Akademik A.M.Muzaffarov (1909—1997) O'zbekiston tuban o'simliklarini o'rganish va ulardan xalq xo'jaligida foydalanishni ilmiy jihatdan asoslab berdi. Akademik.F.N.Rusanov rahbarligida Botanika bog'ida o'simliklardan olib kelingan o'simliklarni o'rganish bo'yicha juda katta ishlar qilinmoqda. „Botanika" IIChM xodimlari tomonidan botanika fanining turli sohalari bo'yicha ko'plab monografiya va to'plamlar yaratildi. Bular orasida 4 tomli „O'zbekiston o'simliklari qoplami va ulardan oqilona foydalanish", „O'zbekiston paleobotanikasi", O'zbekiston Respublikasining „Qizil kitob"i kabi yirik asarlar bor. 1.O'zbekiston Respublikasining "Qizil kitob"i Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o'simliklar) o'simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo'lib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo'lishi va ularning yo'qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo'lib, yerda geologik sharoitlarning o'zgarishiga ham bog'liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o'simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta"sirlari natijasida yo'qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi orollarning va kontinentlarning o'zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda. Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O'n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug'ular, g'or arsloni va ayiqlari, o'rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo'qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda.1600-yildan 1875-yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi, qushlarning 74 turi yo'qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va o'simlik turlari yo'qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko'p o'simliklar turlari butunlay yo'qolib ketish xavfi ostida turibdi.