I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022


Ma’lumot
To‘g‘ri/noto‘g‘ri
1.
O‘rgimchakning yuragi bo‘lmaydi.
2.
Qisqichbaqa yopiq qon aylanish sistemasiga ega.
3.
Ochiq qon aylanish sistemasida qon to‘qima suyuqligi bilan aralashadi.
4.
Qon aylanish sistemasi yurak va qontomirlardan iborat.
5.
Hasharotlarning yuragi naysimon tuzilishga ega.
6.
Yurak qisqarganda qon tomirlarga chiqariladi.
4. Plastilindan ochiq va yopiq qon aylanish sistemasining modelini yasang. 
Muhokama qiling va xulosa chiqaring. 
Yomg‘ir 
chuvalchangi
Suluv 
ninachi
arteriya
arteriya 
qontomiri
yurak
vena 
qontomiri


111
7.6. UMURTQALILARNING QON AYLANISH SISTEMASI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Umurtqali hayvonlarda qon 
ayla nish sistemasi qanday tuzilgan? Umurtqali hayvonlar-
ning yuragi necha kamerali?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Umurtqali hayvon
-
lar tana haroratini saqlashiga ko‘ra sovuqqonli va issiqqonli hayvonlarga bo‘li nadi. Sovuqqonli 
hayvonlarning (baliq, amfibiya, reptiliya) tana harorati tashqi muhitga bog‘liq. Tashqi muhit 
harorati ortsa, tana harorati ham ortadi va hayvon faollashadi. Muhit harorati pasaysa, hay-
vonning tana harorati pasayib, karaxt holatga keladi.
Issiqqonli hayvonlarda (qush va sutemizuvchilar) tashqi muhit harorati o‘zgarsa ham, tana 
harorati doimiyligi saqlanadi.
Xordali hayvonlarning qon aylanish sistemasi yopiq. Lansetnikning qon aylanish doirasi 
bitta, yuragi bo‘lmaydi. Qonning harakati qontomirlar devorining qisqarishi hisobiga amal
-
ga oshadi. Orqa aortadagi arterial qon to‘qimalarga, qorin aortasidagi venoz qon jabralarga 
boradi. To‘qima va jabralarda gaz almashinuvi sodir bo‘ladi.
7.14-rasm.
Baliqlarning qon aylanish sistemasi.
Baliqlarda ikki kamerali yurak vujudga kelgan. Yurak ikki qismdan: yurak bo‘lmachasi va 
qorinchadan iborat. Bitta qon aylanish doirasiga ega. Yurakda venoz qon oqadi. Qon yurak 
qorinchasidan qorin aortasi orqali jabralarga o‘tadi. Jabra kapillyarlarida gazlar almashinuvi 
sodir bo‘ladi. Arterial qon orqa aorta orqali butun tanaga tarqaladi. To‘qima va organlarga 
kislorod berib, karbonat angidrid olib, venoz qonga aylanadi va yurak oldi bo‘lmasiga quyiladi 
(7.14-rasm)

Amfibiyalarning yuragi uch kamerali: bitta qorincha, ikkita bo‘lmachadan iborat 
(7.15-rasm)
. Ular ning qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doiralariga bo‘li nadi. 
Ikkala qon aylanish doirasi ham qorinchadan boshla
-
nadi. Kichik qon aylanish doirasida qorincha qisqar-
ganda o‘pka arteriyasidan venoz qon chiqadi. Qon 
o‘pka va teriga borib, gazlar almashinuvi natijasida 
arterial qonga aylanadi. Arterial qon o‘pka venalari 
orqali chap bo‘lmachaga quyiladi. Katta qon ayla-
nish doirasida qorinchadan ikki xil arteriya chiqadi. 
Uyqu arteriyasidan arterial qon chiqib, miyani oziq 
va kislo rod bilan ta’minlaydi. O‘rtadagi qontomirdan 
aralash qon chiqadi va butun tanaga boradi. Yirik 
vena qontomiri orqali venoz qon o‘ng bo‘lmachaga 
quyiladi.
yurak qorinchasi
yurak bo‘lmachasi
arteriya
vena
kapillyar
7.15-rasm. 
Amfibiyalarning 
qon aylanish sistemasi.
yurak 
qorinchasi
yurak o‘ng 
bo‘lmachasi
yurak chap 
bo‘lmachasi
arteriya
vena
kapillyar
Sovuqqonli • Issiqqonli • 
Yurak • Qorincha • Bo‘lmacha 
• Arteriya • Vena


112
arteriya
o‘ng
bo‘lmacha
chap
bo‘lmacha
o‘ng
qorincha
chap
qorincha
vena
yurak
kapillyar
Reptiliyalarning yuragi ham uch kamera-
li, faqat qorincha devorida yarim to‘siq paydo 
bo‘lganligi bilan farqlanadi 
(7.16-rasm)
. Tim-
sohning yuragi to‘rt kamerali, lekin arterial va 
venoz qon qorinchadan chiqishda aralashadi. 
Katta va kichik qon aylanish doirasiga ega.
Qush va sutemizuvchilarning yuragi to‘rt 
kame rali: o‘ng va chap qorincha, o‘ng va chap bo‘lm
-
achadan iborat. Yurakning chap tomonida arterial 
qon, o‘ng tomonida venoz qon hara katlanadi. Ki
-
chik qon aylanish doirasi o‘ng qorinchadan bosh
-
lanib, o‘pka arteriyasi orqali venoz qon o‘pka ga 
boradi. Gazlar almashinuvi sodir bo‘lib, arterial 
qon o‘pka venalari orqali chap bo‘lmachaga ke
-
lib quyiladi. Chap qorinchadan katta qon aylanish 
doirasi boshlanadi. Arterial qon butun tanaga va 
miyaga kislorod va oziq moddalarni yetkazib be
-
radi. Kapillyarlarda gaz lar almashinuvi natijasida 
venoz qonga aylanib, o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. 
Qushlarda aorta o‘ng tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, 
sutemizuvchilarda esa chap tomonga ravoq hosil 
qiladi (
7.17–7.18-rasmlar
).
Umurtqali hayvonlarning qon aylanish siste-
masi takomillashuvi yurak kameralari soni ning 
ortishi (baliqlarda ikki kamerali; amfibiyalar, rep
-
tiliyalarda uch kamerali; timsoh, qush va sutemi-
zuvchilarda to‘rt kamerali), arterial va venoz 
qonning ajralishi orqali amalga oshadi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin