I kirish II. Asosiy qism


Madaniylashtirilishi. O'zR FA Botanika bog'ida 1961 yildan buyon muvaffakiyatli o'stirilmokda



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə11/19
tarix13.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#113185
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Suvxanova Zeyneb botanika (1)[2]

Madaniylashtirilishi. O'zR FA Botanika bog'ida 1961 yildan buyon muvaffakiyatli o'stirilmokda.
Muxofaza choralari. Muxofaza qilinmaydi.


10.Boris astragali - Astragal borisa -Astragales barissianus Gontsoh.
Maqomi 1. Oloy tizmasidagi kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Boyi 30 sm, deyarli poyasiz yoki juda qisqa poyali, barg qoldiqlari bilan o'ralgan ko'p yillik o'simlik. Bargi 10-23 sm uzunlikda, bargchalari 10-13 juft, cho'ziq ellips shaklida yoki o'tkir nashtarsimon, uzunligi 7-15 mm, qattiq, yaprokchalarining har ikki tomoni yotiq oq tukli. Gul popuklari qisilgan, qisqa, 6 gulli. Dukkagi bandsiz, chuziq tuxumsimon, 14-15 mm uzunlikda, qattiq, xurpaygan oq tuklar bilan qoplangan, ikki uyali. Iyunda gullab, mevasi avgustda etiladi.
Tarqalishi. Farg'ona viloyati: Oloy tizmasining Shoximardon daryosi xavzasida tarqalgan
O'sish sharoiti. Archazorlarda va toshli tog' yonbag'irlarida o'sadi.
Soni. Yakkayakka holda uchraydi.Ko'payishi. Urug'idan ko'payadi.O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari aniqlanmagan
Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma‘lumotlar yo'q..
Muxofaza choralari. Maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqilmagan.

11. Zarxal astragal -Astragal pozolochenni- Astragalus aureus Gontsch.
Maqomi 2. Oloy hamda Turkiston tizmalarida o'sadigan kamyob endemik o'simlik.
Qisqacha tavsifi. Buyi 15 sm deyarli poyasiz ko'p yillik o't. Pastki barglari oddiy, yakka, yuqoridagilari esa ikki juftli, bargchalari teskari tuxumsimon, har ikki tomoni yotiq tukli. Gulpoyasi bargiga deyarli teng, 6-8 gulli, gullari och qizil. Iyulda gullab, urug' beradi.
Tarqalishi. Farg'ona viloyati: Oloy tizmasining dengiz satdidan 1600-1800 m balandlikdagi Shoximardon, Kuli Kubbon, Yordon qishloqlari atrofida Uvlardisoyda hamda Sux, Peshkao't daryolarining havzalarida tarqalgan. Tojikistonda va Qirg'izistonda ham uchraydi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin