2. Bunge takasoqoli - Kozelets Bunge -Scorezonera bungle Krasch. Maqomi:Qizilqumdagi kamyob endemik o'simlik. Qisqacha tavsifi:Ildizi tugunaksim yog'onlashgan ko'p yili o't. Poyasi 2-3 ta ba'zan bitta,shoxlangan,shoxchalari yakka savatchali,tukli. Barglari yumshoq, har ikki tomoni yoyiq tukli,chetlari tekis yoki egri -bugri . Ildiz oldi barglari keng nashtarsimon ,eni 1.5-2 sm, bandli. Poyadagi barglari malami nashtarsimon ,bandsiz poyani yarim qarab olgan.Savatchasi dastlab slindrsimon ,keyinchalik teskari cho'qqisimon.Mevalaganda savatchai pastaga qarab egiladi. Gullari sarg'ish .Urug'i 6-7mm uzunlikda, oq momiq tukli.Aprelda gullab ,urug'i may oyida yetiladi. Tarqalishi:Qoraqolpog'iston:Qizilqilumda Sulton Uvays tog'ida tarqalgan. O'sish sharoiti.Qoldiq tog'larning qoyalarida va toshli yonbag'irlarda o'sadi.Soni . Juda kam tarqalgan.Ko'payishi urug'dan va vegetativ yol bilan ko'payadi.
3.Vedeniskiy Oligoxetasi - Oligoxeta Vedeniskogo- Oligocheata vvedenskyi Tscherneva Maqomi .Qizilqum va O'zbekistonning janubidagi endemik o'simlik. Qisqacha tavsifi. Poyalari juda qisqa , asosidan shoxlangan bir yoki bir nechta savatchali bit yili o't . Shoxlari 7-15 sm uzunlikda , yer bag'irlab o'sadi, yotiq jingalak tukli. Ildizoldi barglari bandli ,cho'ziq tuxumsimon chetlari oyilgan tishli va tukli. O'rama barglari nashtarsimon , ustki qisimlari jingalak tukli.Urug'i 3 mm uzunlikda , yaltiroq . Aprel - mayda gullab , mevasi may oyida yetiladi. Tarqalishi. Qoraqolpog'iston: Buxoro viloyati. Pomir -Olayda , Janubiy Qizilqumda tarqalgan. O'sish sharoiti . Qoldiq tog'larda va tog' etaklarida o'sadi. Soni. Aniqlanmagan.Ko'payishi. Urug'idan ko'payadi. O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari. Chorva mollarining ko'plab boqilishi , mahsus sharoitga moslashmaganligi sababli soni kamayib ketgan. Madaniylashtirilishi. Ma'lumot yoq. Muxofaza choralari. Muxofaza qilinmagan.