchun endemik turlar ham “Qizil kitob”ga kiritildi. Qiziqarlisi shundan iboratki, ular orasida so‘nggi bir necha yilda O‘zbekistonlik olimlar tomonidan kashf etilgan va hozirgacha dunyo botanika fani uchun noma’lum bo‘lgan turlar ham bor. “Qizil kitob”ning avvalgi nashri bilan yaqin kunlarda chop etilishi rejalashtirilayotgan yangi nashrini taqqoslaydigan bo‘lsak, endilikda 157 ta turlarning kamyoblik maqomi o‘zgardi.
«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, qoriqxona va buyurtma xona hududlarini kengaytirish mumkinligini ko‘rsatdi. Qizil kitobning o‘zbek va rus tillarida yozilgan ikkinchi nashriga kiritilgan har bir turning o‘zbekcha, ruscha va lotincha (ilmiy) nomlari, kamyoblik darajasi, qisqacha botanik tavsifi, tarqalishi, o‘sish sharoiti, tabiatdagi soni, ko‘payishi, o‘simlikning kamayib ketish sabablari, madaniylashtirilishi, muhofaza choralari, ilmiy manbalar, tarqalishini ko‘rsatuvchi xarita va o‘simlikning rasmi berilgan.
Qizil kitobga kiritilgan turlar Respublikada bir xilda tarqalmagan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 11, Andijon – 4, Buxoro – 24, Jizzax – 21, Navoiy – 13, Namangan – 12, Samarqand – 45, Surxondaryo – 112, Sirdaryo – 2, Toshkent – 80, Farg‘ona – 28, Qashqadaryo – 59.Keltirilgan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, kamyob turlarga boyligi jihatidan Surxondaryo (112), Toshkent (80) va Qashqadaryo (59) viloyatlari oldingi o‘rinda turadi. Ta’kidlash joizki, kamyob turlarning aksariyat qismi tog‘li hududlarda tarqalgan.Turlarga boyligiga ko‘ra burchoqdoshlar (60 tur), qoqio‘tdoshlar (50 tur), yalpizdoshlar(23 tur) oilalari alohida o‘rinda turadi. O'zbekistonda o'simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo'lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o'simliklar, zamburug'lar va suv o'tlari esa 11000 atrofida. O'zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o'simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko'pgina kamyob, endemik turlari mavjud.Bunday turlarning soni 400 atrofida bo'lib, ular O'zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil qiladi.
O'zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va baliqlar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq. O'zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983-yilda nashr qilingan bo'lib, unga umurtgali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo'lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, halqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo'g'imoyoqlilarning 61 turi kiritilgan.Ta'kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar ro'yxati yildan-yilga aniqroq bo'lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo'lamiz

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin