Tarqalishi. Qoraqolpog'iston : Ustyurtda , Qorabavur quduqlari atrofida tarqalgan. Turkmanistonda ham uchraydi.
O'sish sharoiti. Toshli va qumli cho'llarda ,sho'rhak, sho'rlangan kulrang -qo'ng'ir tuproqlarda o'sadi. Soni. Yakka-yakka bo'lib o'sadi. Ko'payishi. Urug'dan va vegetat yo'l ko'payadi. O'simlik soni va arealining o'zgarishi sabablar. Chorva mollarining boqilishi va hududda neft-gaz sanoatining rivojlanishi sababli yoqolib ketmoqda.
Madaniylashtirilishi. Ma'lumot yoq.
Muxofaza choralari. Muxofaza qilinmagan.
9.Olga inkarivilleyasi - inkarvilleya olgi- incorivillea Olga Regel.
Maqomi 3. Pomir-Oloydagi juda kamyob, yo'qolib ketish arafasidagi qadimgi tur .
Qisqacha tavsifi. Ko'p yillik o'tsimon o'smlik, bo'yi 1,5 m ga etadi. Poyasi uncha ko'p emas, tik o'sadi. Barglari oddiy, uzunligi 6-10 sm, patsimon qirqilgan. Gullari o'simlikning uchidagi ro'vaksimon tupgullarda o'rnashgan. Kosachasi tuksiz, uzunligi 3-4 sm, keng uchburchak tishchali. Gultoji voronkasimon, yirik, besh bo'lmali, pushti to'q qizil rangli, ba‘zan oq, uzunligi 4 sm, tashqi tomoni tuksiz, ichki tomoni siyrak tukli.Changchilarining iplari tuksiz, changdoni ikki qanotchali, siyrak tukli. Urug'doni uzun, tuksiz ustunchali. Mevasi ko'p urug'li, chuzikroq, po'sti qalin, uzunligi 5-10 sm, eni 1 sm keladigan sal qayrilgan yoysimon ko'sakcha. Urug'i 1 sm gacha uzunlikda, yarim pardasi , oq kanotchali. Iyun-avgust oylarida gullab, avgust-sentyabrda meva tugadi.
Tarqalishi. Farg'ona viloyati: Pomir-Oloy (Oloy tizmasi) ning Sux va Shoximardon daryolari havzasida tarqalgan. O'zbekistondan tashqari Qirgiziston va Tojikistonda ham tarqalgan.
O'sish sharoiti. Adir va tog'larda 1500-2500 m balandlikdagi maydonda chag'ir toshli, toshli yonbag'irlarda shag'alli daryo o'zanlarida o'sadi.Soni. kichik hududlar hosil qilib o'sadi. Populyasiyalarining umumiy soni aniklanmagan.
Ko'payishi. Urug'idan ko'payadi.
O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari. Antropogen omillar ta‘sirida va chorva mollari boqilishi tufayli kamayib ketgan.
Dostları ilə paylaş: |