I kirish II. Asosiy qism


Qizil kitobning o'rni va ahamyati



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə17/19
tarix13.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#113185
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Suvxanova Zeyneb botanika (1)[2]

Qizil kitobning o'rni va ahamyati
Artof– muhitning tozaligini saqlash faqat fauna va flora uchungina emas, balki inson uchun ham kata ahamiyatga ega, chunki uning sog’lig’i atrof muhitning holatiga to’g’ridan – to’g’ri bog’liqdir. Shuning uchun ham ichimlik suvlarining tozaligini saqlash, zararli kimyoviy moddalardan qishloq xo’jaligida foydalanishni kamaytirish, shaharlarda havoning ifloslanishini kamaytirish juda katta ahamiyatga ega. Respublikamizda hayvonlarni muhofaza qilish va hayvonot olami boyliklaridan oqilona foydalanishda hal etilmagan masalalar ko’p. Bu masalalarni hal qilish xalq ommasining tabiat muhofazasi, tabiatdan foydalanish haqidagi bilim darajasiga ko’p jihatdan bog’liq. Aholining ekologik tarbiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, tabiatdan oqilona foydalanish to’g’risidagi madaniyat ham shuncha yuqori bo’ladi. Atrof – muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to’g’risidagi qonunlarga rioya qilish mamlakatimizning hamma fuqorolari uchun majburiydir.Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2- tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varag’i har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma'nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.
Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi ― bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa ― (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o;simliklar dunyosi, ayniqsa, o’rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o’rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o’rmonlarning holatini yaxshi deb bo’lmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd m3 hajmda o’rmonlar qirqilmoqda. FАО ma’lumotlariga ko’ra bu ko’rsatkich yaqin yillar ichida 1,5 martaga ortishi mumkin.
Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o’rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo’lgan o’rmonlarning yarmidan ko’pi kesib tashlanmoqda. 160 mln gektar tropik o’rmonlar vayron bo’lgan, atigi yiliga 11 mln gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi “Qizil Kitob” yaratilishiga sabab bo’ldi
Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, viloyat, tuman va mintaqalarda o’z Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. O’zbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda ko’pgina o’simlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, o’simliklardan lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va boshqalar.
Xulosa
Tabiatni sevgan insonlar, uning har bir qarich yerida bo’layotgan ijobiy va salbiy o’zgarishlarni sezadi, kuzatadi, tabiatga yordam beradi, ya’ni, yiqilgan butani tiklaydi, kasal hayvonni davolaydi, iflos suvni tozalashga harakat qiladi, yong’inni o’chiradi va hokazo. Insonning bunday ijobiy harakatlari uning koinotdagi o’rni va shu yerni muhofaza qilishga yordam beradi.Yovvoyi gullar ― bu hammaning boyligidir. Agarda bunday gullar yo’qolib ketsa tabiat qashshoqlanib qoladi va tog’, yaylovlarimiz o’z chiroyi va ko’rkini yo’qotadi. Shuning uchun biz tabiatning barcha jonzotlarini avaylaymiz, ularni asray olishimiz, Ona Vatanimizning har bir burchagini saqlashda o’z kuchimizni sarflashimiz kerak. Tabiat faqat bizgina emas, balki kelajak avlodimiz uchun ham kerak.Tabiat o’zining go’zalligi bilan o’ziga insonoyatni jalb etadi. Har bir kishini maftunkor tog’larni qoplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo’y gullar, dorivor o’simliklar, hayvon turlari, toza havo, sho’x sharsharalari, muz cho'qqilari, qoyalari bilan rom etadi. Bularning hammasidan zavq olish kerak, har bir narsaning o’z qadriga yetish, tabiatdagi mo’jazgina bir jonli mavjudotni ham asrab-avaylash lozim. Lekin insonlar bularning qadriga yetish, zavq olish o’rniga ularga ozor yetkazishadi, masalan, tog’da endi ochilgan gullarning eng kattasi, eng chiroylisini uzib olib, guldasta tayyorlaydi, lekin o’ylab ko’rishmaydi-ki ozgina vaqt o’tib bu gullar so’lib, qurib qolishini, o’z chiroyini yuqotgan guldastani esa tashlab yuboriladi. Boshqa mamlakatlarda bunday olishda ko’pgina ishlar qilingan. Masalan Fransiyada tog’ etaklarida odamlar, uchun turli mavzularda "murojaat noma"lar taxtakachlarda qoqib qo’yilgan, jumladan, gullarning dam oluvchi sayyohlarga murojaati: "Bizni uzmang, uzib siz bizni o’ldirasiz va bizni avlod qoldirishdan mahrum etasiz". Gullarni asray bilish, uning qadriga yetish har bir kishining madaniyati va tarbiyasidan darak beradi. Tabiat haqida qayg’urish - insoniyat o’zi haqida qayg’urishdir, chunki inson tabiatning farzandidir. Tabiat uchun yetkazilgan zarar insonning o’ziga qaratilgan zarardir. Texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bo’lgan ta'sirini kuchaytirdi, bu esa hayvon va o’simlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi. . Bizdan oldingi qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni shafqatsizlarcha qirishgan, endi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qo’lyozmalar, arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham olmaymiz, chunki ularning ongi - bilimlari yetarli darajada emas edi. Ammo bizning zamonamiz insonlarini kelajak avlod kechirmaydi - sababi, biz ixtisoslashgan, takomillashgan va mukammal insonlardirmizQizil Kitob haqida yana bir muhim joyi bolib, Qizil Kitobning sahifalari hech qachon tugallanmaydi, doimo uning sahifalarini yangi osimlik turlari va hayvon zotlari bilan toldirilib boriladi Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qoyilgan muhim muammolardan biridir


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin