Ishning maqsadi: Asosiy maqsad Qizil kitobga kiritilgan o’simliklar bilan tanishish. Noyob va o’ziga xos bo’lgan o’simliklarni o’rganib chiqish. Ishning vazifasi: Qizil kitobdagi osimliklarni o’rganish ularni asrab avaylash va shu qatorda ularni ko’paytirib kelasi avlodga yetkazish. Adabiyat sharhi:Har qanday tabiiy fanlar qatori botanika fani ham jamiyatning talablari bilan bog'liq holda rivojlangan. Shuning uchun o'simliklarni o'rganish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Dastlab o'simliklar faqat oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatilgan. Arxeologik ma'lumotlarga ko'ra, Misrda dorivor, oziq-ovqat va boshqa foydali o'simliklardan eramizdan avvalgi 2000-3000- yillarda foydalanilgan. Botanika fanining rivojlanishida dorishunoslarning roli benihoyatda katta bo'lgan. Dorivor o'simliklarni ilmiy asosda o'rganishga Gippokrat, keyinroq Aristotel, Dioskorid, Pliniylar katta hissa qo'shishgan. XVI asrning o'rtalarida R.Guk (1635—1703) tomonidan hujayraning kashf etilishi o'simliklarning ichki tuzilishi (anatomiyasi)ni o'rganishga qo'shilgan katta hissa bo'ldi. XVII asrda botaniklarning e'tibori o'simlik turlarini o'rganishga va ularning tizimini ishlab chiqishga qaratiladi. Bu borada Shved tabiatshunosi Karl Linney olib borgan ishlar diqqatga sazovordir. U ko'plab yangi tur va turkumlar kashf etish bilan bir qatorda, shu davr uchun ma'lum bo'lgan barcha o'simlik turlarini 24 ta sinfga birlashtiradi Shuningdek, u o'simliklarni qo'sh nom (binar) bilan, ya'ni turni turkumga qo'shib nomlashni taklif qildi. XX asrga kelib botanika sohasida katta kashfiyotlar qilindi. Botanika fan sifatida shakllanib, uning juda ko'p bo'limlari ajralib chiqdi. Bularga morfologiya, sistematika, anatomiya, sitologiya, gistologiya, embriologiya, fiziologiya, geobotanika, paleobotanika, ekologiya, o'simliklar geografiyasi va boshqalar kiradi. O'rta Osiyo hududida ham tabiiy o'simliklarni o'rganish qadim zamonlardan boshlangan. O'rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O'zbekiston o'simliklariga oid ma'lumotlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy (973—1048) tabobatga bag'ishlangan „Kitob as-Saydana fit-tib" nomli asarida diyorimizda o'sadigan juda ko'p dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar bergan. Abu Ali ibn Sino (980—1037) „Tib qonunlari" va „Kitob ush-shifo" nomli asarlarida O'rta Osiyoda o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklarni aniq tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini to'liq ko'rsatgan. IX asrda yashagan Mahmud Qoshg'ariyning „Devonu lug'atit turk" nomli kitobida ham qadimgi Turkiston hududida uchraydigan 200 ga yaqin o'simlik turlari haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan. Ilmiy faoliyatining asosiy qismini Turkiston florasini o'rganishga bag'ishlagan rus olimi B.A. Fedchenko (1872—1947) onasi O.A.Fedchenko bilan birgalikda 1906-1916- yillar mobaynida „Turkiston florasining ro'yxati" deb nomlangan ko'p qismli kitobini chop etgan va unda Turkiston hududida 4111 tur o'simlik borligini ko'rsatgan.