116
O‘simliklar tanasidagi ortiqcha suv ham barg og‘izchalari orqali bug‘lanadi.
Bu jarayon
transpiratsiya
deb ataladi. O‘simliklar tanasidagi ortiqcha suvni bug‘latish tufayli ildiz orqali
suv va mineral tuzlarning so‘rilishi tezlashadi.
Tunda odatda barg og‘izchalari berk bo‘ladi. Lekin tuproqda namlik yuqori bo‘lsa, o‘simlik
ildizlari odatdagidek suv so‘raveradi. Barg‘ og‘izchalari berk bo‘lganligi tufayli o‘simlik ichidagi
ortiqcha suv barglarning chetidan bug‘lanmay turib tomchi ko‘rinishida ajralib chiqa boshlay
-
di. Bu jarayon
guttatsiya
deb ataladi. Guttatsiya hodisasi namlik yuqori joyda o‘simliklarda,
asosan tunda kuzatiladi.
O‘simliklarda kechadigan hayotiy jarayonlar natijasida turli moddalar hosil bo‘ladi. Ularga
efir moylari, kauchuk, nektar, smola, fitonsid kabi moddalarni misol qilish mumkin. Bu mod
-
dalar o‘simlikning ajratuvchi to‘qimalari faoliyati natijasida organizmdan
chiqarib yuborili
-
shi olimlar tomonidan aniqlangan. Ajratuvchi to‘qimaning faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarga
misol tariqasida zira, shivit urug‘lari efir moylari, mastak, tog‘turbid kabi zaharli o‘simliklar-
ning turli organlari: barg, poya, gullari orqali zaharli moddalarni ajratishini keltirish mumkin.
Rayhon, yalpiz kabi o‘simliklar nima uchun o‘zidan hid taratadi?
Dostları ilə paylaş: